1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
G.SH.JO‘RAYEVA, M.I.MAMASOLEYEVA, D.Q.ALIMOVA, A.T.AZIMOV
MASHINALARDAN FOYDALANISH ASOSLARI
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
darslik sifatida tavsiya etgan
Toshkent 2020
2
UO‘K: 625-11-9(575.1)
G.SH.J
o‘
rayeva, M.I.Mamasaleyeva, D.Q.Alimova, A.T.Azimov
Mashinalardan foydalanish asoslari. Darslik. Toshkent, 2020, -266 b.
«Mashinalardan foydalanish asoslari” fanidan tayyorlangan ushbu darslik
oliy o‘quv yurtlari bakalavriat talabalari va shuningdek mazkur 5610600--
«Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» yo‘nalishdagi uchun
mo‘jallangan bo‘lib, mashinalardan foydalanish majmualari mashinalari kabi
bo‘limlarini o‘z ichiga olgan.
Ushbu
darslik
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonlarida
qo‘llaniladigan mashinalar kompleksini, mashina-traktor agregatlaridan
foydalanish
turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan.
Mazkur darslikda keltirilgan ma’lumotlardan talabalar mashinalash
foydalanish turlari, ularning vazifalari, ishlatilishi, saqlanishi va xavfsitzlik
qoidalarini o‘rganadilar.
Учебник
по
дисциплине
"Основы
эксплуатация
машин
«Предназначен для студентов бакалавриата высших учебных заведений,
а
также
для
направления
5610600-“Техника
и
технология
обслуживания”, включающий в себя такие разделы машинно-
эксплуатационного комплекса, как машины.
Данный учебник содержит сведения о типах эксплуатация машинно-
тракторного комплекса, машинно-тракторных агрегатов, применяемых в
процессе сельскохозяйственного производства.
Из информации, представленной в данном учебнике, студенты
изучают виды эксплуатация машин, их функции, использование,
хранение и правила безопасности.
Taqrizchilar:
Pulatov T.R. – Tashrent shahar Turin
Politexnika universisteti dotsenti, PhD.
Irgashev A. - ToshDTU professori, t.f.d.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2020
3
ANNOTATSIYA
«Mashinalardan foydalanish asoslari” fanining vazifasi
qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan mashinalar kompleksini,
mashina-traktor agregatlaridan foydalanish ko‘rsatgichlarini, mashina-traktor
agregatlarini komplektlashni, agregatlardan foydalanish.
Darslikda mashinalaridan foydalash turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bayon
etilgan bo‘lib, 5610600-«Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi»
yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallab tuzilgan, shuningdek, undan ushbu
yo‘nalishga
yaqin
mutaxassisliklar
yo‘nalishlari
talabalari
ham
foydalanishlari mumkin.
To‘plamda mashinalardan foydalashning texnologik ish jarayonlari,
asosiy rostlanishlari, mashinalarga qo‘yiladigan talablar va nazorat savollari
keltirilgan.
ANNOTATSIYA
Задача дисциплины "Основы эксплуатации машин" -использование
машинно-тракторных агрегатов, комплектующих машинно-тракторных
агрегатов, показателей эксплуатации машинно-тракторных агрегатов,
применяемых в процессах сельскохозяйственного производства.
В учебнике изложены сведения о видах эксплуатации машин,
которые предназначены для студентов направления 5610600-«Техника и
технология обслуживания», а также могут быть использованы
студентами специальностей, близких к данному направлению.
В сборнике представлены технологические рабочие процессы
эксплуатации машин, основные настройки, требования к машинам и
контрольные вопросы.
ABSTRACT
The task of the discipline "Bases of operation of cars" -the use of tractors,
components of tractors and machines, performance machine-tractor units
used in the agricultural production processes.
The textbook contains information about the types of operation of
machines that are intended for students of the direction 5610600 -
"Technology and service technology", and can also be used by students of
specialties close to this direction.
The collection presents the technological working processes of machine
operation, basic settings, requirements for machines and control questions.
4
Kirish
Mamlakat aholisi va sanoatini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash
muhim vazifalardan biridir.
Agrar sohada o‘tkazilayotgan chuqur izchil islohotlar o‘z samarasini berib,
fermer xo‘jaliklarining yiriklashuvi, texnik bazalarining kengayishi, ularga
ko‘rsatiladigan servis tizimining shakllanib, mukammallashuvi kishilarni ishlab
chiqarish qurollariga va erga bo‘lgan mo‘nosabatlarini tubdan o‘zgartirmoqda.
Agrar soha ishlab chiqarishida salohiyatli, bozor iqtisodiyotida raqobatli ishlab
chiqarishni tashkil eta oladigan, etuk mutaxassislar korpusi shakllanib bormoqda.
Agrar
sohaning
energetik
imkoniyatini
kengayishi
etishtirilayotgan
mahsulotlarning turi va hajmini oshirishga zamin yaratadi. Pirovardida, qishloq
xo‘jaligida energetik vositalar va ishchi mashinalarning ko‘payishi ayni vaqtda
ulardan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham
agrar soha ishlab chiqarishida foydalanilayotgan mashina-traktor agregatlari,
ularning tizimi va mashina-traktor parklari tarkibini aniqlashda ilmiy asoslarga
suyanishni taqozo etadi.
Bulardan tashqari ishlab chiqarishni tuliq mexanizatsiyalash, olinayotgan
mahsulotlarni sifatli va nisbatan arzon bo‘lishini ta’minlash, ishlatilayotgan
texnikalarning samaradorligini oshirish va ulardan texnik foydalanish tizimini
tashkil etish kabi masalalar mutaxassisdan chuqur nazariy bilim va malakani talab
qiladi.
Mashina-traktor parkidan foydalanish fani ishlab chiqarish munosabatlari va
qonuniyatlarini har taraflama o‘rganadi, bunda u boshqa fan yutuqlariga suyanadi.
Avvalo, traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari, yonilg‘i va moylash materiallari,
matematik va tabiiy, umumiy kasbiy fanlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
etishtirish texnologiyalari, agrar soha iqtisodiyoti va uni boshqarish kabi fanlarni
keltirib o‘tish joiz. Ushbu fanlar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar
shakllangandagina darslikda keltirilgan materiallarni o‘zlashtirishga imkon
yaratilgan bo‘ladi.
Ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ishlab chiqarishning raqobatli tizimini yaratish
5
va uni yanada takomillashtirishda mashina-traktor parkidan foydalanish
qonuniyatlarini o‘rganish va shu asosda uning samaradorligini oshirish dolzarb
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
|