16
motor quvvati va harakat tezligi pasayadi, yonilg‘i sarfi va eyilish jadalligi
o‘sadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash ishlari hajmi ortadi, puxtaligi pasayadi.
QXT ning texnik holatiga ko‘pgina ekspluatatsion omillar ta’sir etadi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
- ekspluatatsion materiallar sifati (benzin, dizel yonilg‘isi, moylash
materiallari, maxsus suyuqliklar - antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar);
- dala sharoitlari;
- iqlim sharoitlari;
- QXTdan texnik foydalanish (quvvatdan
foydalanish tartibotlari, QXTni
boshqarish sifati);
- texnik xizmat ko‘rsatishning sifati;
- QXTni saqlash sifati va h.k.
Yonilg‘i–moylash materiallariga qo‘yiladigan asosiy talab – ularning
Davlat standartlariga va motor konstruksiyasiga hamda iqlim sharoitlari va
QXT ekspluatatsiyasining tartibotlariga mos kelishidadir. SHuning uchun
yonilg‘ilar vazifasi (karbyurator va dizel motorlari uchun, yoz va qish uchun)
va sifati bo‘yicha (oktan va setan sonlari) rusumlarga bo‘linadi.
Yonilg‘i–moylash materiallari yonilg‘i tejamkorligi,
puxtalik, motor
quvvati, harakat tezligi kabi QXTning foydalanishdagi sifat ko‘rsatkichlariga
ta’sir etadi. Yonilg‘i–moylash materiallarining sifatini saqlab qolish ularni
tashish va saqlash jarayonlarida, tarqatish va moylashda juda muhimdir.
Benzinning asosiy sifatlari – bug‘lanish (fraksion tarkib), detonatsion va
korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yo‘qligidir.
Uning detonatsiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida
oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi silindr-porshen guruhi
va klapanlarning korrozion–mexanik eyilishlarini keltirib chiqaradi.
Oltingugurt miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, motor silindrlarining eyilish
jadalligi va yonilg‘i
sarfi oshib boradi, motor quvvati esa kamayib ketadi.
Yonilg‘i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini
17
ifloslantiradi, yonilg‘i aralashmasining paydo bo‘lishini qiyinlashtiradi,
traktorning tortish sifatlarini va yonilg‘i sarfini yomonlashtiradi. Eng
asosiysi-mexanik aralashmalar motor silindr–porshen guruhining eyilish
darajasini oshirib yuboradi.
Dizel yonilg‘isining setan soni, qovushoqlik, bug‘lanish,
korrozion
xususiyatlari va mexanik aralashmalarning mavjudligi kabi sifatlari QXTning
ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Agar setan soni motorning
chidamliligi va yonilg‘i sarfiga kuchli ta’sir etsa, yonilg‘ining qovushoqligi
uning purkalishiga, havo bilan aralashma hosil qilishiga va yonishiga hamda
yonilg‘i apparaturasidagi nozik juftlarning eyilishiga sababchidir.
Dizel
yonilg‘isining
korrozion
xususiyati
uning
tarkibidagi
oltingugurtning miqdoriga bog‘liq: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, motor silindrlari
va porshen halqalarining korrozion-mexanik eyilishlari shunchalik ko‘payadi.
Eyilishlar, ayniqsa, motorning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilg‘isi
tarkibida mexanik aralashmalarning bo‘lishi yonilg‘i etkazib berish
apparaturasidagi nozik juftliklar eyilishiga sabab bo‘ladi. Mexanik
aralashmalarning dizel yonilg‘isidan ajratishning eng oddiy usuli – uni bir
necha kun davomida tindirishdir.
Gaz yonilg‘ilari yuqori foydalanish sifatlarga ega. Ularning qo‘llanishi
motor
eyilishlarini pasaytiradi, detonatsiyasiz ish tartibotini ta’minlaydi,
ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytiradi, motor moyi xizmat muddatini
uzaytiradi. Foydalanishda yonilg‘ini motor konstruksiyasiga, tabiiy-iqlim
sharoitlariga va standart talablariga mos ravishda qo‘llash, saqlash, tashish va
tarqatishda bug‘lanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning tarkibida mexanik
aralashmalar va suvning bo‘lmasligini ta’minlash lozim.
Moylash materiallari ham (yonilg‘ilar singari) vazifasi bo‘yicha
(karbyuratorli va dizel motorlari uchun karter moylari, transmissiya moylari),
sifati bo‘yicha (tozalash turi, qovushoqligi, qo‘shilma (prisadka)ning
mavjudligi va h.k.) rusumlashtiriladi va standartlashtiriladi.
18
Moy va moylash materiallari suyuq yoki
chegaraviy ishqalanishni
ta’minlash, ishqalanish ishi va eyilishni kamaytirish, issiqlikni ishqalanish
juftliklaridan, eyilish mahsulotlarini tirqishlardan haydash, tirqishlarni
zichlash, moylash sirtlarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Motor moyi yuqori harorat va solishtirma bosimlarda ishlaydi. Bunda
zanglash
mahsulotlari, qatron (saqich, smola) va qasmoq hosil bo‘lishi
mumkin. Uning asosiy foydalanish xususiyatlari – qovushoqlik, yuvish va
zanglashga qarshilik, mexanik aralashmalar va suvning yo‘qligidir. Motor
moylarining foydalanish xususiyatlarini yaxshilash ularga har xil kimyoviy
modda (qo‘shilma)lar qo‘shish bilan erishiladi. Qo‘shilmalar ishqalanayotgan
detallar eyilish jadalligini kamida ikki barobar kamaytiradi.