Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.61 Mb.
bet8/10
Sana10.04.2017
Hajmi2.61 Mb.
#4420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Klinikasi. Bu kasallikning klinik belgilari muayyan arteriyadagi okklyuziyaning joylashuviga va xarakteriga, izdan chiqqan magistral qon oqimining kompensatsiyasi bosqichiga bog‘liq. Kasallikning patologik jarayonning topikasini va xarakterini aks ettiradigan klinik formalari (simp-tomlari) davolash usulini tanlashga imkon beradigan diagnozning zamonaviy turi xisoblanadi.

1. O‘mrov ostita ta'luqli simptom - asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin o‘mrov osti arteriyasining eng distal qismidagi okklyuziya. Takayasu sindromida o‘mrov osti arteriyasi bo‘ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda zarar ko‘radi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko‘pchilik bemorlarda o‘mrov osti sindromining etiologik omili arteriit, qolgan hollarda ekstravazal omillar, qo‘shimcha bo‘yin qovurg‘alari va oldingi zina poyasimon mushak sindromi hisoblanadi. Bu sindromnish moxiyati qo‘l ishemiyasidir. Ishemiya darajasi kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan bosqich qo‘l panjasi va bilakda ikkinchi - distal blok bo‘lganda uchaydi, xolos.

2. Umurtqa sindromi - umurtqa arteriyasining ekstravazal bo‘limida qon oqimining buzilishi va shu sababli miya tomirlarida yetishmovchilik paydo bo‘lishidir. Umurtqa sindromi alohida ko‘rinishda qariyb 17% hollarda uchraydi. Umurtqa arteriyasining ekstrakranial bo‘limida qon oqimi buzilishi uchta satxda - og‘zi- soxasida, suyak kanalida, kalla suyagiga kirishdagi gorizontal qismda ro‘y berishi mumkin.

Qon oqimi buzilishiga ateroskleroz(70%), ekstra­vazal omillar va rivojlanish nuqsonlari sabab bo‘lishi mumkin.

Sindromning klinik belgilari bosh miya yarimsharlarining stvoli, ensa bo‘laklari va ichki miya ishemiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

3. O‘mrov osti-umurtqa sindromi. O‘mrov osti arteriyasi bloki shunday joylashadiki, qon oqimidan o‘mrov osti arteriyasi ham, umurtqa arteriyasi ham ajralib qoladi. Ana shunga o‘mrov osti-umurtqa sindromi deyiladi.

Umurtqa arteriyasida qon oqimining aynishi sodir bo‘ladi - qon oqimi miyadan qo‘lga teskari yo‘nalishda oqadi, chunki o‘mrov osti arteriyasi sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past bo‘ladi. Bu fenome! adabiyotda «subclavian steal syndrome»- o‘mrov ostida qon o‘g‘irlanish sindromi degan nom olgan bo‘lib, uni 1960 yild; Contorni birinchi marta tasvirlagan. yelka kamari va ko‘l ishemiyasining klinik ko‘rinishi bu soxalarda kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va still-sindrom hisobiga odatda og‘ir bo‘lmaydi. Bemorlar ish vaqtida qo‘llarining tez toliqib qolishidan, ularning uvishishi va sovqotishidan, barmoqlar va panjaning muzday bo‘lishidan noliydilar, qo‘l muskullari atrofiyaga uchraydi, qo‘lda og‘riq bo‘ladi. Still-sindrom rivojlanishi vertebrobazillyar sistemada qon aylanishi yetishmovchiligiga olib keladi, bu umrov osti-umurtqa sindromida ustunlik qiladigan belgi hisoblanadi.

4. Uyqu arteriyalari sindromi - shu tomirlar proksimal bo‘limlarida qon oqimining buzilishidir. Umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiya sohasida undan pastki qismga nisbatan ko‘proq zararlanadi. Ichki uyqu arte-riyasini stenozga yoki okklyuziyaga olib keladigan asosiy etiologik omil ateroskleroz sanaladi. Uyqu arte­riyasi sindromining klinikasi bosh miya katta yarimsharlari va ko‘z soqqalari ishemiyasi bilan belgilanadi. Be-morlar bosh og‘rishi, bosh aylanishi, xotira pasayishi, zararlangan tomonda ko‘z ko‘rmay qolishi, ba'zan xushdan ketishdan shikoyat qiladilar.

5. Nomsiz arteriya sindromi - nomsiz arteriyada qon aylanishining buzilishi. Bu o‘zining turli-tuman klinik manzarasiga ko‘ra braxiotsefal arteriyalar patologiyasidir. U go‘yo bundan oldingi hamma sindromlarni o‘ziga jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq qiladi. Nomsiz arteriya sindromi­ning ko‘rinishi bosh miyaning karotid tipi bo‘yicha hamda vertebrobazillyar tip bo‘yicha ishemiyasidan, o‘ng qo‘ldagi arterial yetishmovchilik va o‘ng ko‘z ko‘ruv qobiliyati buzilishidan tashkil topadi. Kollateral qon aylanishining katta imkoniyatlariga qaramay, nomsiz stvol okklyuziyasi g‘oyat xavfli ofat - patologiya sanaladi va serebral buzilishlar bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-kechmi yuz beradi.

6. Qo‘shma formalari - aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari bir-biri bilan turlicha qo‘shilib kelib, 17-18% xollarda uchraydi (I. A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning dastlabki aloxida ko‘pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu guruxda kasallikning eng uzoq davomliligi 4-5 yil bo‘lishi bejiz emas.

Klinik ko‘rinishlari har bir ayrim holda g‘oyat o‘ziga xos va zararlangan arteriyalar soniga hamda okklyuziya darajasiga bog‘liq. Umurtqa va karotid sindromlarning karotid va umrov osti-umurtqa sindromlarining birga kelishi kuzatiladi. Nihoyat, hamma ma'lum sindromlar birga uchrashi mumkin. A. V. Pokrovskiy miyada qon aylanishi buzilishining quyidagi guruxlarini tafovut qiladi:

1. Simptomsiz okklyuziyalar -23,6%.

2. Miya qon aylanishining tranzitor ishemiya xurujlari bilan o‘tadigan ko‘chma buzilishlari -40,5%.

3. Xronik tomir-miya yetishmovchiligi -11%.

4. Ishemik insultlar va ularning qoldik hodisalari-25%.



Download 2.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.61 Mb.