• Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuz parvarishi uchun
  • Tafakkur naslga bog‘liqmi?




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    Tafakkur naslga bog‘liqmi? 
    Savol: Zarifboy Rajapovich! Siz tafakkur olingan ilm va tajribalar asosida shakllanadi, dedingiz. 
    Biroq ba’zi bolalar 3-5 yoshligidan aqqli iboralar aytadigan bo‘lishadi, o‘z tengdoshlaridan 
    ilgarilab ketishadi. Bunga nima deysiz? Tafakkur naslga bog‘liqmi? .
    Javob: Men “Epilepsiya” va “bebosh bola sindromi” haqida bergan interyularim va “Tibbiyot 


    psixologiyasi” nomli kitobimda bu haqda ko‘p ma’lumotlar berganman. U yerda A. Navoiy, 
    Imom al Buxoriy, Motsart, Bax kabi buyuk daholarda talant kurtaklari erta bolalik davridan 
    ko‘zga tashlanganligi va bu holatning asl ildizlari haqida so‘z yuritilgan. Talant kurtaklari yoki 
    tafakkurning ilk nishonalari haqiqatan ham ba’zilarda erta bolalik davridayoq ko‘zga tashlanadi. 
    Biroq erta maktab yoshidagi bola yomon o‘qisa yoki bebosh bo‘lsa, boladan umid uzish kerak 
    emas. Chunki ba’zilarda insonni hayratda qoldiradigan talant alomatlari keyinroq vujudga keladi. 
    Masalan, A. Eynshteyn maktabda yomon o‘qiganini ko‘pchilik biladi. Demak, bola tarbiyasi va 
    o‘qishidan hech qachon umid uzmaslik kerak. Sizni hafa qilib maktabda yomon o‘qiyotgan bola, 
    keyinchalik mashhur inson bo‘lib yetishi mumkin.
    Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuz parvarishi uchun
    Tafakkurning naslga bog‘liqligi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, tafakkur bus-butunligicha 
    naslga bog‘liq bo‘la olmaydi. Uning qaysidir qirralari naslga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Dunyoni 
    lol qoldirgan buyuk allomalarning ota-onalari oddiy kosib yoki temirchi bo‘lganligi va, aksincha
    o‘ta iqtidorli odamlarning farzandlari savodsiz bo‘lib yetishi mumkinligini ko‘pchilik biladi. Erta 
    bolalik davridan aqqli iboralar aytadigan ba’zi bolalar 5-6 sinfga borib, kitob o‘qimaydigan 
    bo‘lib qolishi va xatto maktabni zo‘rg‘a tamomlashi ham sir emas. Demak, bu tushunchaga 
    nisbiy qarash kerak. 
    Bola odatda barcha fanlarni bir xil tarzda yaxshi o‘zlashtira olmaydi. U qaysidir fandan yaxshi 
    o‘qisa yoki qaysidir to‘garakka (ustachilik, tikuvchilik, pishiriq tayyorlash, musiqa, rasm solish
    sport) qiziqsa, asosiy urg‘uni shu yo‘nalishga berish lozim. Rasmni qoyilmaqom qilib chizadigan 
    yoki skripkani chiroyli chaladigan bolaga matematika yoki fizika, adabiyot yoki tarixni zo‘r o‘qi 
    deb zo‘rlayverish, endi dunyoga kelayotgan Kamoliddin Behzod yoki Motsartni yo‘qqa 
    chiqarishi mumkin. O‘ziga yoqmagan ish bilan shug‘ullanishga majbur etishning oqibatlari 
    yomon bo‘ladi.

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish