Transmissiya moylari juda og‘ir sharoitlarda ishlaydi, chunki
transmissiya agregatlari ishlayotganda detallarning ishqalanish sirtlarida
yuqori
solishtirma
bosimlar
yuzaga
keladi.
Bu
holat
chegaraviy
ishqalanishga, tirnalishga va juddiy eyilishlarga olib kelishi mumkin. Undan
tashqari, transmissiya moylari qish oylarida quyulib ketadi va natijada,
agregatlarda ishqalanishga qarshilik o‘sib, transmissiyaning foydali ish
koeffitsienti pasayadi va yonilg‘i sarfi ortadi. Moyning quyulishi
agregatlardagi
tishli
ilashmalarning
moy
bilan
ta’minlanishini
yomonlashtiradi. Shuning uchun transmissiya moylari yuqori qovushoq-
harorat, eyilishga qarshi xususiyatlarga hamda cho‘kindi va quyqumlar hosil
bo‘lishini oldini oluvchi barqarorlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Konsistent moylar ishqalanishga qarshi va saqlash vazifalaridan tashqari
ishqalanish juftliklarida (masalan, ressora barmoqlari, buriluvchi shkvoren)
zichlagich vazifasini ham o‘taydi. Konsistent moylar natriy yoki kalsiy
sovunlari bilan quyuqlashtirilgan mineral moylardir. Ish sharoitlariga bog‘liq
holda, ular ancha qiyin eriydigan (tomchi tushish harorati 140
0
S,
konstalinlar) va kamroq qiyin eriydigan (tomchi tushish harorati 100
0
S,
solidollar) guruhlarga bo‘linadi. Moylarning bu xossalari harorat oshganda
tirqishlardan oqib ketmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari motorning
19
sovutish tizimida antifriz va suv kabi sovutish suyuqliklari ishlatiladi. Eng
ko‘p qo‘llanadigan etilenglikolli antifriz 65 va 45 rusumlarga b o‘linib,
ularning muzlash harorati tegishlicha minus 65 va minus 45
0
S ni tashkil
etadi. Etilenglikolli antifriz zaharli, isitganda hajmiy kengayishi koeffitsienti
katta. Unga neft mahsulotlari tushsa ko‘pirish xususiyatiga ega. Agar
motorning sovutish tizimida suv ishlatilsa, unda qasmoq yig‘ilib, silindrlar
devorlarining issiqlik o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va, natijada, motor qizib
ketadi, eyilish jadalligi va yonilg‘i sarfi ortadi, detonatsiya sodir bo‘ladi,
motorning quvvati pasayib ketadi; qasmoq maxsus kimyoviy eritmalar
yordamida yuvib tashlanadi. Harakatga qarshilik dumalashga qarshilik
koeffitsienti va erning nishabligi bilan aniqlanadi.
Dalaning g‘adir–budurligi dumalash qarshiligi va QXT mexanizmlariga
tushadigan dinamik yuklamalarning o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z
navbatida, eyilish jarayonlarini jadallashtiradi, yonilg‘i sarfini orttiradi,
harakat tezligini pasaytiradi.
QXT ning texnik holatiga dala sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan quyidagi
omillar ta’sir etadi:
- ayrim asosiy detallar ishqalanish yo‘lining ko‘payishi;
- QXT mexanizmlariga yuklamaning ortishi va uning tez-tez o‘zgarishi;
- abraziv moddalar aralashuvi.
Dala sharoitlarining yomonlashishi bilan motor va transmissiya detallari
ishqalanish yo‘lining ko‘payishi past uzatmalarga majburan o‘tishdan kelib
chiqadi. Harakat qarshiligi koeffitsienti oshgan sari QXT detallariga
tushayotgan yuklama ham oshib boradi. Yuklamaning o‘zgarishi QXT ning
shig‘ov va tormozlanishlaridagi ish tartibotlarining o‘zgarish chastotasiga
bog‘liq. Bu o‘zgarishlar QXT harakati jarayonidagi to‘xtashlar va dala
notekisliklari tufayli sodir bo‘ladi. Dala sharoitlari qanchalik yomon bo‘lsa,
QXT harakati natijasida vujudga keladigan chang (abraziv) va boshqa qattiq
jinslar uning texnik holatiga salbiy ta’sir etadi. Changning sifati uning
kimyoviy tarkibi va yirikligiga, ya’ni zarralarning o‘lchamlariga bog‘liq.
20
Changning 60…85 foizini kremniy oksidi tashkil etadi. Uning qattiqligi
ko‘pgina mashina detallari qattiqligidan yuqori. Motor silindrlariga
tushadigan chang miqdori uning havodagi miqdoriga, motor yutayotgan havo
hajmiga va havo tozalagich yordamida tozalanish darajasiga bog‘liq.
Motor yutayotgan havodagi 95…98 foiz chang havo tozalagichda ushlab
qolinadi, 2…5 foizi esa motor silindrlariga kiradi. Silindrlarga tushgan
changning oltidan bir qismi ishlatilgan gazlar bilan chiqib ketadi, qolgan
qismi esa moy bilan aralashib, abraziv eyilishni vujudga keltiradi. Chang,
birinchi galda silindr, porshen va porshen halqalarini, keyin, motor kateriga
tushgandan so‘ng, krivoship-shatun mexanizmini eyiltiradi. Demak, motor
mexanizmlari, uzel va detallarining eyilish darajasi havo tozalagichning
samarali ishlashiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekan. Havo tozalagichning
xarakteristikasi (tozalash darajasi va havo qarshiligi) va muayyan
ekspluatatsiya sharoitlari uchun havodagi changning miqdori hamda tozalash
darajasi va havo tozalagich qarshiligining yo‘l qo‘yilgan chegaraviy
miqdorlari ma’lum bo‘lsa, uni yuvib tashlash davriyligini aniqlasa bo‘ladi.
Mashina texnik holatiga ta’sir etuvchi va uni belgilovchi tabiiy iqlimning
asosiy parametrlari quyidagilardir: atrof-muhit havosi harorati va uning
o‘zgarish diapazoni; namlik; shamol yuklamasi; quyosh radiatsiyasi darajasi;
barometrik bosim.
Atrof-muhit havosi harorati QXT texnik holatiga juda kuchli ta’sir qiladi.
QXT ning normal ishlashi uchun +5
0
S dan +20
0
S gacha bo‘lgan havo harorati
diapazoni kifoya qiladi. Bu oraliqda QXT agregatlari va qismlarining optimal
issiqlik holatini saqlab turish va ularning ish qobiliyatini ta’minlash mumkin.
Yuqori haroratlar motor mas’ul detallarining issiqlik kuchlanishini oshiradi
va uni haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi. Motor, ajratilayotgan va
chiqarilayotgan issiqlik miqdorlari orasidagi muvozanatning buzilishi
natijasida, qizib ketadi. Agar sovutish tizimidagi suyuqlikning harorati +90
0
S
dan oshib ketsa, motor qizib ketadi. Buning natijasida suv nasosining
unumdorligi pasayadi, porshen halqalarini qurum bosadi, porshen tubining
21
kuyishi, kuzatiladi, silindrlar deformatsiyaga uchraydi va silindr–porshen
guruhining eyilishlari keskin ortadi. Benzinda ishlaydigan motorning qizib
ketishi detonatsiya holatini vujudga keltiradi, bu esa o‘z navbatida, motor
quvvatini, yonilg‘i tejamkorligini va chidamliligini pasaytiradi. Havoning va
motor detallarining yuqori harorati, silindrlarning to‘ldirilish koeffitsientini
pasaytiradi, yonilg‘i aralashmasini boyitadi, yonilg‘i sarfini va ishlatilgan
gazlar zaharliligini oshirib yuboradi. Dizel motorlarida ham havoning yuqori
harorati quvvatning pasayishiga, yonilg‘i sarfining va ishlatilgan gazlar
zaharliligining o‘sishiga olib keladi. QXT ning boshqa agregatlarida eyilish
jadalligi ortadi, chunki havo tarkibidagi changning miqdori ko‘payadi,
moylash sharoitlari moyning qovushoqligi tushib ketishi oqibatida
yomonlashadi.
Motor qizib ketmasligi uchun sovutish tizimidagi suyuqlikning miqdorini
nazorat qilish, radiator sirtlarini tozalash, sovutish tizimini quyqa
cho‘kindilardan va qasmoqlardan tozalash, o‘t oldirishni to‘g‘ri o‘rnatish,
ventilyator tasmasining tarangligini ta’minlash, termostat ishini nazorat qilish
va boshqa ishlarni amalga oshirish lozim. Past havo haroratining QXTga
ta’siri sovuq motorni ishga tushirishda, eyilish miqdorlarining o‘sishida,
harorat sharoitlarining yomonlashishida va yuqori yonilg‘i sarflarida
namoyon bo‘ladi. Sovuq motorni ishga tushirish yonilg‘i bug‘lanishining
yomonlashuvi, sovuq havo zichligining o‘sishi, yonilg‘i qovushoqligining
o‘sishi natijasida jiklerlar o‘tkazish qobiliyatining pasayishi, o‘t oldirish
chaqmoqlaridagi uchqun kuchining kamayishi va boshqa sabablarga k o‘ra,
yonilg‘i aralashmasining siyraklashuvi, akkumulyator batareyasi toki
sarfining
ko‘payishi
va
kuchlanishining
pasayishi
va
chaqmoq
elektrodlaridagi kuchlanishning o‘sishi kuzatiladi.
Ekspluatatsiya sharoitlari QXT texnik holatiga, agregat va detallarning ish
tartibotlariga ta’sir etib, ularning texnik holati parametrlari o‘zgarishini
tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin. QXT puxtaligining ko‘rsatkichlari
miqdorlari har xil ekspluatatsiya sharoitlarida bir-biridan farq qiladi, bu esa
22
texnik ekspluatatsiya samaradorligi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishida ham o‘z
aksini topadi. Foydalanish sharoitlarini hisobga olish ishlab chiqarish-texnik
baza, xodimlar, ehtiyot qismlar, ekspluatatsion materiallar va boshqalardagi
ehtiyojlarni aniqlashda kerak bo‘ladi. Foydalanish sharoitlari dala sharoitlari,
tabiiy-iqlim va mavsumiy sharoitlarga bo‘linadi.
Dala sharoitlari: harakat tezligi, yurish uzunligi, motor kuchidan
foydalanish koeffitsienti, tirkamalardan foydalanish koeffitsienti .Tabiiy–
iqlim sharoitlari: atrof-muhit havosining harorati, namligi, shamol yuklamasi,
quyosh radiatsiyasining darajasi.
Mavsumiy sharoitlar havo haroratining o‘zgarishiga, dala sharoitlarining
mavsum bo‘yicha o‘zgarishiga, ayrim omillarning (masalan, chang, namlik va
iflosliklar) QXT texnik holati parametrlari o‘zgarishining jadalligiga ta’siri
bilan baholanadi.
Atrof-muhitning tajovuzkorligi Orolbo‘yi mintaqasi uchun xarakterli
bo‘lgan havoning yuqori zanglatish faolligi bilan bog‘liq. Bunday sharoitlar
QXT detallarining jadal zanglanishiga, TXK va JT mehnat hajmlari va
ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga, QXT ning ishlash muddati va
TXK davriyliklarining qisqarishiga olib keladi.
|