• Shuni alohida taʹkidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish uchun bir qator chora-tadbirlar mavjud.
  • jala natijasida vujudga kelgan oqim boʹlib, u tuproqni yuvishdan tashqari, oʹz yoʹlida




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/11
    Sana02.11.2023
    Hajmi0.71 Mb.
    #93130
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx
    2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
    jala natijasida vujudga kelgan oqim boʹlib, u tuproqni yuvishdan tashqari, oʹz yoʹlida 
    uchragan barcha narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va boshqalar)ni uzoq yerlarga 
    olib ketadi va nihoyatda koʹp yerlarni ishdan chiqaradi. 
    Maʹlumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyoda 1872-1967 yillar davomida 2917 
    marotaba, Oʹzbekistonda esa, 1969 marotaba sel boʹlgan. Ular xalq xoʹjaligiga katta 
    iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zarar etkazgan. Masalan, 1921 yilda hozirgi Almati shahri 
    yaqinida kuchli sel boʹlib, suv oqimining qalinligi ikki qavatli binoga teng, tezligi 5 m/s 
    boʹlgan va 4 soat davomida shaharga 1800 ming m3 loyqa, tosh-shagʹallarni keltirgan. 
    Natijada fojiali hodisalar yuz bergan, 1963 yil 7 iyulda Talgar vodiysida boʹlib oʹtgan sel 
    natijasida Almati shahridan 60 km uzoqlikda joylashgan Esik koʹli yoʹq boʹlib ketgan. 
    Tuproq eroziyasining yana bir turi (Qulash) – irrgasiya eroziyasidir. Bu dehqonchilik 
    qilinadigan nishab yerlarni notoʹgʹri sugʹorishidan koʹproq sodir boʹladi, bunda kichik 
    jarliklar vujudga kelib, tuproq suv taʹsirida yuviladi. Masalan, Toshkent viloyatining 
    baʹzi-bir xoʹjaliklarida irrigasiya eroziyasi tufayli har bir gektar yerdan oʹrtacha 100 t 
    tuproq yuvilib ketmoqda. Buning oqibatida yil davomida har gektar yerdan 100 kg azot 
    va 115 kg fosfor yuvilib ketmoqda. 
    Shuni alohida taʹkidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish uchun bir 
    qator chora-tadbirlar mavjud. 
    1. Past-balandliklardan iborat boʹlgan yerlarda koʹp yillik ekinlar ekish, bogʹdorchilik 
    va uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qiyaligi 5-10° tashkil 
    yetadigan yerlarning yon bagʹirlari (fatsiyalar) koʹndalang haydalsa, yogʹingarchilik 
    suvlari joʹyaklar hosil qila olmaydi. Yerning qiyaligi 10-15° tik boʹlgan yerlarda koʹp 
    yillik yem-xashak oʹsimliklari ekish yoki pushtalar olib mevali daraxtlar va tokzorlar 
    barpo qilish respublikamiz miqyosida keng koʹlamda amalga oshirilmoqda. 
     
    2. Yoʹllar qurilishi paytida yogʹingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yoʹl boʹylab 
    ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Suv havzalari, 
    toʹgʹonlar, kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq olingan handaklarii tekislab, 
    daraxtzorlar barpo etish kerak. Masllan, Samarqand viloyati Pastdargʹom tumanida kichik 
    jar va soylarni tekislash hisobiga 200 gektar yangi yerlar ochib xoʹjalik hisobiga 
    oʹtkazilgan. 
     
    3. Qirgʹoqlarni yuvadigan daryo boʹylarida damba va koʹtarmalar oʹrnatish, 
    jarliklarga suv tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez yuviladigal tuproqli 
    joylarda ariq oʹrniga temir-beton lotoklar oʹrnatish, jarlarda va soyliklarda suv oqimini 


    toʹsuvchi toʹgʹonlar qurish, selga qarshi kurashish uchun quruq hovuzlar (Selhonalar) va 
    suv omborlari barpo etish, zinapoyasimon ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega.


    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    jala natijasida vujudga kelgan oqim boʹlib, u tuproqni yuvishdan tashqari, oʹz yoʹlida

    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish