13 mavzu. O‘rash qonuniyati reja




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.06.2024
Hajmi1,15 Mb.
#260790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Maruza. (1)

davriy kо‘chish
davomida qaytmas mexanizm ta’sirida harakat qonuni va halqa taxtachalari 
harakat qulochi о‘zgaradi; bu о‘zgarish chiziqiy xarakterga ega va о‘rash davomida konusning 
belgilangan balandligi va sо‘ta diametriga ta’sir kо‘rsatish mumkin; 
2) 
о‘rash mushtagi yuklanishi
halqa taxtachalarini yuqoriga davriy siljishi davomida о‘zgaradi; 
3) 
mashinaning balandlik bо‘yicha gabarit о‘lchamlari
о‘ralishning umumiy balandligi oshishi 
bilan kattalashadi va ular boshqa teng sharoitlarda zanjirli (elastik) uzatmali mashinalardan 
kattaroq; 
4) mexanizmlar nisbatan katta, tayyorlashda, yig‘ish va moslashda murakkabroq. 
 
Taxtachalarga harakat uzatmasi zanjirli mexanizmlar 
Bunday о‘rash mexanizmlari paxta, zig‘irtola, jun, shishatola, tabiiy va sun’iy ipaklar 
uchun halqali yigiruv mashinalarida qо‘llaniladi. Halqa taxtachalarini zanjirli kо‘tarilishli va 
ipо‘tkazgichlar burchakliklarini dastakli kо‘tarilish mexanizmni (3-rasmga qarang) dastakli 
kо‘tarilish mexanizmidan (4-rasmga qarang) prinsipial farqi shundaki, halqa taxtachalari 23 (3-
rasm) g‘altaklar 20 orqali о‘tkazilgan va umumiy tortqi 18 ga qotirilgan zanjir 19 yordamida 
kо‘tariladi. Ipо‘tkazgichlar burchakliklari 22 kо‘tarilishi uchun ikkita dastak 26, 27 va о‘qcha 25 
dan iborat bо‘lgan tizim qо‘llanilgan. Dastak 26 dastak 27 va urchuq tо‘sini 24 bilan sharnirli 
birlashtirilgan. Dastak 27 halqa taxtachalari kо‘ndalangginasi bilan sharnirli biriktirilgan. 
Halqa taxtachalari va ipyо‘naltiruvchilarga zanjirli uzatmali о‘rash mexanizmlarga misol 
tariqasida jun uchun mо‘ljallangan P-114-SH4 mashinaning mexanizmini kо‘rib chiqamiz (7-
rasm). О‘rash mushtagi 2 о‘rash dastagi 1 ga tortqili zanjirlar va g‘altaklar orqali val 9 ning 
reversiv aylanishga aylantiriladigan tebranma harakatini uzatadi. Valda ikki pog‘onali 10 va bir 
pog‘onali 12 g‘altaklar о‘rnatilgan. Zanjirlar 11 ning yetaklovchi uchlarini g‘altaklar 10 ning katta 


yoki kichik pog‘onalariga, yetaklanuvchi uchini esa – butun mashina bо‘ylab yurgan umumiy 
tortqilar 22 ga qotiriladi. Tortqilar 22 va kо‘ndalang tо‘sinlar 20 bir-biri bilan zanjir 19 orqali 
kinematik bog‘langan. Halqa taxtachalari 15 kо‘ndalang tо‘sinlar 20 ga qotirilgan va ular bilan 
birga harakatlanadi. Halqa taxtachalarini chayqalishdan ushlash uchun kо‘ndalang tо‘sinlar 20 
uchun qо‘zg‘almas yо‘naltiruvchilar 16 kiritilgan. Val 9 ning qaytma aylanishida halqa 
taxtachalari 15 yо‘naltiruvchilar 16 о‘qi bо‘ylab ilgarilanma-qaytma harakatlanadi. 
Zanjirlar 19 g‘altaklar 17 va 18 orqali tashlangan (umumiy tortqi 22 ga harakat beruvchi 
g‘altakning pog‘onasiga bog‘liq). 

Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish