13 mavzu. O‘rash qonuniyati reja




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.06.2024
Hajmi1,15 Mb.
#260790
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Maruza. (1)



13 MAVZU. O‘RASH QONUNIYATI 
Reja. 
 
1. Taxtachalarga harakat uzatmasi zanjirli mexanizmlar 
2. Zaxira о‘ralish mexanizmili о‘rash mexanizmi 
3. Shakllanayotgan joylama kо‘rsatkichlari. Uzatish sxemasini tanlash 
Konik о‘ralishda sо‘taning har xil qismlarini о‘rashda ip yotqizgichning harakat qonuni bir 
xil bо‘lmaydi va uning keyingi ishlov xarakteriga bog‘liq bо‘lgan tuzilishiga bog’liq. Agar 
sо‘tadagi ip mokili avtomatik tо‘quv dastgohlarida arqoq sifatida ishlatilsa, sо‘ta tо‘rt qismdan 
iborat bо‘ladi: zaxira 1, uya 3, tana 2 va tagо‘rov 4 (1 rasm). 
1. rasm. Sо‘taning tuzilish sxemasi. 
Zaxira sо‘tani о‘rash boshida naychaning 10-15 mm uzunlikda pastki qismida bо‘ladi va 
ishlatilgan naycha almashayotganda ishlatiladi. Zaxiradagi ip uzunligi 5-10 m ni tashkil qiladi va 
mokili avtomatik tо‘quv dastgohining taxlov kengligi bilan aniqlanadi. 
Sо‘taning uyasi sо‘tadagi ip uzunligini oshirish maqsadida о‘raladi va о‘rash jismining 
asosi bо‘lib xizmat qiladi. Uyaning sferik shaklini olish uchun har bir qavatning о‘ralishdan sо‘ng 
ipyotqizgichning bir xil bо‘lmagan siljishini ta’minlash kerak. Aks holda sо‘taning past qismi 
yakuniy shakli kesik konus kо‘rinishida bо‘ladi. Bundan tashqari uya’ni shakllashda 
nimqavatlardagi о‘ramlar qadami doimiy bо‘lmay, yuqoriga harakatlanganda kattalashadi, 
qavatakning qalinligi kamayadi, pastga yurib qavatga о‘ralishida esa aksincha, natijada uyaning 
shakllanayotgan qismi konusligi о‘rash jismi konusligiga yaqinlashib ortadi. О‘rash mushtagi 


aylanish sanami о‘zgarmas bо‘lganda sо‘taning hamma qavatlaridagi ip uzunligi (uya qavatlarida 
ham) bir xilligini inobatga olib, uya’ni shakllashda uchta shartni bajarish kerak: 
1. Har bir qavatak va qavatcha yuqoriga nisbatan pastda qalinroq bо‘lishi kerak, bu о‘rash jismi 
konik shaklda hosil bо‘lishi uchun shart. 
2. Keyingi nimqavatning oldingisiga nisbatan surilishi uya hosil bо‘lishi bilan kamayishi kerak. 
Uya’ni о‘rash vaqtida bu surilish 

i quyidagi chegaralarda о‘zgaradi: 
1





i
n

n
– sо‘ta tanasini о‘rashda keyingi nimqavatning oldingisiga nisbatan surilishi; 

1
– uyaning ikkinchi nimqavatining birinchi nimqavatga nisbatan surilishi. 
3. О‘rash jismi о‘qi bо‘ylab uya nimqavatlarining balandligi 
ri
H
uya hosil bо‘lishi bilan oshishi 
kerak: 
rn
ri
ri
H
H
H


ri
H
– uyaning birinchi nimqavatining balandligi; 
rn
H
– sо‘ta jismi о‘ralishida nimqavatning balandligi. 
Hamma uchta omilning bir vaqtda ta’sir qilishi sо‘ta asosi (uya) ni pastda – sferik va 
yuqorida – konik shaklda bо‘lishini ta’minlaydi. Sо‘ta jismi о‘ralgandan sо‘ng ipyotqizgich 
birinchi holatiga tez qaytib keladi va pastda tagо‘rov о‘raladi (5-12 о‘ram). О‘ralgan sо‘talar 
yechilganda tagо‘rovdagi ip chuvaladi va urchuq yig’ini spiral bо‘yicha о‘rab oladi. Bо‘sh naycha 
kiydirilganda yig’dagi ipni naycha bilan yig’ qisib oladi. Halqali mashinalarda konik о‘ralishda 
ipning yetish nuqtasi о‘rash jismi aylanish о‘qi bо‘ylab 

Download 1,15 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish