6
1.MASHINA- TRAKTOR AGREGATLARIDAN FOYDALANISH
ASOSLARI
1.1.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan
sharoitda texnikalardan foydalanishning ahamiyati
Qishloq xo‘jalik ishlab chikarishining asosiy vazifasi - aholini yuqori sifatli
oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini esa xom ashyolarning kerakli
turlari bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu o‘ta dolzarb masalani hal qilishning
moddiy negizini muhim qismi mashina- traktor agregatlari (MTA), murakkab
texnologik jarayonlarni bajarishda qo‘llaniladigan texnologik komplekslar, fermer
va shirkat xo‘jaliklarining mashina- traktor parklari tashkil etadi. Mashina- traktor
parkidan foydalanish asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori va sifati,
turli resurslarning sarfi xo‘jalikning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir
qiladi. Etishtirilgan mahsulotlar tannarxini kamaytirishning bir yo‘li texnikadan
foydalanganda bo‘ladigan sarf-xarajatlarni kamaytirish, ya’ni bir so‘z bilan
aytganda, mashina-traktor parki (MTP) dan foydalanish samaradorligini
oshirishdir.
Qishloq xo‘jalikda tub iqtisodiy islohotlarning olib borilishi xo‘jaliklarning
maydalashuviga, ya’ni mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlari sonining
ortishiga olib keladi. Bu esa texnika xizmatiga bo‘lgan talabni to‘laroq qondirish
maqsadida texnika vositalaridan foydalanish va texnik servis-xizmatini tashkil
etishning eng maqbul yo‘llarini topish zaruriyatini tug‘diradi.
Agrar soxa ishlab chiqarishiga yangidan-yangi yuqori ish unumiga ega bo‘lgan
zamonaviy traktor, qishloq xo‘jalik mashinalari, kombaynlar va ko‘plab yordamchi
mexanizmlar jalb qilindi. Jahonda etakchilar qatorida turgan chet el firmalari bilan
aloqalar yanada takomillashdi va natijada “CLASS” g‘alla kombaynlari,
“Magnum” xaydov traktorlari, “Maral” ozuqa yig‘ish mashinalaridan bugungi
kunda samarali foydalanish va ularga texnik servis-xizmat ko‘rsatish tizimi
yaratildi.
Bugungi kunda mamlakatimizning mashina-traktor parklarida 1,7 mln. dan
ko‘proq “Magnum”, “Altay”, “Belarus”, “TTZ” rusumli traktorlardan, 500
7
mingdan
ortiq
kombaynlardan
hamda
AJ
“O‘zbekqishloqmash”,
“Chirchikqishloqmash”, “Tashqishloqmash” kabi zavodlarda chet el firmalari bilan
hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan ko‘plab ishchi mashinalardan foydalanib
kelinmoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalariga agrotexnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash,
xo‘jalik texnikasidan foydalanish samarasini oshirish maqsadida mamlakatimizda
mashina-traktor parklariga bo‘lgan e’tibor oshirildi.
Muqobil MTP bozor iqtisodiyoti qonunlaridan kelib chiqqan holda tuzilishi
kerak. Marketing esa talabnoma va reklama xizmati, iste’molchilar talabini
o‘rganish shu asosda servis-xizmati turlari, ularni amalga oshirish uchun kerak
bo‘ladigan texnika vositalari tizimini belgilash, xizmat miqdori va uning narxini
aniqlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, iste’molchilar va boshqa qishloq
xo‘jalik korxonalari orasida MTP tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan servis-
xizmat turlarini reklama qilish bilan hamda kerakli texnika vositalarini, ehtiyot
qismlar, yoqilg‘i, moylash materiallarini sotib olish joylari va narxlari bilan
shug‘ullanadi.
Har qanday tuzilayotgan muqobil MTP o‘z faoliyatini shu bugundan boshlashi
zarur, chunki MTP tuzilgan avval kimga xizmat ko‘rsatishi, xizmatga bo‘lgan
talabni, xizmat turlarini aniq,. belgilab olishi hamda shu xizmat turlarini, miqdorini
bajarish uchun qaysi turdagi texnika vositalari va qancha kerakligi aniq bo‘lishi
zarur.
Moliya-hisob xizmati, marketing xizmati tuplagan barcha talablar va shu
talablarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan texnika vositalarining bahosini xisoblab
chiqishlari zarur. Chunki texnika turlari va soni talab darajasidagi servis xizmatini
bajarilishidan tushadigan mablag‘ MTP ni me’yoriy faoliyat yuritishi uchun
etarlimi, etarli bo‘lmasa xizmat narxini qanchaga oshirish mumkin, shu bahoda
iste’molchilar MTP xizmatidan foydalanishga rozi bo‘ladimi, degan savollarga
javob berishi kerak. Shuningdek, moliya-hisob xizmati bankda o‘z hisob raqamini
ochishi, iste’molchilarning tulov qobiliyatlarini o‘rganishi va MTPning dastlabki
faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘lgan mablag manbaini ham aniqlashi kerak.
8
Ishlab chiqarish xizmati esa mavjud texnika bilan iste’molchilarning
talabnomalari asosida ko‘rsatilgan ish xajmini bajarishi kerak. Shuningdek, texnika
vositalari doimo ishga shay bo‘lib turishi va talab qilingan ish miqdorini qisqa
muddatda bajarib berishi zarur. bu nihoyatda muhim masala.
Agrotexnik tadbirning o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarilishi, iste’molchilar
orasida ishonchning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida,
kafolatlangan ish bilan ta’minlanish omili bo‘ladi. MTP tarkibida bu tizimni mayda
guruhlarga bo‘lish (jumladan, markaziy ustaxona, avtosaroy, ta’minot, saqlash,
xaydov, chopiq traktorlarining guruhi va xokazo) notug‘ri buladi. Bunday qilish
ortiqcha byurokratik holatni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish xizmatida
ishlayotgan har bir muxandis, ta’mirlovchi yoki mexanizator bir necha turdagi
ishlarni bajarishni, bir necha turdagi texnikada ishlashni bilishi kerak.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, qishloqda
texnika vositalaridan samarali foydalanish va agrotexservis xizmati tizimida
raqobatli muhitni vujudga keltirish maqsadida texnik servis-xizmat ko‘rsatuvchi
nodavlat mulk shaklidagi muqobil MTGT larni tuzish ob’ektiv zaruratga aylandi.
Ularning tashkiliy, xuquqiy asoslari nimalardan iborat ekanligi, ularni tashkil
etishda qanday muammolar mavjudligi va bularni qanday hal qilish masalalariga
alohida to‘xtalib o‘tish joizdir.
Muqobil MTP larning xuquqiy asoslari deganda, agroservis tizimidagi bu yangi
xo‘jalik sub’ektini tashkil etish va faoliyat turini belgilab berish deganda, shu
sohaga oid mavjud qonunlar. xukumat qarorlari va boshqa bir qator me’yoriy
xo‘jjatlarni tushunish lozim.
Tashkiliy tomondan bu korxonalar xissador (aksioner) jamiyatning, ya’ni
texnika ishlab chiqaruvchi zavodning ikkilamchi tuzilmasidir. Texnik markazlar u
yoki bu xududda mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning vakili
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli ularning vazifalariga: mashinalar,
uskunalar, ehtiyot qismlarni sotish, ularni sotishga tayyorlash, montaj qilish va
ishlatish, kafolat muddati davomida va undan keyingi TXK va ta’mirlash kabi
ishlar kiradi. Agrosanoat majmuidagi munosabatlarga mos xol, bu ayrim fermer,
9
qishloq xo‘jalik korxonalariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob- kitobni o‘z
vaqtida amalga oshira olmasligi, shuning uchun texnik markazlar iste’molchilar
bilan xisob-kitobda asosan kompensatsion va operativ lizing shakllaridan
foydalanishi kuzda tutiladi. texnika ijarasi va mexanizatsiya ishlarining bajarilishi
tug‘ridan-tug‘ri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shunday qilib, texnik
markazlar u yoki bu turdagi ishlar bajarish uchun mashinalar majmuini etkazib
beradi, ularni o‘z hisobidan neft mahsulotlari bilan ta’minlaydi, texnik servis-
xizmati ko‘rsatadi.
Texnik markazning texnika etkazib beruvchilar bilan muno- sabatlarini esa ikki
usulda, ya’ni shartnomaviy va korporativ usulda tashkil etish mumkin.
Birinchi usulda, texnika va uskunalar etkazib beruvchilar bilan lizing kelishuvi
yoki birgalikda faoliyat yuritish xaqida shartnoma tuziladi.
Ikkinchisida esa texnik markaz ikkilamchi buysunuvchi jamiyat bo‘lib qoladi.
Uning faoliyati aksionerlik jamiyat tomonidan tayinlangan ijrochi direktor va
direktorlar kengashiga saylangan vakillar tomonidan kuchli nazorat ostida bo‘ladi.
Bunday holda texnika va boshqa moddiy resurslar texnik markazlariga vaqtincha
saqlab turish uchun berilgan bo‘lib hisoblanadi. Bu usulda texnik markazlar
texnika ishlab chiqaruvchilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, mustaqil faoliyat ko‘rsatish
imkoniga ega emas, natijada bu iste’molchilar bilan oladigan munosaoatlarda
xizmat baholarining qat’iy o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Bir qator hollarda texnik
markazlar bilan birga dilerlik markazlarining munosabatlarida xizmat baholari
qat’iy o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Bular texnika ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ish va xizmat turlarini aynan dilerlik markazlari zimmasiga yuklatadi, chunki
texnik markazlardan farqli ularoq dilerlik faqat texnika va resurslar etkazib
beruvchi bilan emas, balki bir vaqtning o‘zida bir necha turli xil mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishlari mumkin. Dilerlik
markazlarining tashkil etilishini rivojlanishi servis-xizmati dajmining kengaytirishi
bilan birga texnika qismlar ta’minotini yaxshilashda ham muhim o‘rin tutishi
kerak. Muqobil MTP larning yana bir shakli, bu xususiy tartibda tashkil etilgan
MTP lardir. Bunday korxonalar bugungi kunda respublikamizda mavjud, bular
10
qatoriga Sirdaryo viloyati tumanlarida tashkil etilgan tuman MTP larini misol qilib
ko‘rsatish mumkin.
Muqobil MTP larning yana bir shakli, bu fermerlarning texnikadan birgalikda
foydalanish shirkatlaridir. Texnikadan foydalanishning bu usuli qushni
mamlakatlarda qo‘llanib, ijobiy natijalar bermoqda. Bu shirkatlar o‘zida
etishmagan texnika vositalarini maxsus tashkil etilgan ijara korxonalaridan olib,
qisqa mudsatli ijara shaklidan foydalanib, o‘zidagi mavjud va ijaraga olingan
asosiy
vositalardan
oqilona
foydalanmoqdalar.
Bu
tajribani
bizning
respublikamizda ham kullash mumkin.
Qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lgan texnik
xizmatlar tizimini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda,
shuning uchun hozirgi o‘tish davrida, moddiy-texnika resurslarini ko‘paytirish,
ularning narxlarini yil sayin mu’tadillashtirish lozim, o‘rtacha bir xo‘jalikka tug‘ri
keluvchi qiymat, qishloq xo‘jalik ekin maydonlarining o‘zgarib borishi sharoitida
tashkil etilayotgan turli mulk shaklidagi MTP larning asosiy vazifasi ham
korxonada mujassamlashgan texnika vositalaridan samarali foydalanish, TXK
tannarxini arzonlashtirish, shu bilan birga bajarilayotgan ishlar sifatini
yaxshilashga erishishdyr.
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday korxonalarda ishni tashkil etish
borasida tajribaning kamligi ishni an’anaviy yondashuv asosida tashkil etilishiga
sabab bo‘lmoqda.
|