• QXT texnik foydalanish
  • QXTdan texnik foydalanishning maqsadi
  • Sifat
  •  Qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish. Tushuncha va ta’riflar




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/94
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,58 Mb.
    #100799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    машина фойда асослар фанидан дарслик

    1.3. Qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish. Tushuncha va ta’riflar 
     
    QXTdan foydalanish fani QXT texnik holatining o‘zgarishi sabablari va 
    qonuniyatlari hamda uni yuqori darajada saqlab turish usullari va vositalari 
    to‘g‘risidagi fandir. QXT texnik ekspluatatsiyasiga texnik foydalanish, texnik 
    (servis) xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish 
    texnologik jarayonlarini tashkil etish kiradi.
    QXT texnik foydalanish deb tegishli foydalanish sharoitlarida, uning 
    vazifasi va belgilangan me’yorlariga xos tartibotlarda ishini ta’minlash orqali 
    texnik imkoniyatlarini amalga oshirish tushuniladi. 
    QXTga texnik xizmat ko‘rsatish deganda yuvish–tozalash, nazorat–
    sozlash, mahkamlash ishlari, joriy ta’mirlash va yonilg‘i bilan ta’minlash 
    orqali QXTning tashqi ko‘rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki 
    tiklash tushuniladi. 
    QXT saqlash – uning texnik saqlanishini va ishga tayyorligini 
    ta’minlashdir. Undan tashqari, saqlash, agar QXT uzoq muddat davomida 
    ishlatilmasa, uni konservatsiya qilishni, ehtiyot qismlar, yonilg‘i–moylash va 
    boshqa ekspluatatsion materiallarning texnik saqlanishini ham o‘z ichiga 
    oladi.


    15 
    QXTdan texnik foydalanishning maqsadiuning texnik holati va 
    foydalanish xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada saqlab 
    turishdir. Texnik ekspluatatsiyaning asosiy masalalari, mashina-traktor parki 
    texnik holati va ishlash qobiliyatini boshqarish yo‘llari va eng samarali 
    usullarini aniqlash hisoblanadi.
    QXT texnik ekspluatatsiyasining samaradorligi uning sifati va puxtaligiga 
    bog‘liq.
    Sifat – buyum (QXT) o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik 
    darajasini belgilovchi xususiyatlar majmuidir.
    QXTning puxtaligi deb uning belgilangan davr mobaynida va ma’lum 
    foydalanish sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo‘l qo‘yilgan 
    chegaralarda saqlab qolgan holda o‘z vazifalarini bajarish xususiyatiga 
    aytiladi. Boshqacha ibora bilan aytganda, puxtalik – mashina sifatining vaqt 
    bo‘yicha taqsimlanishi yoyilmasidir. Puxtalik, QXT muayyan foydalanish 
    sharoitlarida ishlaganda, uning sifat ko‘rsatkichlari qay darajada o‘zgarishini 
    izohlaydi va miqdoran baholash imkonini beradi.

    Download 3,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish. Tushuncha va ta’riflar

    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish