• 7.O‘tuvchanlik xususiyati
  • 8.Yonilg‘i tejamliligi xususiyati
  • Mashinalardan foydalanish asoslari




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/94
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,58 Mb.
    #100799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    машина фойда асослар фанидан дарслик

    6.Yurish ravonligi deb, haydovchi, yuk, shassi va kuzov elementlari 
    tebranishi yuklamalarining belgilangan me’yorlar chegaralarida cheklanishini 
    ta’minlovchi xususiyatlar majmuiga aytiladi. Asosiy baholash ko‘rsatkichlari: 
    haydovchi, yuk, shassi, ishchi jihozlar xarakterli elementlarining tebranish 
    yuklamalari darajalari. 
    7.O‘tuvchanlik 
    xususiyati 
    deb 
    traktorning 
    og‘irlashgan 
    yo‘l 
    sharoitlarida, yo‘lsizlikda va har xil to‘siqlarni engib harakat qilishda 
    imkonini belgilaydigan ekspluatatsion xususiyatlarga aytiladi.
    O‘tuvchanlik profil va tayanch o‘tuvchanlikka bo‘linadi. Profil 
    o‘tuvchanlik yo‘ldagi notekisliklar va to‘siqlarni engib o‘tish imkoniyatlarini 
    xarakterlaydi. Uning birlik ko‘rsatkichlari QXTning geometrik parametrlarini 
    ifodalaydi: yo‘l oralig‘i, old (orqa chiqiq), old (orqa) chiqiq burchagi
    o‘tuvchanlikning bo‘ylama radiusi, o‘tiladigan ko‘tarilishning eng katta 
    burchagi, ko‘priklarning qiyshayish burchagi va boshqalar. 
    Tayanch 
    o‘tuvchanlik deformatsiyalangan va og‘irlashgan yo‘l 
    sharoitlarda 
    harakat 
    qilish 
    imkonini 
    belgilaydi. 
    Asosiy 
    baholash 
    ko‘rsatkichlari: tirkalish massasi, tirkalish massasining koeffitsienti
    solishtirma quvvat, dumalashga qarshilik quvvati, harakatga qarshilik 
    quvvati, to‘liq tortish kuchi, erkin tortish kuchi, kryukdagi tortish kuchi, 
    g‘ildiraklarning erga bosimi va boshqalar.
    8.Yonilg‘i tejamliligi xususiyati deb har xil foydalanish sharoitlarida 
    traktor yoki kombayn ish bajarishidagi yonilg‘i sarfini belgilovchi 
    xususiyatlar majmuiga aytiladi. U motorning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan 
    aniqlanadi: bir soatdagi yonilg‘i sarfi 
    T
    G
    , kg/soat, solishtirma yonilg‘i sarfi 
    e
    g
    , g/kVt.soat (motor quvvat birligining bir soat davomidagi yonilg‘i sarfi 
    massasi). Yonilg‘i tejamliligining asosiy mezoni bo‘lib bir soat ishlashga 
    sarflanadigan litrlar hisobidagi yonilg‘i sarfi hisoblanadi. Baholash 


    14 
    ko‘rsatkichlari: nazorat yonilg‘i sarfi, ish vaqtidagi yonilg‘i sarfi, transport 
    ishidagi yonilg‘i sarfi, barqaror harakat yonilg‘i xarakteristikasi, dala (past–
    baland) sharoitidagi yonilg‘i–tezlik xarakteristikasi va boshqalar. 
    Ekspluatatsion xususiyatlar ko‘rsatkichlari maxsus ilmiy-tekshirish 
    tadqiqotlari hamda foydalanish tajribasini umumlashtirish va tahlil etish 
    natijasida 
    aniqlanadi. 
    Ekspluatatsion 
    xususiyatlarni 
    bilish 
    QXT 
    konstruksiyasini takomilashtirish borasida texnik ekspluatatsiya tajribasidan 
    foydalanish imkonini beradi. 
    QXT
    tavsifi 
    yuqorida 
    keltirilgan 
    foydalanish 
    xususiyatlari 
    ko‘rsatkichlarini o‘z me’yor talablari darajalarida ushlab turishi QXT yuqori 
    texnik holatini uzoq davr mobaynida saqlashga xizmat qiladi.

    Download 3,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish