|
Falsafa mustaqil ish 1-topshiriq Mavzu
|
bet | 1/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 33,37 Kb. | | #131832 |
Bog'liq Falsafa mustaqil ish11
Falsafa mustaqil ish
1-topshiriq
Mavzu:
XX asr falsafasi 5-6 bet yo’nalishlarni izohlab berish. Nimaga ushbu yo’nalishni yoqlaysiz(yoqlmaysiz?)
19-asrning ikkinchi yarmida klassikalardan bosqichma-bosqich chiqib ketish va klassik falsafaga silliq o'tish, falsafiy fikrlash naqshlari va tamoyillarini o'zgartirish davri boshlandi. Yigirmanchi asrning falsafasi klassik trendni G'arb fikrining rivojlanishining qariyb uch yuz yiliga xos bo'lgan umumiy fikrlash yoki fikrlash stilistikasi sifatida ifodalaydi. Ayni paytda klassik yo'nalishdagi fikr tuzilishi tabiiy tartibni anglash bilan va ilm-fan nazariyasida oqilona tarzda tushunilgan edi . Klassik oqimning tarafdorlari, bu sabab insonning hayotida o'zgarishning asosiy va eng mukammal vositasi ekaniga ishonishgan. Insoniyatning hayotiy muammolarini hal etishga umidvor bo'lishga imkon beruvchi qat'iy kuchlar bilimlarni bunday bilim va oqilona bilim deb e'lon qildi .
XX asrda. Ilm-fan va texnologik yutuqlardagi taraqqiyot kabi bir qator ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar tufayli, sinf muxolifati XIX asrga qaraganda kamroq zo'ravonlikka aylandi. 20-asrning G'arbiy Yevropa falsafasi nazariy tabiat fani rivojini saqlab qoldi va bu materialistik va idealist tizimlar fan va jamiyatda sodir bo'lgan o'zgarishlarni tushuntirish masalalarida o'zlarining kelishmovchiliklarini topdi. 20-asrning falsafiy maktablarida idealistik va materialistik nazariyalar o'rtasidagi qarama-qarshilik, yangi tendentsiyalarni yuzaga keltiradigan sobiq hukmronlik joyini bosib olmadi.
XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. CHunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba‘zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri fikr. CHunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati ―jamiyatni ma‘rifat orqali yangilash‖ g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. SHu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. Falsafaning fidoyilari yangi qaror to‘gan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sinovlardan o‘tishlari lozim bo‘ldi. Biroq muayyan darajada sovet mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida namoyon bo‘ldi va olimlar o‘z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifoda eta oldilar. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, ―Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglay olsa, shundan keyingina unda g‘urur-iftixor bo‘ladi. SHundagina, juda murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga murojaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi – avvalombor, salohiyatli odamdan, katta falsafiy bilim va intellektual bilimga ega bo‘lgan kishidan.
O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda yurtimiz faylasuf-olimlarining xizmat
O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mohiyatini tushuntirishda yurtimiz faylasuf-olimlarining xizmati ham katta. Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. 1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. 1944 yilda Dialektika va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan ―Falsafa‖ kafedrasi negizida 1962 yilda ―Ilmiy kommuniz, 1967 yilda ―Tabiiy va gumanitar fakultetlar falsafa kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 1960 yillarda ―Falsafa kafedrasida 45 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa mutaxassisligi bo‘yicha universitetning o‘zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydobo‘lgan. Professor A.Ayupov, H.Umarov sa‘y harakatlari bilan oliy ta‘lim vazirligida bu masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning tarix fakultetida 1963-1964 o‘quv yilidan boshlab falsafa bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‘quv rejasi asosida Respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni boshlangan. SHu yillarda ilmiy ishlar rivoj to‘ib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar fakultetlar ―Falsafa‖ kafedrasiniboshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar G‘.SHoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadikov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo‘limi, keyin falsafa fakultetining milliy kadrlarni tayyorlash faoliyatida katta rol o‘ynadilar. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning ―Ilmiy bilishda sababiylik tamoyili‖ nomli monografiyasi, professor L.E.Garber, A.T.Ayu‘ov, U.Xaydarov, B.To‘ychiev, V.G.CHernaxlarning ―Ilmiy bilish mantig‘i va metodlari(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. SHu yillar davomida J.Babayevning ―Falsafa asoslari o‘quv qo‘llanmasi, E.YUsupovning tahririda ―Falsafa (1985) darsligi, I Raximovning ―Mantiq fanidan seminar mashg‘ulotlari (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan. Falsafa bo‘limida o‘qitiladigan fanlarning differentsiallashuvi natijasida ―Mantiq, ―Falsafa tarixi va ―Dinshunoslik kafedralari tashkil qilingan. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar. Mustahkam poydevor yaratilgach, 1979 yilda tarix fakulteti tarkibidan ―Falsafa, iqtisod va psixologiya bo‘limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi ―Falsafa-iqtisod‖ fakulteti tashkil qilingan va falsafa fanlari nomzodi, ‗rofessor G.SH.SHoyusu‘ova (1979-1985) dekan lavozimiga tayinlandi. Bu esa falsafa fanining yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi dadil qadam bo‘ldi. yangi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o‘qitishga differentsial yondoshuv shakllandi. SHu yillarda fakultetda professorlar: - M.Xayrullaev, M.Baratov, L.E. Garber, V.N. Moroz, M. Nurmatov f.f.n dotsent M.Q. Aripov, f.f.n. dotsent M.Daliev, dotsent E.N. Abramyan, Z.Mo‘minova, dotsent T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov, SH.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L. Turchaninov, fakultetning bitiruvchi yoshlari M. SHaripov, B.To‘ychiev, E.Mo‘minov, A.O‘tamurodov, I.Ergashev, o‘rindoshlik asosida professorlar M.N. Abdullaeva, H.Aliqulov va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar. 1990 yilda universitet yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot yo‘llari, vazifalari, huquqlari, xalq hayotidagi mavqei yangi dunyoqarash nuqtayi nazaridan belgilab olindi. SHu bois 1991 yilda fakultet tarkibidan ―Iqtisod‖ bo‘limi ajraldi hamda Falsafa, sotsiologiya va psixologiya‖ bo‘limlari va 9 kafedradan iborat ―Falsafa‖ fakulteti yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirish, yangi dunyoqarashni shakllantirish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar. 1989-2007 yillarda ―Falsafa tarixi va mantiq‖ kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan professor S.A.Yo‘ldoshev kafedra a‘zolari bilan hamkorlikda SHarq va G‘arb xalqlari tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o‘rganish bilan bir qatorda, mantiq fanining keng qamrovli o‘rganilishiga ham alohida e‘tibor qaratib kelgan. Magistraturada ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik ochishga boshchilik qilgan. Pokiston va Eron falsafasini O‘zbekistonda chuqur o‘rganilishiga munosib hissa qo‘shgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga ko‘ra, Toshkent Davlat universitetiga ―Milliy‖ maqomi berilishi, fakultet professor o‘qituvchilariga mas‘uliyat yuklashi bilan bir qatorda yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, yangilangan tafakkur nuqtayi nazaridan yoritish bo‘yicha faol ish olib bordilar. 2002 yilda yangi ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o‘rganilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. ―Falsafaning metodologik muammolari‖ ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu maktab tadqiqotchilari tomonidan ―gerontologiya - qariyalik muammosi, ―tanatalogiya - o‘lim va barhayotlik muammosi, ―fenomenologiya insonning individual ijtimoiy ongiga ta‘sir qiluvchi omillar muammosi, ‖germenevtika - tushunish va tushuntirish muammosi, ―epistemologiya ―fan falsafasi, ―Ijtimoiy vaqt, ―Sinergetika, ―Dialog tushunish vositasi kabi muammolarning falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi yangi avlod faylasuflarining yuqori intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo‘naltiruvchi munosib ustozlar borligidan dalolat beradi. O‘tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy fanlar bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida ―Kurs lektsiy
pofilosofii‖(2001),―Ilmiy ijod metodologiyasi(2004), ―Fanlarning falsafiy masalalari (2007 I.Rahimov A.O‘tamurodov hamkorligida ―Fanlarning falsafiy masalalari (2005), D.Fayzixo‘jaeva va M.SHarpovlar hammuallifligida ―Mantiq (2004) o‘quv qo‘llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa (2005 lotin tilida), ―Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar(2004), ―O‘zbekistonda yangi jamiyat qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari (2005), ―Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy mafkuraviy masalalari (2007) o‘quv qo‘llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida ―Falsafa qomusiy lug‘at (2004), ―G‘arb falsafasi (2004), ―Jahon falsafasi tarixidan lavhalar (2005), ―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar‖o‘quv qo‘llanmasi (2001), ―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug‘ati (2005), ―Milliy g‘oya va rahbar mas‘uliyati‖(2008) kitoblari, yakka muallifligida ―Bilish falsafasi (2005), ―Qadriyatlar falsafasi (2004) o‘quv qo‘llanmalari, N.A.SHermuxamedova muallifligida ―Filosofiya i metodologiya nauki‖ (2003) o‘quv qo‘llanmasi, ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ (2005), ―Gnoseologiya (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2009) darsliklari, A.Ochildievning ―Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar (2004), Ye.Emirovaning ―Metodika prepodavaniya filosofii (2004), shuningdek A.Streltsova bilan hamkorlikdagi ―Vvedenie v spetsialnost» (2009) o‘quv qo‘llanmasi kabi qator yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi. O‘zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo‘limining 45 yillik, falsafa fakultetining deyarli 30 yillik faoliyati o‘z o‘rniga ega. Zero, bugungi kunda yangilangan tafakkur egalari o‘zbek falsafasining nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy muammolarga yangicha yondoshmoqdalar. ―Ustoz va shogird‖ maktabining yangi avlodi shakllanmoqda, yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda. Fakultetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilaridan shu yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari etishib chiqdi.
2-topshiriq
|
| |