Shamol taʹsirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning samarali




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana02.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#93130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, 14labor-sanepidkom-sangig-uz, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
Shamol taʹsirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning samarali 
yoʹllari. Ular quyidagilardan iborat: 
-Shamolga qarshi ihota daraxtzorlari barʹo etish; 
-Turli xil oʹsimliklar ekib shamol yoʹliga toʹsiq (kulis) hosil qilish; 
-Yerlarni almashlab ekish; 
-Yerlarni chuqur haydash
-Tuproqni oʹgʹitlab, tizimini yaxshilash. 
Ihota daraxtlari shamol kuchini pasaytiradi, tuproqda namlikni saqlaydi, yerlarni qum 
bosishdan saqlaydi. Masalan, Quyi Zarafshon vohasiga Qizilqumning bostirib kirishining 
toʹxtatish maqsadida uzunligi 120 km, eni 2-3 km boʹlgan Buxoro yashil ixota 
daraxtzorlari barapo etilgan. Oʹzbekiston sharoitida balandligi 6-8 m boʹlgan ixota 
daraxtzorlari 60-80 m dan 200-250 m gacha erlarni eroziyadan saqlaydi. Natijada shu 
joydagi paxtaning hosildorliga eroziyaga uchragan yerdagi paxtalarga nisbatan 2 marta 
oshgan. 
Qozogʹistonda bugʹdoyzorlarni, Oʹzbekistonda esa, bugʹdoy, sholi va paxtazorlarni 
eroziyadan himoya qilishda kulis usulidan keng foydalanilmoqda. 
Kulis – asosiy ekinlar orasida kengligi 2-4 m qilib baland poyali oʹsimliklar 
(makkajoʹxori, kungaboqar va boshqalar)ni ekib, shamolni toʹsuvchi toʹsiqlar barpo 
etishdir. 
Almashlab ekish tufayli tuproq tarkibida chirindilar va azot miqdori, qolaversa, yer 
unumdorligi oshadi. 
Oʹzbekietonda paxta dalalari bedapoya bilan har 3 yilda almashlanib turiladi. Natijada 
paxta hosildorligi 39%ga ortgan. Eroziyaga uchragan tuproqlarda beda ekib, 3 yildan 
sung chigit ekkanda, paxta hosildorligi har gektar yerdan 5 s ga ortgan. 
Qumoq va qum tuproqli yerlarda eroziyaga yoʹl qoʹymaslik maqsadida koʹp yillik 
ekinlar ekib, bir dala bilan ikkinchi dala oʹrtasida boʹsh yer qoldirish yoki shamolning 
yoʹnalishiga koʹndalang ravishda agʹdarib haydash yaxshi natija beradi. 
Tuproqning shamol taʹsirida eroziyaga uchrashishi oldini olishning yana bir samarali 
usuli tuproq tizimini yaxshilashdir. Buning uchun suvda eruvchan polimerlardan 
foydalaniladi. Polimer eritmasini koʹchma qumlar ustiga sepganda, qum zarrachalari 
oʹzaro yopishib qoladi, natijada qum koʹchishi oldi olinadi. 

Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shamol taʹsirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning samarali

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish