• Adabietlar
  • II. Kushimcha
  • Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2.61 Mb.
    bet10/10
    Sana10.04.2017
    Hajmi2.61 Mb.
    #4420
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Davolash. Operatsiyaga ko‘rsatmalar:

    1. Nomsiz arteriyaning umurtqa, umrov osti-umurtqa karotid sindromida kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichida ateroskleroz va arteriit zaminida segmentar okklyuziyasi.

    2. Ekstravazal zararlanishlar, patologik egri-bugrilik va nuqsonlarning hamma klinik formalarida kompensasiya va subkompensatsiya bosqichida.

    3. Og‘riq sindromi bo‘lgan aniq, yuzaga chiqqan qo‘l ishemiyasida va trofik buzilishlari bo‘lgan o‘mrov osti sindromida.

    4. Qo‘shma (kombinatsiya qilingan) formalarida, kompensatsiyalangan va subkompensatsiyalangan bosqichlarida bosh magistral arteriyalaridan birida qon oqimini yaxshilash uchun.

    Operatsiya qilishga monelik qiladigan hollar:

    1. Kasallikning angiospastik formalari.

    2. Kompensatsiyalangan bosqichdagi o‘mrov osti sindromi qo‘l ishemiyasining aniq yuzaga chiqqan belgilari bo‘lmaganda.

    3. Kasallikning dekompensatsiyalangan bosqichlari.

    4. Inkurabel holat.

    Braxiotsefal arteriyalarning okklyuzion zararlanishlarida operatsiyani tanlash:

    1. Uyqu, umurtqa, o‘mrov osti va nomsiz arteriyalaridagi stenozlar, trombozlar va patologik egri-bugriliklardagi rekonstruktiv operatsiyalar:

    - arteriyaning zararlangan qismini anastomoz bilan oxiridan-oxiriga rezeksiya yoki nuqsonni alloprotez bilan almashtirish;

    - endarterektomiya va alloplastika bilan yoki busiz;

    - yuqoriga ko‘tariladigan aortadan o‘mrov osti, uyqu, nomsiz arteriyalarga alloprotez bilan chetlab o‘tib (aylanib) shuntlash;

    - arteriyalarni, jumladan ekstratorakal arteriyalarni bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish operatsiyalari.

    2. Ekstravazal kompressiyani bartaraf qiladigan operatsiyalar:

    - qovurg‘a rezeksiyasi (buyin qovurg‘asi yoki yuqorida joylashgan I qovurg‘a);

    - skalenotomiya va o‘mrov osti va kichik ko‘krak mushagini qirqish;

    - arterioliz.

    3. Simpatik va adrenal sistemalardagi operatsiyalar:

    - yuqori buyin simpatektomiyasi (C1- S2).

    - stoellektomiya (S7),

    - ko‘krak simpatektomiyasi (D2- D3),

    - periarterial simpatektomiya,

    - epinefrektomiya (bir yoki ikki tomonlama).

    Takayasu sindromida muvaffaqiyatli chiqqan birinchi rekonstruktiv operatsiyani - ichki uyqu arteriyasidan endarterektomiyani 1953 yilda De Beki o‘tkazgan. Bajarilgan operatsiyaning ko‘rinishi mavjud patologiyaga bog‘liq A. V. Pokrovskiy fikricha, ichki uyqu arteriyasining keskin stenozida yoki okklyuziyasida tashqi arteriya tarmoqlari orqali qon oqimi bosh miyani qon bilan ta'minlash uchun amaliy ahamiyatga ega. Umumiy uyqu arteriyalari nospetsifik aorta-arterii bilan zararlanganda tanlanadigan operatsiya rezeksiya qilib protezlashdir. Ikkala uyqu arteriyasi okklyuzion zararlanganda bir vaqtning o‘zida bifurkatsiyani protezlashi bajarish mumkin.

    Braxiotsefal tomirlardagi rekonstrukti operatsiyalardan keyin o‘lim darajasi operatsiyaga ko‘rsatmalarning to‘g‘ri aniqlanganiga, aralashuv lokalizatsiyasining, xirurg tajribasiga bog‘liq va 1 dan 4% gacha hollarni tashkil etadi.

    A.V. Pokrovskiyning ma'lumotlariga ko‘ra yelka-bog‘ stvoli rekonstruksiyasida qon oqimini hamma bemorlarda tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ayni va qtda o‘mrov ost arteriyasi rekonstruksiyasida bemorlarning faqat 86 foizida u foydali bo‘ldi. Tiklovchi operatsiyalarnin turlari orasida eng ta'sirchani protezlash bo‘ldi (bemorlarning 94 foizida qon oqimi tiklandi), vaxolanki endarterektomiya 87%, shuntlash 82% bemorlarda muvaffaqiyatli chiqqan. O‘sha ma'lumotlar bo‘yicha rekonstruktiv operatsiyalar natijalari bilan braxiotsefal arteriyalarning zararlanish etiologiyasi o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjud: aterosklerozda qon oqimi 93% bemorlardg aorta-arteriitda esa faqat 77% bemorlarda tiklangan (A. V. Pokrovskiy, 1980). Yana shu olimning ma'lumotlariga binoan yil mobaynida yaxshi natijalar 92,9% bemorlarda olingan, keyingi 5 yil mobaynida u kam miqdorda pasaygan. Operatsiyadan keyin 10 yil o‘tgach yaxshi natijalar 77,7% hollarda saqlanib qoladi. 14 yil o‘tgandan keyin esa yashab ketgan hamma odamlarnin 72,2% da saqdanib qolgan.

    Bemorlarni miya qon aylanishi darajasiga bog‘liq holda bosqichma- bosqich reabilitatsiya qilinadi. Davolash fizkulturasi, massaj, dori-darmonlar bilan davolash mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga imkon beradi.



    Adabietlar

    I. Asosiy:

    1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

    2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

    3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

    4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

    5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

    6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

    7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

    8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

    9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

    10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

    11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
    II. Kushimcha:

    12. Klinicheskaya angiologiya Pod redaksii Pokrovskogo A.V.

    13. Serdechno-sosudistaya xirurgiya pod redaksii Bokeriya

    14. Merta Dj. «Spravochnik vracha obщey praktiki», Moskva. 1998 g.



    15. «Klinicheskaya xirurgiya». Perevod s angliyskogo yazыka. Moskva, 1998.

    16. Adresa v Internete po teme leksii: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su

    Download 2.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2.61 Mb.