• Nazorat savollari
  • 6-Ma’ruza. Gidrosfera va uni muhofaza qilish reja




    Download 18.5 Kb.
    Sana16.04.2024
    Hajmi18.5 Kb.
    #196863
    Bog'liq
    маьруза-6
    Terrorizm va aholi muhofazasi, 5-sinf informatika, int a, KURS ISHI. BEKZOD MURODOV. — копия, 1407843647 58634, 120-122, MTSHN-va-MET-3-k-5-sem-maxsus-sirtqi-ishchi, 3-seminar mashg‘ulot Mavzu O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asar, JVzWdbUTMVMRJloUbSbtJ12VgqXKyn4DYivJQhqB, M u n d a r I j a, Amaliy fanlar, Tabiiy fanlar, Toplam-2-1, Нейротехнология асослари, OarjhKqYURTNotk6cmQH1RWDK8u8cdRPqOguYugF (1)

    6-Ma’ruza. GIDROSFERA VA UNI MUHOFAZA QILISH
    Reja:

    1. Gidrosferaga haqida tushuncha.

    2. Suvni jonli organizmlar xayotidagi axamiyati.

    3. O’zbekistonda gidrosferani muhofaza qilish

    Suv muhiti gidrosferadan iborat bo‘lib, Er yuzidagi hamma erkin suvlarni tashkil qiladi va shu suvlar Er qobig‘idagi minerallar bilai fizikaviy va kimyoviy jihatdan bog‘langandir. Gidrosferaga dunyo okeanlaridan tashqari daryolar, ko‘llar, dengizlar, er osti suvlari, suv omborlari kiradi. Gidrosferani harakatga keltiruvchi kuch, bu suvning tabiatda almashinib turishidir. Gidrosfera o‘z navbatida litosfera, atmosfera va biosfera bilan juda yaqindan bog‘langandir. Masalan, biosferaning asosiy elementlari bo‘lmish o‘simlik va hayvonlar bilan gid rosferaning munosabatlari juda murakkabdir. Tirik organizmlar massasining asosiy qismini suv tashkil qiladi, lekin, organizmlarda suvning mikdori gidrosferadagi suv miqdoriga qaraganda juda ham kamdir. Tirik organizmlar massasining 3/4 qismi suvdan iborat. Biosfera bilan gidrosfera o‘rtasida doim suv almashib turadi.


    Gidrosfera Er yuzining 71% ga yaqin maydonini egallagan. Gidrosferaning umumiy miqdori 1370 mln. km3 bo‘lib, Er sharining 1/800 hajmini tashkil etadi. Gidrosfera umumiy hajmining 98% dengiz va okeanlar, 1,24% qutblardagi muzliklar, daryo va ko‘llar suvlari tashkil qilsa, 0,45 foizi boshqa suv havzalarida to‘plangan. Bu ko‘rsatkichlarni boshqacha qilib aytganda gidrosferaning umumiy hajmi 1,4 mlrd.km3, shundan 1,37 mlrd. km3 dunyo okeanlarida to‘plangan bo‘lib, bu hajm boshqa hamma suvlardan 15 barobar ortiqdir
    Er qobig‘ining yuqorigi qismida kimyoviy bog‘langan suv bo‘lib, uning mikdori 60 mln. km3 ga teng. Suv muz holida 500 m qalinlikda va undan ham chuqurlikda uchraydi. Bug‘larning hajmi suvga chaqib hisob qilganda 14 ming km3 ni tashkil qiladi.
    Er yuzida suv eng ko’p tarqalgan modda bulsa-da, ularning 98 foiz zaxirasini dengizlarning sho‘r suvlari tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos (qolgan suvlar esa er qutblari va baland-baland tog cho‘qqilarida muzliklar va qor tarzida mavjuddir)
    Suvdan tejamkorlik bilan foydalana olmaslik takomillashmagan texnologiyaga ham bogliq. Masalan, 1 t sintetik tola olishda 500 m3 oqova suv hosil bo‘ladi. 1 t mahsulot tayyor bo‘lgunicha sarflanadigan jami suv 15-20 ming m3 ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda sanoatning qator tarmoqlarida yopiq suv almashinish sxemasi ishlab chiqilgan va qisman yo‘lga qo‘yilgan. Bu suvni tozalashning mahalliy usulidir. Bunday hollar suv iste’moli me’yorini ancha pasaytirishi va ayrim hollarda esa, suv havzalariga umuman oqova suvini chiqarmaslik imkoniyatini yaratadi.
    Suv ona sayyoramizda eng ko‘p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz erda hayot yo‘q. Suv - Erdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosintezda yagona kislorod manbaidir. U ob-havo va iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
    CHuchuk suvlarning ifloslanishi tufayli ularning zaxiralari ham kamaymoqda. Ayniqsa, zaharli oqar suvlar xavflidir
    ‘‘CHuchuk suv zahirasi global iqtisodiyotning og‘riqli muammosiga aylangach Londonga vabo qaytishi, afrikaliklarning ommaviy migratsiyasi natijasida esa Evropada tartibsizliklar ro‘y berishi, Xitoy iqtisodiyoti 2015 yilga kelib inqirozga yuz tutishi mumkin…’’
    2030 yilda sayyoramizning 47% aholisi suv tanqisligi muammosiga duch kelishadi. Birgina Afrikaning o‘zida 2020 yilga kelib iqlimdagi o‘zgarishlar tufayli 250 millionga yaqin inson shu muammo girdobida qolishi taxmin qilinmoqda. Hozirda suv tanqisligi Afrikaning katta qismi, YAqin SHarq, Janubiy va Janubi SHarqiy Osiyoni o‘z girdobiga tortmoqda. Hatto hududida yirik daryolar bo‘lishiga qaramay Xitoy va Hindiston aholisi ham suv etishmasligini his etmoqda. Ayniqsa, Xitoyning sharqiy qismida suvsizlik muammosi avj olgan. Bu erdagi 600 ta yirik shaharlarning 550 tasida chuchuk suv zaxirasi kundan kunga ozayib boryapti…
    So‘nggi 40 yil ichida dunyodagi har bir kishi boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 60 foizga kamaygan. YAqin 25 yil ichida yana 2 barobarga kamayishi taxmin qilinmoqda.Global suv tanqisligi natijasida tartibsizliklar, ommaviy migratsiya va iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishi mumkin
    Xitoyda millionlab odamlar uchun ichimlik suvi yuk tashuvchi mashinalarda etkazib berilmoqda, chunki bu mamlakatdagi ariq va quduqlarda suv allaqachon qurib qolgan...
    Vodoprovodning mavjud emasligi, tozalik qoidalariga rioya etilmaslik natijasida Er yuzidagi millionlab insonlar sog‘ligi xavf ostida qolmoqda.
    Er yuzidagi 6 milliard aholining 1,2 milliard nafari toza ichimlik suviga muhtoj. 2,3 milliard nafari esa antisanitariya holatidagi suvdan foydalanmoqda.
    Hozirda mamlakatimizda 77 ta chuchuk er osti ichimlik suv manbalari mavjud va ularning umumiy zaxirasi 57,6 mln. metr/kubni tashkil etadi. Ushbu chuchuk suv zaxiralarini muhofazalash borasida davlat siyosati darajasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
    Suvni jonli organizmlar xayotidagi axamiyati. Suv manbalarini ifloslanishi.
    Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida yog‘in ko‘p yog‘ib, 1200 mm gacha etadi, uning yil fasllari bo‘ylab taqsimlanishi ham mavjud. SHu sa­babli bu hududlarda 7 mingga yaqin o‘simlik turlari o‘sgan bir paytda quruq va yozi issiq bo‘lgan cho‘l zonalarida esa atigi 800 ga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. O‘simliklarning tuproq va havo namligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra ular kserofitlar, mezofitlar, gigrofitlar va gidrofitlarga bo‘linadi.
    Kserofitlar. Dasht va cho‘llarda o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarga kserofitlar deyiladi. Kserofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra po‘sti qalinlashgan, barg mezofilida palisad paren­xima yaxshi rivojlangan, barg tomirlari zich joylashgan, bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi. Ildizning osmotik bosimi yuqori bo‘lib, ba’zida 100 atmosferagacha etadi. Ildizlari erga chuqur ketadi. CHunonchi, ildiz yantoqda 18 m, beda va qora saksovulda 16-18 m gacha bo­radi.
    Kserofitlarga shuvoq, erman-shuvoq, izen, oq saksovul, qora saksovul, juzg‘un, pista, teresken, kamforosma va shu kabilar kiradi.
    Kserofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyi­ladi. Bu o‘simlik organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi ri­vojlangan bo‘lib, ularda suv zahirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar, agavalar kiradi.
    Kserofitlar jumlasiga Markaziy Osiyo cho‘l zonasidagi sho‘rhok er­larda o‘sadigan sho‘raklar ham misol bo‘la oladi. Bunday o‘simliklarga danasho‘r, seta, xaridondon, sarsazan va qizil sho‘rani misol qilish mum­kin. Ular galofitlar deb ataladi.
    Mezofitlar. Nami etarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar xujay­ra­laridagi osmotik bosim kserofitlarga qaraganda pastroq, ya’ni 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi. Mezofitlarga ko‘pchilik daraxt va aksari eki­ladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun, tarvuz, po­midor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali o‘simliklar kiradi. Bu xil o‘sim­liklarning ildizi uncha chuqur ketmaydi, lekin u kuchli tar­moqlanib, tu­proq orasida katta hajmni egallab oladi.
    Gigrofitlar. Namlik ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda o‘rmonlar orasida o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ular­ning barglari odatda yirik, kutikulasiz va tuksiz bo‘ladi. Barg yuzasi­dagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular bargning ham ostki, ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari erga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 8-12 atmosfe­rani tash­kil etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi gigrofitlarga misol bo‘ladi.
    Gidrofitlar. Suvga botib o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning or­ganlarida mexanik to‘qima deyarli rivojlanmaydi, aerenximasi esa kuchli rivojlangan ularda kislorod to‘planadi. Bu o‘simliklarning suv yuzasida qolgan barglarning faqatgina ustki epedermisida og‘izchalar joylashadi. Ostki suvga tegib turgan tomonida og‘izchalar bo‘lmaydi. Barglarda kutikula qavati deyarli rivojlanmaydi. O‘simlik butun or­ganlari yuzasi bilan suvni shimib olishi mumkin. SHu sababli bu xil o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar ildiz tuklari ham yaxshi o‘smagan, il­dizning suv va mineral tuzlarni shimish qobiliyati ham past. Barg mezo­fili bulutsimon va palisad parenximalarga ajralmagan bo‘lib, faqatgina bir xil bulutsimon to‘qimadan tashkil topgan. Bu to‘qimaning hujayralararo bo‘shliqlari katta bo‘lib, ularda havo to‘planadi. Gidro­fitlarga barcha suv o‘tlari, gulli o‘simliklardan chi­lim yoki suv yonog‘i (Trapa natans), suv grechixasi (Polygonum amphilium), vallesneriya (Vallesneria), elodea (Elodeae) va shu kabilar misol bo‘la oladi.
    Keyingi paytlarda suv xavzalariga insektitsidlar, pestitsidlar, detergentlar, fenollar, uglevodlar, oksilli fermentlar, aminokislotalar, karbon kislotalar va vitaminlar tashlab yuboriladi. Bularning barchasi tirik organizmlarga salbiy ta’sir kiladi. Organik birikmalar bilan ifloslantirishning uziga xos kurinishlaridan biri ularning suv yuzasida yupka pardalar xosil qilishdir.
    Neft maxsulotlari bilan ifloslanish xam sodir bulsada ularning avariyaga uchragan neft tankerlaridan ochik dengizlarga chikib ketishi atrof-muxitga katta xavf tugdiradi. SHuningdek sintetik yuvish vositalari va pestitsidlarning xam suv xavzalariga chikib ketishi yul kuyib bulmaydigan xollardandir.
    CHunki ularning ichida shunday birikmalar xam borki, uzok vakt saklanib ta’sir qilish xususiyatiga ega buladi. Bizning vazifamiz esa shunday xollarga yul kuymaslik va tabiatni kelajak avlodga kanday bulsa shundayligicha etkazishdir.


    Nazorat savollari:



    1. Suvning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz?

    2. Kaysi joylar reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega buladi?

    3. Suv xavzalari metallar bilan ifloslanishi mumkinmi?

    4. Gazlarning suvga yutilishi nimalarga bog’liq buladi?

    5. Organik birikmalarga misollar keltiring?

    6. Suvning kanday zaxiralarini bilasiz?

    Download 18.5 Kb.




    Download 18.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Ma’ruza. Gidrosfera va uni muhofaza qilish reja

    Download 18.5 Kb.