26
III strategiya (S
I
+ C
II
). Buyum ish qobiliyatini saqlash va yo‘qolgan ish
qobiliyatini tiklash. Profilaktika o‘tkazilayotganda buzilish va nosozliklarni
butunlay hisobga olmaslik mumkin emas, chunki ular ko‘p sonli, ba’zida
noma’lum omillar hisobiga paydo bo‘ladi. Buzilish va nosozlik davomiyligi
tasodofiy son bo‘lib uning pastki qiymati amalda nolga yaqinlashadi. Shuning
uchun amaliyotda I va II strategiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan III
strategiya qo‘llaniladi. TXK qanchalik samarali o‘tkazilsa (maqbul davriylik
va profilaktik ishlar tarkibi), buzilish va nosozliklar shunchalik kam bo‘ladi,
ta’mirlash xarajatlari kamayadi. Shuning uchun texnik foydalanish
samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida texnik xizmat va ta’mirlash
xarajatlari yig‘indisi olinadi:
U
Σ
= C
Σ
= C
I
+ C
II
,
(2.1)
Maqsad funksiyasining eng maqbul qiymati U
Σ
0
= (C
Σ
)
min .
Profilaktika (TXK) va ish qobiliyatini tiklash (ta’mir)ga bo‘lgan xarajatlarni
solishtirish orqali muayyan buyum yoki birikma uchun ish qobili yatini
ta’minlash strategiyasi va taktikasi tanlab olinadi (Jadval 2.1)
Ish qobiliyati bo‘yicha olingan ma’lumotlardan me’yorlar ishlab
chiqishda foydalanish mumkin.