"axborot tizimlari va texnologiyalari"




Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana13.02.2024
Hajmi2,34 Mb.
#155675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
PSIXOLOGUYA

Tafakkur o‘zi nima? 
Savol: Zarifboy Rajapovich! Tafakkur o‘zi nima?
Javob: Qaniydi, bu savolingizga qisqa iboralar bilan javob bera olsam. Bu o‘ta murakkab savolga 
o‘tmishning buyuk allomalari-yu, hozirgi zamonning yetuk olimlari ham mukammal javob bera 
olmagan. Tafakkurni izohlab berish mumkin, biroq unga to‘laqonli ta’rif berish o‘ta mushkul. 
Men bundan bir necha yillar oldin Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan yirik olimi bilan yolg‘iz 
uchrashib qoldim. Uning yaqinlaridan birini konsultatsiya qilgani boruvdim. Ular menga 
afsonaomuz qiziq bir voqeani aytib beruvdilar.
Qadimda bir faylasufning juda o‘tkir va qiziquvchan shogirdi bo‘lgan ekan. U ko‘p narsaga 
qiziqarkan va ko‘p narsani bilishni hoxlarkan. Shogird savollar beraverib ustozini tinch 
qo‘ymaskan. Shogird kitob mutoala qilaverib uxlab qolibdi. Tushida undan bir darvesh so‘rabdi: 
E aqlli yigit! Sen ko‘p kitob mutolaa qilasan. Seni aqlli yigit deyishadi. Qani aytchi, aql nima 
o‘zi, deb so‘rabdi. Yigit qancha urinsa ham bu savolga javob bera olmay yarim tunda uyg‘onib 
ketibdi. U erta tonggacha bu savol haqida o‘ylab bir jo‘yali javob topa olmabdi. U aql nimaligi 
haqida javob olish uchun erta saharda ustozi yoniga otlanibdi. Shogird ustozidan so‘rabdi. Ustoz 
aql nima o‘zi? Shunda ustoz aql haqida uzoq so‘zlay ketibdi.
Ustoz aql nimaligini o‘z shogirdiga yaxshiroq tushuntirish uchun aqlli iboralarga boy hikoya va 
matallarni misol qilib uzoq tushuntiribdi. Tong yorishay deb qolibdi. Ustozning aql haqidagi 
uzundan-uzoq izohlarini eshitaverib, shogirdning aqli ozay deb qolibdi. Shogirdining bu 
ahvolidan achingan ustoz, kel shogirdim bor aqlidan ham ayrilmasin deb, aql haqidagi 
tushuntirishlarini to‘xtatibdi. Shunda shogird so‘rabdi: Ustoz nega jim bo‘lib qoldingiz? Ustoz 
javob qaytaribdi: O‘g‘lim aql haqida faqat aqlsizlargina uzoq va’zxonlik qila oladi. Kel shu 
mavzuni to‘xta qolaylik. Shu-shu aqlga ta’rif berishdan donolar o‘zini tiyyar ekanlar.
E’tibor qilsangiz falsafa, pedagogika, psixologiya, psixiatriya, nevrologiya, neyrobiologiya, 
diniy kitoblarda ham aql va tafakkur haqida ma’lumotlar beriladi. Tafakkurni juda ko‘p fanlar 
o‘rgansa-da, tinimsiz ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilsa-da, uning mexanizmlari xanuzgacha 
to‘la-to‘kis o‘rganilmagan. Biroq tafakkur olingan ilm va tajribalar asosida shakllanishini alohida 
qayd qilib o‘tish lozim.

Download 2,34 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish