5-Modul: Litosfera va undagi muammolar.
5.1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi.
reja:
5.1.1 Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli;
5.1.2 Tuproq eroziyasi, uning turlari (tabiiy va sun’iy eroziya, suv va shamol
eroziyasi) va unga qarshi kurash yo‘llari. Yer usti ekotizimlarining degradatsiyasi;
5.1.3 Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Аtrof-muhit Сhiqindilarining
sinflanishi, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy prinsiplari;
5.1.4 Sanoatda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar va ularni qayta ishlash,
utilizatsiya qilish yo‘llari.
5
.1.1. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli:
Litosfera xaqida tushuncha. Litosfera (litos-tosh,
sfera-shar, qobiq) de- ganda yerning
30-80 km. qalinlikdagi qattiq qobigʹi tushuniladi.
Jamiyat rivojlanadigan asos – Yer poʹstida, mikroorganizmlar 3-5 km chuqurlik-
kacha uchraydi. Yer usti va yer osti hozirda faol oʹzlashtirilgan.
Hozirda litosferada yer
osti qazilmalari 10 km.gacha boʹlgan chuqurliklardan olinishi mumkin. XXI asrga kelib
insoniyat litosferaga mislsiz taʹsir koʹrsatmoqda. Shaharlar ostida yer osti shaharlari
bunyod
qilingan, chiqindixonalar, omborxonalar mavjuddir.
Yer ostida yadro quroli
sinovlari oʹtkaziladi.
Yer resurslari insonlar hayotida hal qiluvchi rol oʹynaydi. Yer–insonlar bevosita
yashaydigan asos, qishloq hoʹjalik mahsulotlari yetishtiriladigan zamin hisoblanadi.
Quruqlikning umumiy maydoni 148000 mln.ga ni tashkil qiladi. Shundan 4060
mln.ga 28%) ni oʹrmonlar, 2600 mln.ga (17%) ni oʹtloq
va yaylovlar, 1450 mln.ga
(10%) haydaladigan yerlar va 6690 mln.ga (45%)ni– choʹl, chala choʹllar, muzliklar,
shahar, qishloqlar yerlari va boshqa maqsadda foydalanadigan yerlardir (XI.1.1 -rasm).
Yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar–mavjud yerlar
hududining 10%ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,4 ga dan toʹgʹri keladi.