Tuproqning shamol taʹsirida eroziyaga uchrashishi 2 turga boʹlinadi




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana02.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#93130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
Tuproqning shamol taʹsirida eroziyaga uchrashishi 2 turga boʹlinadi: 
1. Maxalliy yoki har kunli eroziya. 
2. Chang-boʹronli eroziya. 
Maxalliy eroziya natijasida shamolga roʹʹara erlar sekin-asta emriladi. Maʹlum vaqt 
oʹtgandan keyin oʹsha joylardagi tuproq kam unumli boʹlib qoladi. 
Mahalliy eroziya, oʹz navbatida, 2 qismga boʹlinadi: 
1. Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning yuqori qatlamini eroziyaga uchrashishi. 
2. Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga uchrashishi. 
Agar shamol kuchli boʹlsa, quyun-uyurma vujudga kelib, nuragan zarrachalarni ancha 
balandlikka koʹtaradi va bu hodisa mahalliy shamol taʹsirida tuproqning yuqori eroziyasi 
deyiladi. 
Mahalliy shamol taʹsirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga uchrashishi paytida 
esa, nuragan jinslar faqat 1,5 m balandlikka koʹtariladi, xolos. 
Chang-boʹronlar natijasida vujudga keladigan eroziya kuchli shamol taʹsirida sodir 
boʹladi chang-toʹzon zarrachalarni havoga koʹtarib, havo tarkibini oʹzgartirib, 
qorongʹilashtirib yuboradi. Bunday eroziya turi har 3-5 yilda yoki 10-20 yilda 
takrorlanishi mumkin. 
Chang-boʹron taʹsirida vujudga kelgan eroziya tufayli 1-2 sutka davomida tuproqning 
1-2 sm va hatto 5-25 sm qalinlikdagi ustki unumdor qatlami oʹchib kyetadi. 


Maʹlumotlarga qaraganda, faqat 1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda chang-
boʹronlar taʹsirida 2,5 mln gektar yerdagi ekinlar zarar koʹrgan. Chang-boʹron taʹsiridagi 
eroziya Shimoliy Amerikada, Osiyoda va Avstraliyada tez-tez sodir boʹladi. Markaziy 
Osiyo miitaqasida eroziya tufayli qumlar koʹchirilib, barxanlar vujudga keladi, unumdor 
vodiylarga qum bostirib kirishi hodisalari boʹlib turadi. Shuning uchun qadim davrlarda 
nihoyatda obod boʹlgan Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryodagi sugʹorilgal erlarning 
maʹlum bir qismi qumlar ostida qolib ketgan. 

Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning shamol taʹsirida eroziyaga uchrashishi 2 turga boʹlinadi

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish