5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana02.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#93130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
Yer yuzasining ustki gʹovak, 
unumdor qatlami Tuproq -deyiladi.
Tuproqning paydo boʹlishiga Ona jins–
Togʹ jinsi xisoblanadi. Tuproqlarning 
tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli 
gʹoyat beqiyosdir. Tuproq biosferadagi 
moddalarning aylanma harakatida asosiy 
rol oʹynaydi. Tuproq organizmlar uchun 
hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, 
moddalarning kichik biologik va katta 
geologik aylanma harakatida muhim rol 
oʹynaydi. 
Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon 
komponentlardan iborat boʹlib, iqlim, togʹ 
jinslari, 
oʹsimliklar 
va 
hayvonlar, 
mikroorganizmlarning oʹzaro murakkab 
taʹsiri natijasida hosil boʹladi. 1 gramm 
tuproqda 
milliondan 
ortiq 
sodda 
hayvonlar va tuban oʹsimliklar uchraydi 


Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuproq tarixiy tarkib topgan 
murakkab, mustaqil tabiiy jism boʹlib, oʹzgaruvchan dinamik hosiladir.
Yer yuzi turli qobiqlari oʹrtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy 
landshaftlarning asosi hisoblanadi. 
-Tuproqni biosferadagi bajaradigan faoliyatiga qarab organik hayot zanjirining eng 
muhim xalqasi –deb yuritsa boʹladi.
-Tuproqda u yoki bu mikroelementlar yetishmasligi yoki ortiqchaligi, organizmlarning 
rivojlanishi va insonning sogʹligʹiga bevosita taʹsir koʹrsatadi; 
-Tuproq kasallik tarqatadigan;
-Koʹplab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi.
Tuproqda sil, vabo, oʹlat, ich-terlama va boshqa kasalliklarning qoʹzgʹatuvchilari
boʹlishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha 
organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi. 
Typroq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib boʹlmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin 
oshib ketgan. Inson oʹzi uchun zarur boʹlgan barcha oziq mahsulotlari va koʹplab boshqa 
vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq 
qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli oʹzgargan. Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. 
gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili 
sayyoramizdagi qishloq xoʹjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni shoʹr bosishi, yemirilishi 
natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson taʹsirining kuchayishi sugʹo- 
iladigan dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan bogʹliq.
Yer 
yuzi 
tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda kishilik jamiyatining faoliyati bilan 
belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy taʹsir koʹrsatadi. Inson tuproqlarning 
hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga 
shahar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob 
bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yoʹq qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, yemirilishi 
mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab 
marta tezroq amalga oshmoqda. 
Oʹzingizga maʹlumki, Oʹlkamizda iyun oyining oʹrtalariga borib, dalalarimizda pishib 
yetilgan gʹallani oʹrib-yigʹib olish ishlari avj pallasiga kiradi. Boshoqli don ekinlaridan 
boʹshagan yerlarni takroriy ekin ekishga tayyorlash ishlari boshlanadi. Odatda, don 
Sahar va qishloq 
hududidagi va boshqa 
45% 
Haydaladigan yerlar 
10% 
O’tloq va 
yaylovlar
17% 
O’rmonlar
28% 
14.1.1-rasm. Dunyo yer fondi. 


ekinlaridan boʹshagan maydonlar gʹalla qoldiqlaridan tozalanib, keyin shudgor qilinishi 
kerak. Lekin koʹp hollarda osongina yoʹli, uni yoqib yuborish holatlari (14.1.3-rasm) 
uchramoqda. Masalan, Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
boshqarmasining, Atmosfera havosini nazorat va muhofaza qilish ins- pektsiyasi 
xodimlari oʹtkazgan reyd natijasiga koʹra, Guliston tumani ―Istiqlol‖ SIU (suv 
isteʹmolchilari uyushmasi) hududidagi ―Qodir‖ fermer xoʹjaligining gʹalladan boʹshagan 
1.8 gektar maydondagi somon poyalari qoldiqlari oʹt qoʹyib-yoqib yuborilganligi 
aniqlanib, mazkur holat yuzasidan xoʹjalik rahbari A. Qodirqulovga nisbatan Oʹzbekiston 
Respublikasining ―Maʹmuriy javobgarlik toʹgʹrisida‖gi Kodeksning 88-moddasi 3-qismi 
boʹyicha jazo qoʹllanilib, 748875 soʹm miqdorda jarima undirib olingan1. 

Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish