11
Asosiy vazifasi qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berish hisoblangan
qishloq xo‘jalik mashinalari, o‘zi ishlayotgan muhitga bog‘liq
ravishda har
xil xususiyatlarga egadir. Qishloq xo‘jalik texnikasi deb harakatlanuvchi va
ekinlarga ishlov beruvchi erusti mashinasiga aytiladi.
Foydalanish sharoitlari QXTning ixtisoslashuviga ta’sir etadi. QXT
muayyan sharoitlarda ishlashni ta’minlaydigan o‘ziga xos xususiyatlari bilan
ajralib turadi.
Loyihalovchi–mutaxassis, QXT o‘z vazifalarini bajarishi uchun qanday
xususiyatlar
majmuiga
ega
bo‘lishini
bilishi
zarur.
Ekspluatatsiya
mutaxassisiga esa har xil QXTning xususiyatlarini bilishi,
ularni ishlash
sharoitlariga mos ravishda tanlashga hamda loyihalash va ishlab chiqarish
jarayonida asos solingan foydalanish xususiyatlarni uzoq vaqt davomida
optimal saqlab turish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Umuman olganda, QXT puxtalik,
ekologik, estetik, ekspluatatsion va
boshqa juda ko‘p sifat xususiyatlarga ega. QXTning o‘ziga xos mashina
sifatidagi foydalanishga moslashganlik darajasini ish unumdorligi, tortish,
tezlik,
tormozlanish, yonilg‘i tejamliligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik,
harakatchanlik (buriluv), yurish ravonligi, o‘tuvchanlik,
dinamiklik, TXK va
JT ga moyillik xususiyatlari ko‘rsatadi. QXT ning turi, bajarayotgan ishi,
muayyan ishlash sharoitlariga qarab ularning xususiyatlariga q o‘yiladigan
talablar ham har xil bo‘ladi.
Qandaydir, muayyan ekspluatatsion
xususiyatning traktor sifatini yoki qo‘llash samaradorligini baholashdagi
ahamiyati, foydalanish sharoitlariga bog‘liq. Foydalanish sharoitlari esa dala
(plani va profili elementlari,
er relefi, dalaning turi va tekisligi, yo‘l
holatining barqarorligi va boshqalar), transport (yuk turi, tashish hajmi, yuk
tashish bo‘laklari, tashish masofasi,
ish tartibotlari, saqlash, texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash sharoitlari va boshqalar), tabiiy – iqlim (mu’tadil,
sovuq, issiq va baland tog‘ iqlimi mintaqalarining o‘ziga xos xususiyatlari)
sharoitlari bilan belgilanadi. Endi, QXT ning asosiy foydalanish
xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz.