holatda
aqliy bo‘ladi.
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi shunday,
o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida
ma’noga ega bo‘lgan
qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja
tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash – bu jism
va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki
farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va
chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.[2]
Umumlashtirish – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari bo‘yicha fikran
birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi
bilan ifodalanadigan yagona tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni
alohida, tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab
bo‘lib
hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran ajratib, bir
vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi
shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda,
biror-bir ishchi, muhandis, talabaning
emas, balki har bir insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz.
Abstraklashtirish odatda
tahlil natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor,
narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan.