Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari




Download 2.61 Mb.
bet6/10
Sana10.04.2017
Hajmi2.61 Mb.
#4420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari

Takayasu sindromi degan nom ostida braxeotsefal arteriyalarni toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya hamda qo‘llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar guruxi birlashtiriladi.

Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh ayollarda ko‘z tursimon pardasi arteriyasining zararlanishi va qo‘lda puls yo‘qligi bilan ta'riflanadigan tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu sindrom kashfiyotchi sharafiga Takayasu deb ataldi. Bu patologiya adabiyotda boshqa nomlar bilan ham yuritiladi, ulardan eng keng tarqalgani «aorta ravog‘i sindromi», «puls yo‘qligi kasalligi», «Martorelle sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo‘jayrali arteriit», «Takayasu sindromi» va boshqalardir.

Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va prognozining yomonligi, miya insultiga va davolash usullariga oid qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan uning klinik ahamiyati yetarlicha muximdir. Ishemik insult paydo bo‘ladigan bemorlarning taxminan yarmida bosh miyani ta'minlaydigan kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda zararlanishlar bo‘ladi. Aterosklerozda bosh miyaning ishemik zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi stenozi sababli emas, balki serebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan mikroemboliyasi natijasida ham rivojlanadi.





Download 2.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari

Download 2.61 Mb.