• Maruza mavzusi: AORTA RAVOGI TARMOKLARINING OKKLYuZION KASALLIKLARI Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun Toshkent – 201 5
  • «TASDIQLAYMAN»
  • Toshkent – 201 5 Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari O‘QUV TeXNOLOGIYaSI
  • MARUZANING TeXNOLOGIK KARTASI
  • Maruzaning tarbiyaviy maksadi
  • Maruzada kuriladigan masalalar
  • Maruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratila­digan vakt
  • Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar
  • Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklarini urganish dolzarbligi
  • Anatomik-fiziologik xususiyatlar
  • Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari
  • Etiologiyasi va patogenezi.
  • Adabietlar
  • Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2,61 Mb.
    bet1/10
    Sana10.04.2017
    Hajmi2,61 Mb.
    #4420
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    DAVOLASH FAKULTETI

    FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI


    «TASDIQLAYMAN»

    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

    professor Teshaev O.R.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    ____________________

    «27» avgust 2015 у.
    Ma'ruza mavzusi:

    AORTA RAVOGI TARMOKLARINING OKKLYuZION KASALLIKLARI
    Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun
    Toshkent – 2015

    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    DAVOLASH FAKULTETI

    FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



    «TASDIQLAYMAN»

    Davolash fakulteti dekani

    professor Zufarov P.S.

    ____________________

    «27» avgust 2015 у.


    Ma'ruza mavzusi:
    AORTA RAVOGI TARMOKLARINING OKKLYuZION KASALLIKLARI
    Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun

    Jarroxlik UMK yig‘inida

    ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan

    protokol № 1



    «27» avgust 2015 у. dan

    Toshkent – 2015
    Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari

    O‘QUV TeXNOLOGIYaSI

    Talabalar soni – 60-120.

    Davomiyligi – 90 minut.

    O‘quv mashg‘uloti shakli

    Ma'ruza – vizualizatsiya.

    Ma'ruza rejasi

    1. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari xakida tushuncha.

    2. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari tasnifi.

    3. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari sabablari.

    4. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari klinik manzarasi.

    5. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari tashxis kuyishi.

    6. Davolash usullari: jarroxlik va endovaskulyar.

    7. Xirurgik amaliyotda uchragan misollar demonstratsiyasi (bemorlar, slaydlar, angiogrammalar).

    Ma'ruza maqsadi: talabalarni aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari, amaliyotlardan keyingi kelib chikadigan asoratalar va sabablar, uning rivojlanishi, klinik kelib chikishi va asoratlari, kiyosiy tashxislash, tekshiruvlar va davolash usullari bilan tanishtirish.

    O‘qituvchining vazifalari:

    • Ushbu kasallikning klinikasi va kechish xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mus-tahkamlash va yanada chuqurlash-tirish.

    • Boshqa kasalliklar bilan differensial tashxis o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.

    • Talabalarda kasallikni o‘z vaqtida erta aniqlash va xavfli asoratlar rivojlani-shidan avval bemorlarni ixtisoslashtirilgan muassa-salarga yuborish ko‘nikmalari-ni shakllantirish.

    • Talabalarda reabilitatsion chora-tadbirlarni buyurishda asosli qarorlarni mustaqil qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

      Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.



    • Kasallikning yangi davolash usullari va oldini olish chora-tadbirlari tamoyillari bilan talabalarni tanishtirish.

    O‘quv faoliyati natijalari:

    Talaba bilishi lozim:

    1. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari tushunchasi, kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillari.

    2. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari diagnostikasi.

    3. Differensial diagnostika o‘tkazish xususiyatlari.

    4. Xirurgik davolash tamoyillari.

    5. Reabilitatsiya va profilaktika o‘tkazish tamoyillari.

    O‘quv metodlari va texnikasi

    Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.

    O‘quv vositalari

    Lazer proektor, vizual materiallar, informatsion ta'minot.

    O‘quv shakllari

    Kollektiv bilan ishlash.

    O‘quv sharoitlari

    TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.


    MA'RUZANING TeXNOLOGIK KARTASI


    Bosqichlar, davomiyligi

    Faoliyat

    O‘qituvchi

    Talabalar

    1 bosqich

    Kirish


    (5 minut)

    1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi

    1. Tinglaydilar.

    2 bosqich

    Bilimlar aktualizatsiyasi

    (20 minut)


    2.1. Talabalar bilimlarini aktualizatsiya qilish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni berish:

    1.Qaysi arteriyalar bosh miyani qon bilan ta'minlaydi?

    2. Ateroskleroz tushunchasi?

    3. Villiziev halqasi nima?

    4. Insult tushunchasi?

    Blits-so‘rov o‘tkazadi.

    2.2. Ma'ruzaning maqsadini ekranga chiqaradi va u bilan tanishib chiqishni so‘raydi. Slayd №1ni ta'riflaydi.

    2.3. Slayd №2ni ekranga chiqaradi.



    2.1. Savollarga javob beradilar.

    2.2.Slayd №1da ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.


    2.3. Slayd №2da ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.

    3bosqich

    Informatsion

    (55 minut)


    3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘nal-tiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi:

    Rejadagi 1-savol bo‘yicha: Ateroskleroz tushunchasiga ta'rif bering?

    Rejadagi 3-savol bo‘yicha: Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari rivojlanishi xavf omillarini ayting.

    Rejadagi 4-savol bo‘yicha: Ishemik insultning asosiy klinik belgilarini ayting.

    Rejadagi 5-savol bo‘yicha: Qanday turdagi kontrast preparatlarni bilasiz?

    Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.



    3.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.

    Asosiylarini yozib oladilar.



    4 bosiq

    Yakuniy


    (10 minut)

    4.1. Savollar beradi:

    1. Surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligini klinik belgilarini ayting.

    2. Still sindrom – bu nima?

    3. Klassik karotid endarter-ektomiya eversion usuldan qanday farq qiladi?

    4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi:

    Nospetsifik aortoarteriit.



    4.1. Savollarga javob beradilar.

    4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar.




    Mavzuni asoslash: Xozirgi zamon angiologiyasi o‘z ta'sirini kardiologiya, terapiya, gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir qator muammolariga yo‘naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma'lum bo‘lmagan yangi kasalliklari - nospetsifik aorta-arteriit va fibroz displaziya diagnostika qilinyapti va o‘rganilyapti.

    Ma'ruza maksadi: talabalarga aorta ravogi va uning arteriyalari okklyuzion kasalliklari, rivojlanish sabablari, kechishini uziga xosligi, asorati, qiyosiy tashxislash, davolashning samarador usullar, amaliyotdan keyingi parvarish qilish ni tushuntirish.

    Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: ma'ruza talabada bilimni oshirishni yordam beradi, tashxis quyishga o‘rgatadi. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari etiologiyasini, patogenezini, jarroxlik asoratini uz vaktida oldini olishga imkon beruvchi choralarni qo‘llashni va ularni rivojlantirishga imkon beradi.

    Ma'ruzada kuriladigan masalalar: Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari bo‘yicha tushuntirish berish, uning etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullarini yoritish

    Ma'ruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratila­digan vakt::

    1. Mavzuini asoslash - 5 min

    2. Aorta ravogi tarmoklarining bo‘yicha qisqacha anatomo-fiziologik ma'lumotlar, tekshirish usullari - 15 min

    3. Tasnifi - 5 min

    4. Surunkali bosh miya kon aylanish yetishmovchiligi va boskichlari - 15 min.

    5. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari differensial diagnostikasi - 25 min

    6. Davolash usullari - 25 min


    Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

    1. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari kelib chikish sabablari nimada?

    2. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari etiologiyasi va uchrashi.

    3. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari patogenezi va boskichlari.

    4. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari klassifikatsiya.

    5. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari klinikasi.

    6. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklari diagnostikasi.


    Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklarini urganish dolzarbligi

    Xozirgi zamon angiologiyasi o‘z ta'sirini kardiologiya, terapiya, gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir qator muammolariga yo‘naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma'lum bo‘lmagan yangi kasalliklari - nospetsifik aorta-arteriit va fibroz displaziya diagnostika qilinyapti va o‘rganilyapti.



    Anatomik-fiziologik xususiyatlar

    Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta'siri xozir g‘oyatta katta va undan go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo etadi.

    Bemorlarni tekshirish metodlarini yoritishdan oldin arterial sistemaning ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz, nospetsifik aorta-arteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan endarteriit.

    Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi, kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir.

    Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G. F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xoleste­rin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga o‘tadi.

    Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalar­ning himoya sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi.

    Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan.

    Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) - xalq. [[Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), jumladan, [[Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln.

    Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.

    Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan.

    Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig‘lanish xodisalari yuz beradi.

    Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari

    Takayasu sindromi degan nom ostida braxeotsefal arteriyalarni toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya hamda qo‘llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar guruxi birlashtiriladi.

    Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh ayollarda ko‘z tursimon pardasi arteriyasining zararlanishi va qo‘lda puls yo‘qligi bilan ta'riflanadigan tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu sindrom kashfiyotchi sharafiga Takayasu deb ataldi. Bu patologiya adabiyotda boshqa nomlar bilan ham yuritiladi, ulardan eng keng tarqalgani «aorta ravog‘i sindromi», «puls yo‘qligi kasalligi», «Martorelle sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo‘jayrali arteriit», «Takayasu sindromi» va boshqalardir.

    Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va prognozining yomonligi, miya insultiga va davolash usullariga oid qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan uning klinik ahamiyati yetarlicha muximdir. Ishemik insult paydo bo‘ladigan bemorlarning taxminan yarmida bosh miyani ta'minlaydigan kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda zararlanishlar bo‘ladi. Aterosklerozda bosh miyaning ishemik zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi stenozi sababli emas, balki serebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan mikroemboliyasi natijasida ham rivojlanadi.



    Etiologiyasi va patogenezi. Braxeotsefal arteriyalar tutilib qolishni keltirib chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo‘linishi mumkin:

    1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari:

    - ateroskleroz;

    - nospetsifik aorta-arteriit;

    - obliteratsiyalovchi trombangit;

    - chakka arteriiti.

    2. Aorta ravog‘i anevrizmalari braxeotsefal arteriyalarning ikkilamchi torayishi bilan:

    - aterosklerotik;

    - zaxmli;

    - qatlamlanadigan anevrizmalar.

    3. Aorta ravog‘i tarmoklarining rivojlanish nuksonlari:

    - arteriyalarning ratologshik egri-bugriligi, ogizning surilish nuksonlari;

    - arteriyalarning patologik egri-bugriligi, kovuzloklar xosil kilish va angulyasiyasi;

    - aorta ravog‘i tarmoklari nuksonlari.

    4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik sindromning eng ko‘p sababchisi xisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3 qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxeotsefalik arteriyalarning zararlanishi bo‘ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko‘proq zararlanadi. Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan tashqaridagi bo‘limlarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5 marta ko‘proq uchraydi.

    Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang‘ich segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy xisoblanadi. Ikkala uyqu arteriyasi bir xilda ko‘p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o‘mrov osti arteriyalari ham qo‘shiladi, bunda chap arteriyasi o‘ng arteriyasiga nisbatan 3 baravar ko‘proq zararla­nadi.Ko‘pincha bemorlarda aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari aniqlanadi.

    Nospetsifik aorta-arteriit braxeotsefal tomirlar zararlanishining sabablari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Aorta-arteriit uchun stenozlangan qismning birmuncha uzunligi xos. Aorta-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanish­lari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat 30-40 yoshdagi odamlar, ko‘proq ayollar (4:1) kasallanadilar.

    Braxeotsefal tomirlarning normal o‘tkazuvchanligini buzadigan uchinchi sabab - ekstravazal kompressiya xisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og‘zi surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskuldan bosilganda (umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo‘ylab qon oqimi kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi bo‘yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o‘smalar tomonidan bosilganda ro‘y berishi mumkin.

    Braxeotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o‘tkazuvchanlik buzilishi sodir bo‘lishi bilan ta'riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o‘tish kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Klinikasi. Bu kasallikning klinik belgilari muayyan arteriyadagi okklyuziyaning joylashuviga va xarakteriga, izdan chiqqan magistral qon oqimining kompensatsiyasi bosqichiga bog‘liq. Kasallikning patologik jarayonning topikasini va xarakterini aks ettiradigan klinik formalari (simp-tomlari) davolash usulini tanlashga imkon beradigan diagnozning zamonaviy turi xisoblanadi.

    1. O‘mrov ostita ta'luqli simptom - asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin o‘mrov osti arteriyasining eng distal qismidagi okklyuziya. Takayasu sindromida o‘mrov osti arteriyasi bo‘ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda zarar ko‘radi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko‘pchilik bemorlarda o‘mrov osti sindromining etiologik omili arteriit, qolgan hollarda ekstravazal omillar, qo‘shimcha bo‘yin qovurg‘alari va oldingi zina poyasimon mushak sindromi hisoblanadi. Bu sindromnish moxiyati qo‘l ishemiyasidir. Ishemiya darajasi kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan bosqich qo‘l panjasi va bilakda ikkinchi - distal blok bo‘lganda uchaydi, xolos.

    2. Umurtqa sindromi - umurtqa arteriyasining ekstravazal bo‘limida qon oqimining buzilishi va shu sababli miya tomirlarida yetishmovchilik paydo bo‘lishidir. Umurtqa sindromi alohida ko‘rinishda qariyb 17% hollarda uchraydi. Umurtqa arteriyasining ekstrakranial bo‘limida qon oqimi buzilishi uchta satxda - og‘zi- soxasida, suyak kanalida, kalla suyagiga kirishdagi gorizontal qismda ro‘y berishi mumkin.

    Qon oqimi buzilishiga ateroskleroz(70%), ekstra­vazal omillar va rivojlanish nuqsonlari sabab bo‘lishi mumkin.

    Sindromning klinik belgilari bosh miya yarimsharlarining stvoli, ensa bo‘laklari va ichki miya ishemiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

    3. O‘mrov osti-umurtqa sindromi. O‘mrov osti arteriyasi bloki shunday joylashadiki, qon oqimidan o‘mrov osti arteriyasi ham, umurtqa arteriyasi ham ajralib qoladi. Ana shunga o‘mrov osti-umurtqa sindromi deyiladi.

    Umurtqa arteriyasida qon oqimining aynishi sodir bo‘ladi - qon oqimi miyadan qo‘lga teskari yo‘nalishda oqadi, chunki o‘mrov osti arteriyasi sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past bo‘ladi. Bu fenome! adabiyotda «subclavian steal syndrome»- o‘mrov ostida qon o‘g‘irlanish sindromi degan nom olgan bo‘lib, uni 1960 yild; Contorni birinchi marta tasvirlagan. yelka kamari va ko‘l ishemiyasining klinik ko‘rinishi bu soxalarda kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va still-sindrom hisobiga odatda og‘ir bo‘lmaydi. Bemorlar ish vaqtida qo‘llarining tez toliqib qolishidan, ularning uvishishi va sovqotishidan, barmoqlar va panjaning muzday bo‘lishidan noliydilar, qo‘l muskullari atrofiyaga uchraydi, qo‘lda og‘riq bo‘ladi. Still-sindrom rivojlanishi vertebrobazillyar sistemada qon aylanishi yetishmovchiligiga olib keladi, bu umrov osti-umurtqa sindromida ustunlik qiladigan belgi hisoblanadi.

    4. Uyqu arteriyalari sindromi - shu tomirlar proksimal bo‘limlarida qon oqimining buzilishidir. Umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiya sohasida undan pastki qismga nisbatan ko‘proq zararlanadi. Ichki uyqu arte-riyasini stenozga yoki okklyuziyaga olib keladigan asosiy etiologik omil ateroskleroz sanaladi. Uyqu arte­riyasi sindromining klinikasi bosh miya katta yarimsharlari va ko‘z soqqalari ishemiyasi bilan belgilanadi. Be-morlar bosh og‘rishi, bosh aylanishi, xotira pasayishi, zararlangan tomonda ko‘z ko‘rmay qolishi, ba'zan xushdan ketishdan shikoyat qiladilar.

    5. Nomsiz arteriya sindromi - nomsiz arteriyada qon aylanishining buzilishi. Bu o‘zining turli-tuman klinik manzarasiga ko‘ra braxiotsefal arteriyalar patologiyasidir. U go‘yo bundan oldingi hamma sindromlarni o‘ziga jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq qiladi. Nomsiz arteriya sindromi­ning ko‘rinishi bosh miyaning karotid tipi bo‘yicha hamda vertebrobazillyar tip bo‘yicha ishemiyasidan, o‘ng qo‘ldagi arterial yetishmovchilik va o‘ng ko‘z ko‘ruv qobiliyati buzilishidan tashkil topadi. Kollateral qon aylanishining katta imkoniyatlariga qaramay, nomsiz stvol okklyuziyasi g‘oyat xavfli ofat - patologiya sanaladi va serebral buzilishlar bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-kechmi yuz beradi.

    6. Qo‘shma formalari - aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari bir-biri bilan turlicha qo‘shilib kelib, 17-18% xollarda uchraydi (I. A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning dastlabki aloxida ko‘pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu guruxda kasallikning eng uzoq davomliligi 4-5 yil bo‘lishi bejiz emas.

    Klinik ko‘rinishlari har bir ayrim holda g‘oyat o‘ziga xos va zararlangan arteriyalar soniga hamda okklyuziya darajasiga bog‘liq. Umurtqa va karotid sindromlarning karotid va umrov osti-umurtqa sindromlarining birga kelishi kuzatiladi. Nihoyat, hamma ma'lum sindromlar birga uchrashi mumkin. A. V. Pokrovskiy miyada qon aylanishi buzilishining quyidagi guruxlarini tafovut qiladi:

    1. Simptomsiz okklyuziyalar -23,6%.

    2. Miya qon aylanishining tranzitor ishemiya xurujlari bilan o‘tadigan ko‘chma buzilishlari -40,5%.

    3. Xronik tomir-miya yetishmovchiligi -11%.

    4. Ishemik insultlar va ularning qoldik hodisalari-25%.

    Diagnostikasi. Takayasu sindromi bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig‘indisini shartli ravishda uchta bosqichga bo‘lish mumkin:

    I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: surab-surishtirish va kasallikning anamnezini yig‘ish, bemorni ko‘zdan kechirish, aorta ravog‘i tarmoqlarining holatini, shuningdek yuza joylashgan magistral arteriyalarni palpator va auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo‘l va ikkala oyoqda aniqlanadi.

    II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi:

    - laboratoriya tekshirish usullari;

    - funksional tekshirish usullari;

    - nefrologik tekshirish;

    - oftalmologik tekshirish;

    - otonevrologik tekshirish;

    - rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya).

    III. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi: aorta ravog‘i braxeotsefal tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya.

    Braxeotsefal arteriyalari zararlangan bemorlar uchun nevrologik, oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir. Ko‘zdan kechirish to‘g‘ri diagnoz qo‘yish uchun xech qanday yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olmaydi. Paypaslab ko‘rish chakka, uyqu, yelka va bilak arteriyalaridagi pulsatsiyaning o‘zgarishlarini aniqlab beradi. Umumiy uyqu va nomsiz arteriyalar okklyuziyasida zararlangan tomondagi na uyqu, na chakka arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi okklyuziyasida va uning stenozida bifurkatsiya soxasida chakka arteriyasining pulsatsiyasi (urib turishi) xatto kuchaygan bo‘lishi extimol, chunki butun qon oqimi tashqi uyqu arteriyasiga yo‘naladi. Arterial bosimni o‘lchashni hamma qo‘l va oyoqlarda olib borish kerak. O‘mrov osti arteriyasi zararlanganda sistolik arterial bosim simob ustuni xisobida 80-90 mm gacha, puls bosimi simob ustupi xisobida 19-30 mm gacha pasayadi. Auskultatsiya braxeotsefal tomirlar kasalliklarining birlamchi diagnostikasida asosiy ahamiyat kasb etadi. Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag‘ burchagidagi sistolik shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi.

    Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    a) qon elementlari (o‘rtacha gipoxrom kamqonlik, o‘rtracha leykotsitoz, ROE - eritrotsitlarning cho‘kish tezligi tezlashgan);

    b) plazma oksillari (gipoalbuminemiya, globulin fraksiyalari, shuningdek fibrinogen oshishi);

    v) immunologik reaksiyalar (musbat aktinuklear omil, Vasserman soxta musbat reaksiyasi).

    Funksional tekshirish usullari. O‘mrov osti arteriya­si okklyuziyasida reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to‘lqinlari xarakteri va qo‘lning xajmiy sfigmogrammalari hamavaqt bor. Uyqu va nomsiz arteriyalar zararlanganini diagnostika qilishda uyqu va yuza chakka arteriyalarini sfigmografiya qilish katta yordam beradi. Okklyuziyada egri chizik to‘lqinlari pasayadi va shakli o‘zgaradi.

    Reoensefalografiya katta yordam beradi, u uyqu arteri­yasi bir tomonlama zararlanganda miya qon ta'minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini aniqlaydi, hamma braxeotsefal tarmoqlar okklyuziyasida esa hamma usullarda reogramma to‘lqinlarining keskin pasayishini qayd qiladi. Braxeotsefal tomirlarning birlamchi diagnostikasida infraqizil spektrdagi termog­rafiya qo‘llaniladi. 0,6°S dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi.

    So‘nggi yillarda qon oqimini ultratovush bilan tek­shirish usullari keng tarqaldi. Ultratovushli datchik Doppler effekti prinsipida faqat arteriya pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo‘nalishi va tezli-gini ham aniqlasa bo‘ladi.

    Nevrologik tekshirishlar. Bosh miya ishemiyasinish nevrologik alomatlari qaysi tomir xavzasi zarar ko‘rganiga, arteriyaning okklyuziya darajasi va rivojlanii sur'atiga, shuningdek, kollateral qon aylanishining kanchalik muvofiqligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan miya qon aylanishi yetishmovchiligini karotid, vertebrobazillyar va birga uchraydigan karotid-bazillyar tipi bo‘yicha farq qilish zarur. Nevrologik simptomatikaning o‘zi esa intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo‘lishi mumkin.

    Bosh og‘rig‘i - bosimning magistral arteriyalari okklyuziyasi bo‘lgan bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan bemorlarning 80 foizida bo‘ladi. Og‘riq aksariyat chakka soxasida, ba'zan boshning u yoki bu yarmida yoki tutash bo‘ladi.

    Bosh aylanishi uchrashi jixatidan ikkinchi nevrologik simptom, bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat funksiyasi buzilishi va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo‘yicha quyida joylashgan bo‘limlari bilan alovasiga borliq. Qisqa muddatga xushdan ketish hodisasi kam deganda 5% hollarda uchraydi, ular, aftidan, bosh miya tursimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

    Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o‘zak qobiq osti tugunlari og‘ir va uzoq muddatga ishemiya bo‘lgan bemorlarda uchraydi.

    Talvasalar va epilepsiyasimon tutqanoqlar ahyon-ahyonda kuzatiladi. Bu holatlarning tabiati aniqlanmagan.

    Po‘stloqqa taalluqli ko‘rish qobiliyati buzilishlari. Bu guruxga bosh miya yarimsharlarida, asosan ensa bo‘laklarida qon aylanishi yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan ko‘rishning turli-tuman buzilishlari kiradi. Ko‘rishning bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi.

    Harakat buzilishlari - kasallikning eng ravshan va og‘ir belgilaridan xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar bu formasining umumiy protsenti 13,3% ni tashkil etadi (A. V. Pokrovskiy bo‘yicha). Nutq buzilishlari bemor­larning deyarli 11 foizida uchraydi. Ular ishemik uchoqda joylashuvi bo‘yicha turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ladi.

    Nistagm - birmuncha ko‘p uchraydigan nevrologik simptomlardan biri xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina kuzati­ladi. Ko‘z harakatining buzilishlari nistagm singari uch­raydi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Unda ko‘z soqqalari harakati o‘zgaradi, konvergensiya va akkomodatsiya reaksiyalari buziladi.

    Miyachadan bo‘ladigan simptomlar - asinergiya, dizmetriya, mushaklar distoniyasi bemorlarning taxminan 8 foi­zida uchraydi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan).Yutish va fonatsiyaning buzilishlari (disfagiya, dizart­riya) 6-7% xollarda kuzatiladi. Sezuvchanlikning buzilishlari parez bo‘lgan tomonda bemorlarning 15 foizida kuzatiladi.

    Vegetativ buzilishlar - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, bradikardiya, ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi.

    Aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika butun ko‘ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan foydalaniladi:

    Periferik ko‘ruv retseptori holatini o‘rganish - oftalmoskopiya - ko‘ruv nervi o‘tkirligini tekshirish kuyidagi testlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

    - ko‘rish o‘tkirligi;

    - perimetriya (ko‘ruv maydonini aniqlash);

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    - rangli perimetriya;

    - yorug‘lik sezuvchanlikni aniqlash;

    - to‘r parda markaziy arteriyasini bosish;

    - oftalmotonus va ko‘z ichidagi suyukliq almashinuvi.

    Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    - LOR organlarini ko‘zdan kechirish;

    - eshituv, vestibulyar, ta'm bilish, hid bilish funksiyasini aniqlash;

    - maxsus usullar (audiometriya);

    - maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taal­luqli ayrim sinamalar).

    Otonevrologik simptomatika lor organlari va ularning funksiyalari ta'm, hid bilish, otokinetik retsep­siya) holatini aks ettirib, boshning xronik ishemiyasi sharoitlarida va aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuzion za-rarlanishining umumiy somatikasida muhim o‘rin egallaydi.

    Braxeotsefal tarmoqlari zararlangan bemorlarni tek­shirish vaqtida boshqa tomir xavzalarining birgalikda zararlanish simptomlariga (toj arteriyalar, qorin aortasining visseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur.

    Tekshirishning rentgen kontrast usullari. Hozirgi vaqtda braxeotsefal arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo‘llanadi:

    1. Kateterizatsion ko‘krak aortografiyasi. Aortaning hamma bo‘limlari, jumladan uning ravog‘ini ham kateterlash 1953 yilda shved olimi Saldinger taklif qilgan metodika bo‘yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti.

    2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog‘ida kateter borligi uni aortaning tarmoqlaridan biri og‘ziga kiritib, so‘ngra uni kontrastlash, ya'ni selektiv arteriografiya qilishga imkon beradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, selektiv aortoarteriografiya uchun ko‘rsatmalar chegaralangan va quyidagi hollardagina o‘tkazilishi mumkin

    - braxeotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida;

    - bosh magistral arteriyalari intrakranial bo‘limlarining zararlanganiga shubxa qilinganda, bu uning oxirgi tarmoqlarini ham ko‘zdan kechirishni talab etadi.

    Tekshirishning supraaortal usullari:

    - karotid arteriografiya odatda uyqu arteriyasida okklyuziya borligiga shubxa qilinganda qo‘llaniladi, asosan uning kalla suyagi ichi tarmoqlarini aniqlash maksad kilib olinadi;

    - umrov osti arteriografiyasi umrov osti va umurtqa arteriyasini, o‘ng tomondan qo‘llanilganda ko‘shimcha ravishda uyqu arteriyasini kontrastlash imkonini beradi;

    - qo‘ltik arteriografiyasi so‘nggi vaqtlarda o‘mrov osti arteriografiyasini siqib chiqara boshladi, chunki qo‘ltik arteriyasini punksiya qilish texnikasi oson, shuningdek arteriyaga Seldinger metodikasi bo‘yicha kateter kiritish imkoniyati yaxshidir.

    Rentgen kontrast tekshirishdan keyingina braxeosefal tomirlarning klinik zararlanishlarini aniqlash va xirurgik taktika to‘g‘risidagi masalani hal qilish mumkinligini qayd qilib o‘tmok darkor.

    Davolash. Operatsiyaga ko‘rsatmalar:

    1. Nomsiz arteriyaning umurtqa, umrov osti-umurtqa karotid sindromida kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichida ateroskleroz va arteriit zaminida segmentar okklyuziyasi.

    2. Ekstravazal zararlanishlar, patologik egri-bugrilik va nuqsonlarning hamma klinik formalarida kompensasiya va subkompensatsiya bosqichida.

    3. Og‘riq sindromi bo‘lgan aniq, yuzaga chiqqan qo‘l ishemiyasida va trofik buzilishlari bo‘lgan o‘mrov osti sindromida.

    4. Qo‘shma (kombinatsiya qilingan) formalarida, kompensatsiyalangan va subkompensatsiyalangan bosqichlarida bosh magistral arteriyalaridan birida qon oqimini yaxshilash uchun.

    Operatsiya qilishga monelik qiladigan hollar:

    1. Kasallikning angiospastik formalari.

    2. Kompensatsiyalangan bosqichdagi o‘mrov osti sindromi qo‘l ishemiyasining aniq yuzaga chiqqan belgilari bo‘lmaganda.

    3. Kasallikning dekompensatsiyalangan bosqichlari.

    4. Inkurabel holat.

    Braxiotsefal arteriyalarning okklyuzion zararlanishlarida operatsiyani tanlash:

    1. Uyqu, umurtqa, o‘mrov osti va nomsiz arteriyalaridagi stenozlar, trombozlar va patologik egri-bugriliklardagi rekonstruktiv operatsiyalar:

    - arteriyaning zararlangan qismini anastomoz bilan oxiridan-oxiriga rezeksiya yoki nuqsonni alloprotez bilan almashtirish;

    - endarterektomiya va alloplastika bilan yoki busiz;

    - yuqoriga ko‘tariladigan aortadan o‘mrov osti, uyqu, nomsiz arteriyalarga alloprotez bilan chetlab o‘tib (aylanib) shuntlash;

    - arteriyalarni, jumladan ekstratorakal arteriyalarni bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish operatsiyalari.

    2. Ekstravazal kompressiyani bartaraf qiladigan operatsiyalar:

    - qovurg‘a rezeksiyasi (buyin qovurg‘asi yoki yuqorida joylashgan I qovurg‘a);

    - skalenotomiya va o‘mrov osti va kichik ko‘krak mushagini qirqish;

    - arterioliz.

    3. Simpatik va adrenal sistemalardagi operatsiyalar:

    - yuqori buyin simpatektomiyasi (C1- S2).

    - stoellektomiya (S7),

    - ko‘krak simpatektomiyasi (D2- D3),

    - periarterial simpatektomiya,

    - epinefrektomiya (bir yoki ikki tomonlama).

    Takayasu sindromida muvaffaqiyatli chiqqan birinchi rekonstruktiv operatsiyani - ichki uyqu arteriyasidan endarterektomiyani 1953 yilda De Beki o‘tkazgan. Bajarilgan operatsiyaning ko‘rinishi mavjud patologiyaga bog‘liq A. V. Pokrovskiy fikricha, ichki uyqu arteriyasining keskin stenozida yoki okklyuziyasida tashqi arteriya tarmoqlari orqali qon oqimi bosh miyani qon bilan ta'minlash uchun amaliy ahamiyatga ega. Umumiy uyqu arteriyalari nospetsifik aorta-arterii bilan zararlanganda tanlanadigan operatsiya rezeksiya qilib protezlashdir. Ikkala uyqu arteriyasi okklyuzion zararlanganda bir vaqtning o‘zida bifurkatsiyani protezlashi bajarish mumkin.

    Braxiotsefal tomirlardagi rekonstrukti operatsiyalardan keyin o‘lim darajasi operatsiyaga ko‘rsatmalarning to‘g‘ri aniqlanganiga, aralashuv lokalizatsiyasining, xirurg tajribasiga bog‘liq va 1 dan 4% gacha hollarni tashkil etadi.

    A.V. Pokrovskiyning ma'lumotlariga ko‘ra yelka-bog‘ stvoli rekonstruksiyasida qon oqimini hamma bemorlarda tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ayni va qtda o‘mrov ost arteriyasi rekonstruksiyasida bemorlarning faqat 86 foizida u foydali bo‘ldi. Tiklovchi operatsiyalarnin turlari orasida eng ta'sirchani protezlash bo‘ldi (bemorlarning 94 foizida qon oqimi tiklandi), vaxolanki endarterektomiya 87%, shuntlash 82% bemorlarda muvaffaqiyatli chiqqan. O‘sha ma'lumotlar bo‘yicha rekonstruktiv operatsiyalar natijalari bilan braxiotsefal arteriyalarning zararlanish etiologiyasi o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjud: aterosklerozda qon oqimi 93% bemorlardg aorta-arteriitda esa faqat 77% bemorlarda tiklangan (A. V. Pokrovskiy, 1980). Yana shu olimning ma'lumotlariga binoan yil mobaynida yaxshi natijalar 92,9% bemorlarda olingan, keyingi 5 yil mobaynida u kam miqdorda pasaygan. Operatsiyadan keyin 10 yil o‘tgach yaxshi natijalar 77,7% hollarda saqlanib qoladi. 14 yil o‘tgandan keyin esa yashab ketgan hamma odamlarnin 72,2% da saqdanib qolgan.

    Bemorlarni miya qon aylanishi darajasiga bog‘liq holda bosqichma- bosqich reabilitatsiya qilinadi. Davolash fizkulturasi, massaj, dori-darmonlar bilan davolash mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga imkon beradi.



    Adabietlar

    I. Asosiy:

    1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

    Toshkent Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

    3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

    4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

    5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

    6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

    7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

    8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

    9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva.

    Moskva Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.

    Praktika 1998

    10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

    11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
    II. Kushimcha:

    12. Klinicheskaya angiologiya Pod redaksii Pokrovskogo A.V.

    13. Serdechno-sosudistaya xirurgiya pod redaksii Bokeriya

    14. Merta Dj. «Spravochnik vracha obщey praktiki», Moskva. 1998 g.



    15. «Klinicheskaya xirurgiya». Perevod s angliyskogo yazыka. Moskva, 1998.

    16. Adresa v Internete po teme leksii: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su
    Download 2,61 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2,61 Mb.