Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.61 Mb.
bet9/10
Sana10.04.2017
Hajmi2.61 Mb.
#4420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Diagnostikasi. Takayasu sindromi bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig‘indisini shartli ravishda uchta bosqichga bo‘lish mumkin:

I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: surab-surishtirish va kasallikning anamnezini yig‘ish, bemorni ko‘zdan kechirish, aorta ravog‘i tarmoqlarining holatini, shuningdek yuza joylashgan magistral arteriyalarni palpator va auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo‘l va ikkala oyoqda aniqlanadi.

II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi:

- laboratoriya tekshirish usullari;

- funksional tekshirish usullari;

- nefrologik tekshirish;

- oftalmologik tekshirish;

- otonevrologik tekshirish;

- rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya).

III. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi: aorta ravog‘i braxeotsefal tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya.

Braxeotsefal arteriyalari zararlangan bemorlar uchun nevrologik, oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir. Ko‘zdan kechirish to‘g‘ri diagnoz qo‘yish uchun xech qanday yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olmaydi. Paypaslab ko‘rish chakka, uyqu, yelka va bilak arteriyalaridagi pulsatsiyaning o‘zgarishlarini aniqlab beradi. Umumiy uyqu va nomsiz arteriyalar okklyuziyasida zararlangan tomondagi na uyqu, na chakka arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi okklyuziyasida va uning stenozida bifurkatsiya soxasida chakka arteriyasining pulsatsiyasi (urib turishi) xatto kuchaygan bo‘lishi extimol, chunki butun qon oqimi tashqi uyqu arteriyasiga yo‘naladi. Arterial bosimni o‘lchashni hamma qo‘l va oyoqlarda olib borish kerak. O‘mrov osti arteriyasi zararlanganda sistolik arterial bosim simob ustuni xisobida 80-90 mm gacha, puls bosimi simob ustupi xisobida 19-30 mm gacha pasayadi. Auskultatsiya braxeotsefal tomirlar kasalliklarining birlamchi diagnostikasida asosiy ahamiyat kasb etadi. Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag‘ burchagidagi sistolik shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi.

Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

a) qon elementlari (o‘rtacha gipoxrom kamqonlik, o‘rtracha leykotsitoz, ROE - eritrotsitlarning cho‘kish tezligi tezlashgan);

b) plazma oksillari (gipoalbuminemiya, globulin fraksiyalari, shuningdek fibrinogen oshishi);

v) immunologik reaksiyalar (musbat aktinuklear omil, Vasserman soxta musbat reaksiyasi).

Funksional tekshirish usullari. O‘mrov osti arteriya­si okklyuziyasida reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to‘lqinlari xarakteri va qo‘lning xajmiy sfigmogrammalari hamavaqt bor. Uyqu va nomsiz arteriyalar zararlanganini diagnostika qilishda uyqu va yuza chakka arteriyalarini sfigmografiya qilish katta yordam beradi. Okklyuziyada egri chizik to‘lqinlari pasayadi va shakli o‘zgaradi.

Reoensefalografiya katta yordam beradi, u uyqu arteri­yasi bir tomonlama zararlanganda miya qon ta'minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini aniqlaydi, hamma braxeotsefal tarmoqlar okklyuziyasida esa hamma usullarda reogramma to‘lqinlarining keskin pasayishini qayd qiladi. Braxeotsefal tomirlarning birlamchi diagnostikasida infraqizil spektrdagi termog­rafiya qo‘llaniladi. 0,6°S dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi.

So‘nggi yillarda qon oqimini ultratovush bilan tek­shirish usullari keng tarqaldi. Ultratovushli datchik Doppler effekti prinsipida faqat arteriya pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo‘nalishi va tezli-gini ham aniqlasa bo‘ladi.

Nevrologik tekshirishlar. Bosh miya ishemiyasinish nevrologik alomatlari qaysi tomir xavzasi zarar ko‘rganiga, arteriyaning okklyuziya darajasi va rivojlanii sur'atiga, shuningdek, kollateral qon aylanishining kanchalik muvofiqligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan miya qon aylanishi yetishmovchiligini karotid, vertebrobazillyar va birga uchraydigan karotid-bazillyar tipi bo‘yicha farq qilish zarur. Nevrologik simptomatikaning o‘zi esa intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo‘lishi mumkin.

Bosh og‘rig‘i - bosimning magistral arteriyalari okklyuziyasi bo‘lgan bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan bemorlarning 80 foizida bo‘ladi. Og‘riq aksariyat chakka soxasida, ba'zan boshning u yoki bu yarmida yoki tutash bo‘ladi.

Bosh aylanishi uchrashi jixatidan ikkinchi nevrologik simptom, bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat funksiyasi buzilishi va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo‘yicha quyida joylashgan bo‘limlari bilan alovasiga borliq. Qisqa muddatga xushdan ketish hodisasi kam deganda 5% hollarda uchraydi, ular, aftidan, bosh miya tursimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o‘zak qobiq osti tugunlari og‘ir va uzoq muddatga ishemiya bo‘lgan bemorlarda uchraydi.

Talvasalar va epilepsiyasimon tutqanoqlar ahyon-ahyonda kuzatiladi. Bu holatlarning tabiati aniqlanmagan.

Po‘stloqqa taalluqli ko‘rish qobiliyati buzilishlari. Bu guruxga bosh miya yarimsharlarida, asosan ensa bo‘laklarida qon aylanishi yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan ko‘rishning turli-tuman buzilishlari kiradi. Ko‘rishning bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi.

Harakat buzilishlari - kasallikning eng ravshan va og‘ir belgilaridan xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar bu formasining umumiy protsenti 13,3% ni tashkil etadi (A. V. Pokrovskiy bo‘yicha). Nutq buzilishlari bemor­larning deyarli 11 foizida uchraydi. Ular ishemik uchoqda joylashuvi bo‘yicha turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Nistagm - birmuncha ko‘p uchraydigan nevrologik simptomlardan biri xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina kuzati­ladi. Ko‘z harakatining buzilishlari nistagm singari uch­raydi. Unda ko‘z soqqalari harakati o‘zgaradi, konvergensiya va akkomodatsiya reaksiyalari buziladi.

Miyachadan bo‘ladigan simptomlar - asinergiya, dizmetriya, mushaklar distoniyasi bemorlarning taxminan 8 foi­zida uchraydi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan).Yutish va fonatsiyaning buzilishlari (disfagiya, dizart­riya) 6-7% xollarda kuzatiladi. Sezuvchanlikning buzilishlari parez bo‘lgan tomonda bemorlarning 15 foizida kuzatiladi.

Vegetativ buzilishlar - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, bradikardiya, ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi.

Aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika butun ko‘ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan foydalaniladi:

Periferik ko‘ruv retseptori holatini o‘rganish - oftalmoskopiya - ko‘ruv nervi o‘tkirligini tekshirish kuyidagi testlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- ko‘rish o‘tkirligi;

- perimetriya (ko‘ruv maydonini aniqlash);

- rangli perimetriya;

- yorug‘lik sezuvchanlikni aniqlash;

- to‘r parda markaziy arteriyasini bosish;

- oftalmotonus va ko‘z ichidagi suyukliq almashinuvi.

Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- LOR organlarini ko‘zdan kechirish;

- eshituv, vestibulyar, ta'm bilish, hid bilish funksiyasini aniqlash;

- maxsus usullar (audiometriya);

- maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taal­luqli ayrim sinamalar).

Otonevrologik simptomatika lor organlari va ularning funksiyalari ta'm, hid bilish, otokinetik retsep­siya) holatini aks ettirib, boshning xronik ishemiyasi sharoitlarida va aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuzion za-rarlanishining umumiy somatikasida muhim o‘rin egallaydi.

Braxeotsefal tarmoqlari zararlangan bemorlarni tek­shirish vaqtida boshqa tomir xavzalarining birgalikda zararlanish simptomlariga (toj arteriyalar, qorin aortasining visseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur.

Tekshirishning rentgen kontrast usullari. Hozirgi vaqtda braxeotsefal arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo‘llanadi:

1. Kateterizatsion ko‘krak aortografiyasi. Aortaning hamma bo‘limlari, jumladan uning ravog‘ini ham kateterlash 1953 yilda shved olimi Saldinger taklif qilgan metodika bo‘yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti.

2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog‘ida kateter borligi uni aortaning tarmoqlaridan biri og‘ziga kiritib, so‘ngra uni kontrastlash, ya'ni selektiv arteriografiya qilishga imkon beradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, selektiv aortoarteriografiya uchun ko‘rsatmalar chegaralangan va quyidagi hollardagina o‘tkazilishi mumkin

- braxeotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida;

- bosh magistral arteriyalari intrakranial bo‘limlarining zararlanganiga shubxa qilinganda, bu uning oxirgi tarmoqlarini ham ko‘zdan kechirishni talab etadi.

Tekshirishning supraaortal usullari:

- karotid arteriografiya odatda uyqu arteriyasida okklyuziya borligiga shubxa qilinganda qo‘llaniladi, asosan uning kalla suyagi ichi tarmoqlarini aniqlash maksad kilib olinadi;

- umrov osti arteriografiyasi umrov osti va umurtqa arteriyasini, o‘ng tomondan qo‘llanilganda ko‘shimcha ravishda uyqu arteriyasini kontrastlash imkonini beradi;

- qo‘ltik arteriografiyasi so‘nggi vaqtlarda o‘mrov osti arteriografiyasini siqib chiqara boshladi, chunki qo‘ltik arteriyasini punksiya qilish texnikasi oson, shuningdek arteriyaga Seldinger metodikasi bo‘yicha kateter kiritish imkoniyati yaxshidir.

Rentgen kontrast tekshirishdan keyingina braxeosefal tomirlarning klinik zararlanishlarini aniqlash va xirurgik taktika to‘g‘risidagi masalani hal qilish mumkinligini qayd qilib o‘tmok darkor.



Download 2.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.61 Mb.