• Maruza mavzusi: QIZILO‘NGACH KASALLIKLARI Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun Toshkent – 201 5 TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
  • «TASDIQLAYMAN»
  • Toshkent – 20 15 Qizilo‘ngach kasalliklari O‘QITISH T E XNOLOGIY A SI
  • MARUZA T E XNOLOGIK KARTASI
  • Maruzaning ma q sadi
  • Maruzaning taqsimlanishi
  • Talabalarga beriladigan savollar
  • Qizilo‘ngachning qon bilan taminlanishi.
  • Umumiy simptomatologiyasi
  • Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2,74 Mb.
    bet1/23
    Sana04.04.2017
    Hajmi2,74 Mb.
    #2867
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI




    «TASDIQLAYMAN»

    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

    professor Teshaev O.R.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    __________________

    «27» avgust 2015 y.

    Ma'ruza mavzusi:

    QIZILO‘NGACH KASALLIKLARI
    Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun

    Toshkent – 2015
    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    DAVOLASH FAKULTETI

    FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI



    «TASDIQLAYMAN»

    Davolash fakulteti dekani

    professor Zufarov P.S.

    ___________________

    «27» avgust 2015 y.



    Ma'ruza mavzusi:
    QIZILO‘NGACH KASALLIKLARI
    Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun

    Xirurgik seksiya

    SPK kengashida kurib

    chikilgan va ma'kullangan

    protokol № 1

    «27» avgust 2015 y.



    Toshkent – 2015

    Qizilo‘ngach kasalliklari

    O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

    Talabalar soni - 60-120

    Vaqt – 90 minut

    O‘quv mashg‘uloti shakli

    Ma'ruza – vizualizatsiya

    Ma'ruza rejasi



    1. Kizilungach anatomiyasi va sintopiyasi.

    1. Qizilungach tekshiruv metodlari.

    1. Axalaziyani etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi, dif diagnostikasi va davolash

    1. Kizilungach divertikuli klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va davolash.

    1. Kizilungach kuyishi, ularni klasifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va kursatiladigan birinchi yordam.

    Ma'ruza maksadi: talabalarni xazm tizimi kasalliklari bilan tanishtirish. Diagnostikani urgatish. Davolash variantlari bilan tanishtirish

    Ukituvchi vazifasi:

          1. Kizilungach anatomiyasi bilan tanishtirish.

          2. Etiologiya, patogenez, klassifikatsiya, klinik diagnostika, dif diagnostika va axalaziyani davolash bilan tanishtirish.

          3. Kizilungach divertikuli klassifikatsiya, klinik diagnostika va davolash bilan tanishtirish.

          4. Kizilungach kuyishi, ularni klasifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va kursatiladigan birinchi yordam bilan tanishtirish.

    Ukitish jarayoni natijalari:

    Talaba bilish kerak:



    1. Kizilungach anatomiyasi.

    2. Axalaziyani etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi, dif diagnostikasi va davolash

    3. Kizilungach divertikuli klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va davolash.

    4.Kizilungach kuyishi, ularni klasifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va kursatiladigan birinchi yordam

    Ukitish metodi i texnikasi

    Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, anik savollar. Texnika «Xa - Yuk»

    Ukuv kurollari

    Kompyuter proektor, vizual materiallar, informatsiya bilan ta'minlash

    Ukuv shakli

    Jamoaviy

    Ukuv sharti

    Auditoriya, ish jarayoni bilan muvofiklashish


    MA'RUZA TEXNOLOGIK KARTASI


    Bosqichlar

    va vaqt


    Faoliyat

    O‘qituvchiga

    Talabalarga

    1 boskich

    Kirish


    (5 min)

    1. Mavzu nomi, maksadi, ma'ruzadan kuzlangan natija va uning utkazilish rejasi xakida axborot berish

    1. Eshitadi

    2 boskich

    Bilimlarni mustaxkamlash

    (20 min)


    2.1. Maksad talabalarga anik savollarni berish:

    1. Kizilungach uzunligi kancha?

    2. Qizilungachning qanday fiziologik va anatomik toraymalarini bilasiz?

    3. Kizilungach devori kanday kavatlardan tuzilgan?

    Blits savollar

    2.2. Ekranga e'tibor karatish va ma'ruza maksadi bilan tanishtirish.



    2.1. savollarga javob beradi

    2.2. Slaydlar tarkibi bilan urganadi



    3 boskich

    Informatsion

    (55 min)


    3.1. Reja savollari asosida ma'ruza materiallarini bayon kilish, vizual materiallardan va anik savollardan foydalanish:

    Rejaning 1-savoli buyicha: Kizilungach anatomiyasi va sintopiyasi

    Rejaning 2-savoli buyicha: kizilungach tekshiruv metodlari

    Rejaning 3-savoli buyicha: Axalaziyanining etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi, dif diagnostikasi va davolash

    Rejaning 4-savoli buyicha: Kizilungach divertikuli klassifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va davolash.

    Rejaning 5-savoli buyicha; Kizilungach kuyishi, ularni klasifikatsiyasi, klinik diagnostikasi va kursatiladigan birinchi yordam.



    3.1. Berilgan

    materiallarni muxokama kilish va savollar berish.

    Eng muxim materiallarni yozib olish


    4 boskich

    Yakunlovchi

    (10 min)


    4.1. Savollar berish:

    1. Axalaziya va kardiospazm urtasida farq bormi?

    2. Kizilungachning kislotali kuyishida birinchi yordam?

    4.2. Mustakil ishlash uchun vazifa berish:

    kizilungach usmasi.


    4.1. Savollarga javob berish

    4.2. Eshitish. Yozib olish




    Mavzuni asosalash: Qizilo‘ngach o‘smalari: xavfsiz va xavfli o‘smalarga bo‘linadi. Qizilo‘ngachning xavfsiz o‘smalari kamdan-kam uchraydi. Palmer ma'lumotlariga binoan adabiyotda qizilo‘ngach xavfsiz o‘smalarining qariyb 350 hodisasi tasvirlangan. Qizilo‘ngachning xavfsiz o‘smalari ko‘proq, erkaklarda uchraydi. Yurtimiz adabiyotlarida, qizilo‘ngach xavfsiz o‘smalarining 63 nafar bemorda uchragani tasvirlangan. O‘smalar aksariyat qizilo‘ngachning yuqori uchdan bir va o‘rta qismida joylashadi. Morfologik tuzilishi jihatidan bu o‘smalar epitelial o‘smalar qatoriga kiradi. Bularga qizilo‘ngach poliplari, biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan o‘smalar (fibroma, fibrolipoma), tomir to‘qimasidan kelib chiqqan o‘smalar (gemangioma), nerv to‘qimasidan paydo bo‘lgan o‘smalar (neyrofibroma), mushak to‘qimasidan hosil bo‘lgan o‘smalar (leyomioma) kiradi. Qizilo‘ngachda aksariyat leyomiomalar (70% hollarda) rivojlanadi.
    Ma'ruzaning maqsadi: talabalarga qizilo‘ngach kasalliklari, rivojlanish sabablari, kechishini uziga xosligi, asorati, qiyosiy tashxislash, davolashning samarador usullar, amaliyotdan keyingi parvarish qilishni tushuntirish.
    Tarbiyaviy maqsadi: ma'ruza talabada bilimni oshirishni yordam beradi, tashxis quyishga o‘rgatadi. Qizilo‘ngach kasalliklari etiologiyasini, patogenezini, jarroxlik asoratini uz vaktida oldini olishga imkon beruvchi choralarni qo‘llash xaqida umumiy amaliyot shifokori tayyorlash mobaynidagi tushincha berish.
    Ma'ruzaning taqsimlanishi:

    1. Ma'ruzani asoslash - 5 min

    2. Anatomik tuzilish va tekshirish usullari to‘g‘risida ma'lumotlar - 20 min

    3. Qizilo‘ngach kasalliklari etiopatogenezi – 10 min.

    4. Klinik kechishi – 20 min

    5. Diagnostika va differensial diagnostika – 10 min

    6. Davolash – 15 min

    7. Kasalliklar profilaktikasi – 10 min


    Talabalarga beriladigan savollar:

    1. Qizilo‘ngach kasalliklarini sanab o‘ting.

    2. Qizilo‘ngach kasalliklarini rivojlanish sanablarini ayting.

    3. Qizilo‘ngach divertikullarini joylashishini eslang.

    4. Qizilo‘ngach kuyishlarini sababini ayting.

    5. Qizilo‘ngach kasalliklarida tekshirish usullarni sanab o‘ting.

    6. Qizilo‘ngach kasalliklarini davolash turlarini ayting.

    Mavzu tarkibi

    Qizilo‘ngach (oesophagus) - halqumni me'daning kardial qismi bilan tutashtirib turadigan kovak a'zo bo‘lib, balog‘at yoshidagi odamda uning uzunligi 24-29 sm ni tashkil etadi. Qizilo‘ngach devorining qalinligi o‘rta hisobda 3-4 mm atrofida bo‘lib, uzuksimon tog‘ayning pastki cheti, VI bo‘yin umurtqasi sohasidan boshlanadi va uning pastki qismi (2-4 sm) qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘ladi.

    Quyidagi ma'lumotlar amaliy ahamiyatga ega: qizilo‘ngachda uchta torayma bo‘lib, yuqorigisi qizilo‘ngachning kirish qismida yuqori qoziq tishlar oldingi chetidan taxminan 14-15 sm masofada, o‘rta torayma aorta ravog‘i va chap bosh bronx sohasida va pastkisi diafragma bilan kesishgan joyida bo‘ladi.

    Qizilo‘ngach anatomik jihatdan uch qismga bo‘linadi: bo‘yin qismi (pars cervicalis) (boshlanishdan orqa ko‘ks oralig‘igacha kirish qismigacha - 5-6 sm), ko‘krak qismi (pars thoracalis) - ko‘krak qafasidan diafragmagacha - taxminan 17 sm) va qorin qismi (pars abdominalis) - diafragmadan chiqishdan me'daning kardial qismi bilan tutashguncha - 2-4 sm).

    Qizilo‘ngach o‘z yo‘lida qator a'zolar bilan duch keladi yoki ularga anatomik jihatdan yaqin, qizilo‘ngachning oldingi tomonida yuqorida traxeya turadi. Traxeya bifurkatsiyasi sathida qizilo‘ngachni chap bronx kesib o‘tadi. Pastroqda esa, perikard bilan ajratilgan o‘ng bo‘lmaning orqa yuzasi joylashadi. Diafragmal teshik orqali o‘tishning oxirida, endi qorin pardasi bilan qoplangan qizilo‘gach jigarning chap bo‘lagiga tegib turadi.

    Qizilo‘ngach orqasida umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi va birinchi ko‘krak umurtqalari joylashadi. Th10 yordamida u ko‘krak yo‘li (ductus thoracicus) ni kesib o‘tadi va umurtqa pog‘onasidan uzoqlashadi, qizilo‘ngach orqasida ichkarida o‘ng tomonda toq vena (v. azygos), chap tomonda ko‘krak aortasi, ular orasida esa ko‘krak yo‘li joylashadi. Shu yo‘lda qizilo‘ngach o‘ng bronxial arteriyani, bir necha qovurg‘alararo arteriyalar va venalarni, hamda undan plevra bilan ajratilgan v. hemiazygosni kesib o‘tadi. Qizilo‘ngach o‘ng tomonda yuqorida traxeya bilan bekilgan. Xuddi shu yerda o‘ng qaytuvchi nervning tarmog‘i o‘tadi. Eng yuqori bo‘limida u qalqonsimon bezning o‘ng bo‘lagiga tegib turadi.

    Chapda qizilo‘ngach qalqonsimon bezning chap bo‘lagi, shu bezning venalari bilan chegaralanib turadi. Unga traxeo-ezofageal burchakdan qizilo‘ngachning oldingi sathiga o‘tadigan chap qaytuvchi nerv yaqinlashadi. Uning yaqinida, chap o‘mrov osti sohasida ko‘krak yo‘li joylashadi. Keyinroq qizilo‘ngach aorta ravog‘ining gorizontal qismiga yaqinlashadi, mediastinal plevra, kardiya sohasi, me'da tubiga tegib turadi.

    O‘ng adashgan nerv qizilo‘ngachga o‘ng bronx bilan kesishgan sathida yaqinlashadi, bu IV-V ko‘krak umurtqasi sathiga muvofiq keladi va qizilo‘ngachning orqa yuzasida joylashib, qorin bo‘shlig‘iga kiradi. Chap adashgan nerv qizilo‘ngachning oldingi devoriga yaqinlashadi. Shunday qilib, qizilo‘ngach o‘zining butun yo‘lida traxeya, pastga tushadigan aorta, ko‘krak yo‘li, simpatik chegaradosh ustunning ko‘krak qismi, o‘pka va plevra, diafragma, yuqori kovak vena, perikard va yurakning orqa yuzasi bilan anatomik jihatdan yaqin yoki tegib turadi.

    Qizilo‘ngach bo‘yin qismi va ko‘krak bo‘limi boshlanishda aorta ravog‘igacha o‘rta chiziqdan birmuncha chapda yotadi. Ko‘krak bo‘limining o‘rta qismida qizilo‘ngach o‘rta chiziqdan birmuncha o‘ngga og‘adi va diafragma ustida aortadan oldinda yotadi. Shunday qilib, qizilo‘ngach bo‘yin bo‘limida chapdan kesishga qulay. Ko‘krak bo‘limining pastki uchdan bir qismida qizilo‘ngach pastga tushadigan aorta va yurak xaltasi orasida yotadi va unga chap tomonlama transplevral yo‘l bilan yaqinlashish oson.

    Umuman olganda, qizilo‘ngachning tuzilishi butun me'da-ichak yo‘liga muvofiq keladi. Devori 4 qavatdan tashkil topadi - shiliq qavat (mucosa), shiliq osti qavati (submucosa), mushak qavati (muscularis) va tashqi biriktiruvchi to‘qima pardasi (tunica adwenticia). Qizilo‘ngachning shiliq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy burmalaridan hosil bo‘lgan. qizilo‘ngach ko‘p qavatli yassi epiteliysining me'daning silindrsimon epiteliysiga o‘tishi keskin, tishsimon chiziq ko‘rinishda yuz beradi (linea zerrata). Ko‘pchilik kishilarda u anatomik kardiyadan birmuncha yuqorida joylashgan.

    Qizilo‘ngachning oxirgi qismida odatda taxminan 75% hollarda qizilo‘ngachning yuza yoki kardial bezlarini saqlagan me'da shilliq pardasining sohalari bo‘ladi. Bu bezlar me'daning kardial beziga o‘xshash va xlorid kislota ishlab chiqaradigan parietal xujayralar saqlashi mumkin. Me'da silindrsimon epiteliysining ektopik joylashgan orolchalari va yuzaki joylashgan bezlar qizilo‘ngachning birmuncha proksimal sohalarida ham uchrab turadi. qizilo‘ngach yaralari rivojlanishida ularga muayyan ahamiyat beriladi.

    Shilliq osti pardasi (qavati) biriktiruvchi to‘kima va elastik tolalardan hosil bo‘lgan: u g‘ovak va harakatchan. Qizilo‘ngachning shilliq osti pardasida, ayniqsa uning proksimal bo‘limida uning chuqur yoki «xaqiqiy» bezlari joylashgan. Ularning umumiy miqdori 200 dan oshmaydi deb hisoblaydilar. Bez shilliq parda yuzasiga burchak ostida yo‘nalgan yo‘llarga ochiladi. Bezning umumiy uzunligi 1 mm dan oshmaydi. qizilo‘ngach devori bezlari sekretsiyasini vagus nazorat qilib turadi. Uning sekretor tolalari ta'sirlantirilganda bezlar quyuq shilliq chiqara boshlaydi, u tobora suyuqlanib boradi. Bu sekret hazm qilish kuchiga ega emas.

    Qizilo‘ngachning mushak devori ichki doira mushaklar va tashqi bo‘ylama tolalardan iborat. Ular o‘rtasida g‘ovak biriktiruvchi to‘qima qatlami bo‘ladi, unda yirik tomirlar va nervlar (plexus my entericus) joylashgan. Bo‘ylama mushak qavati odatda sirkulyar qavatdan ikki baravar yupqa, qizilo‘ngachning yuqori uchdan bir qismida mushaklar ko‘ndalang-targ‘il, mushak pardasining uchdan bir pastki qismi silliq mushaklardan tashkil topgan. Sfinkter ahamiyati bo‘lgan mushak qavatining qalin qismi qizilo‘ngachga kirish qismida va diafragmal torayma sathida bo‘ladi. F. F. Saks (1964) fikricha, katta odamda qizilo‘ngach mushak qavati sirkulyar qatlamining qalinligi kardiya sohasida 2,2 mm, bu uning birmuncha proksimal qismlaridagi qalinligidan 1,5-2 marta ortiqdir.

    Qizilo‘ngach tashqi tomondan g‘ovak biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan, undan limfatik va qon tomirlar, biriktiruvchi to‘qimadan iborat tortmalar o‘tadi. Chunonchi, qizilo‘ngachning oldingi chap devorini chap bronx asosi bilan bog‘lab turadigan chap qizilo‘ngach - bronxial boylami, qizilo‘ngachning orqa-chap devorini aorta ravog‘ining botiq yuzasiga taqab turadigan qizilo‘ngach - aortal boylami va qizilo‘ngachning distal bo‘limini diafrag-maga taqab turadigan Morozov-Savvin boylami kabilar farq qilinadi. Qizilo‘ngachning abdominal kesigi seroz parda bilan qoplangan bo‘ladi.



    Qizilo‘ngachning qon bilan ta'minlanishi. Qizilo‘ngach arterial qon bilan o‘mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg‘alararo va qalqonsimon bez arteriyasidan, ko‘krak qismida pastki diafragmal va chap me'da arteriyalari tarmoqlaridan ta'minlanadi. Qizilo‘ngach arteriyalari o‘zaro keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a'zoda operatsiya o‘tkazishda juda qo‘l keladi.

    Venoz oqim pastki qalqonsimon, perikardial, orqa ko‘ks oralig‘i va diafragmal venalar orqali amalga oshiriladi. Qon v. v. azygos va hemiazygos ga quyiladi. Qizilo‘ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo‘lib, uning pastki uchdan bir qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me'daning kardial qismi shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz chigal bo‘ladi. Qon venoz chigaldan qizilo‘ngach venalari bo‘ylab, v. v. azygos va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo‘naladi: bu venalarning klapanlari bo‘lmaydi. qizilo‘ngachning qorin qismi venalari me'da venalari va qopqa vena bilan bevosita bog‘langan. qizilo‘ngach venalari orqali qopqa va kovak venalar sistemasi o‘rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o‘tish muhim.

    Qizilo‘ngachning limfatik tomirlari me'daning chuqur limfatik tugunlariga quyiladi. Limfa qizilo‘ngachning yuqori qismidan traxeal va traxeobronxial limfatik tugunlarga, pastki qismidan kardiya tugunlariga tushadi. Qizilo‘ngach limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko‘krak yo‘liga ochiladi (D. A. Jdanov, 1952), buning qizilo‘ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati kattadir.

    Qizilo‘ngachni parasimpatik n. vagi tarmoqlari va simpatik nerv sistemasi (gangl. stellatum ning tolalari, arterial va kekirdak-xiqildoq chigali) orqali innervatsiya qiladi. Ikkala sistemaning nerv tolalari qizilo‘ngach yuzasida chigallar: o‘ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo‘ngach chigalini, chap adashgan nerv tarmoqlari bilan o‘ng oldingi qizilo‘ngach chigalini hosil qiladi. Ulardan qizilo‘ngach bag‘rida intramural nerv chigalini (mushaklararo, auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. Bular qizilo‘ngach devorini innervatsiya qiladi.

    Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi qaytuvchi nervlar, ko‘krak qismi o‘zaro anastomozlanadigan adashgan nervlar tarmoqlari va simpatik nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. qizilo‘ngachning quyi qorin nervi (n. splanchicus) dan tarmoqlar oladi. O‘z-o‘zini reflektor boshqarish intramural va ekstramural nerv tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi.

    Qizilo‘ngach faoliyati. Qizilo‘ngachning fiziologik ahamiyati ovqatni halqum bo‘shlig‘idan me'daga o‘tkazish bo‘lib, ayrim hollarda esa buning teskarisini bajarishga (qayt qilish, kekirish) to‘g‘ri keladi. Yutish, qayt qilish va fiziologik regurgitatsiyadan tashqari vaqtlarda unga xalqumdan havo va me'da-ichaklardan suyuqlik tushishining oldini olish uchun qizilo‘ngach bo‘shlig‘i ikkala tomondan chegaralangan bo‘lishi kerak. Yuzaki qaraganda qizilo‘ngach funksiyasi juda oddiyga o‘xshab ko‘rinadi, haqiqatda esa u «juda murakkab va qarama-qarshiliklarga to‘la» deb hisoblanadi.

    Yutishdan tashqari vaqtda sog‘lom odam qizilo‘ngachida qisqarishlar bo‘lmaydi. Uning bo‘shlig‘idagi bosim kuchsiz manfiy va ko‘krak qafasidagi bosimga va nafas fazasiga bog‘liq, bo‘ladi. Halqum qizilo‘ngach va uning me'daga o‘tadigan sohasida birmuncha yuqori bosim - yuqori va pastki «oshgan bosim sohalari» qayd qilinadi. Ular sfinkter vazifasini bajaradigan qizilo‘ngach bo‘limlari mushagining tonik qisqarishi natijasida hosil bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi yutishni ta'minlab berishdan iborat.

    Yutish jarayoni odatda 3 fazaga bo‘linadi. 1 - fazasida chaynalgan va yumshab qolgan ovqat til ustiga suriladi va uning mushaklari tomonidan til asosiga yumalatiladi. Mushaklar qisqarishi natijasida og‘izning orqa qismida, halqumda va og‘izning yuqori qismida bosim manfiy bo‘ladi. Ovqat luqmasi Vasilev refleks sohasini (til asosi, orqa yoychalar, devorlari) ta'sirlantirib, halqum mushaklarini qiskartiradi (yutishning ikkinchi fazasi). Yutishning sof reflektor 2-fazasida ovqat halqumdan o‘tadi. Yutishning 3-fazasi boshlanishida halqum bo‘shlig‘iga burun-halqum, og‘iz bo‘shlig‘iga va hiqildoqdan holi bo‘ladi va ovqat luqmasi surilishi uchun faqat bir yo‘nalish qizilo‘ngach qoladi. Halqumni qisadigan mushaklar qattiq qisqarib ovqat luqmasi qizilo‘ngachga yo‘naladi.

    Ovqatning qizilo‘ngach bo‘ylab surilishi 3 omilga bog‘liq:

    1. Ovqat qizilo‘ngachga katta bosim ostida tushadi.

    2. Ovqatning og‘irlik kuchi.

    3. Qizilo‘ngach peristaltikasi.

    Suyuqlik yoki qattiq ovqat yutilishida, shuningdek odam vaziyatiga bog‘liq holda ovqat luqmasining surilishida uchchala omil qatnashadi. Suv peristaltik to‘lqindan ilgarilab o‘tib, qizilo‘ngach orqali tez suriladi va yutishdan 1-3 sekund o‘tishi bilan me'daga yetib boradi. Shuning uchun qizilo‘ngach kimyoviy moddalardan kuyganda, masalan, o‘yuvchi ishqor yutib yuborilganda, shilliq parda bir xil zararlanmaydi. Qattiqroq ovqat luqmasi yutilayotganda u asosan qizilo‘ngach devorlarining peristaltik harakatlari tufayli harakat qiladi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Bunda qizilo‘ngachning luqmadan yuqori qismi qisqaradi, pastki qismi esa bo‘shashadi. Ovqatning qizilo‘ngach orqali o‘tishiga 6-8 (15 gacha) sekund kerak. Peristaltik to‘lqin beradigan bosim suv ustuni hisobida 20-140 sm (o‘rta hisobda suv ustuni hisobida 40-80 sm) va ovqat luqmasining katta-kichikligiga bog‘liq emas.

    Yutish jarayoni murakkab reflektor jaroyon hisoblanadi. Yutish avvaliga ixtiyoriy bosh miya po‘stlog‘i ta'siri ostida sodir bo‘ladi. Ovqat tanglay yoychalari orqasiga tushganda (yutishning II va III fazalari) yutish beixtiyor, reflektor bo‘lib qoladi, hatto uyqu va hushsiz holatda ham sodir bo‘ladi. Yutish refleksining effektiv nervlari bo‘lib, til mushaklari uchun n. hypoglosus tarmoqlari, n. trigemeni ning 3 tarmog‘i m. mylohioideus uchun, n. glossopharyngeus ning halqum tarmog‘i, halqum hamda qizilo‘ngach mushaklari uchun n. vagus ning halqum va qizilo‘ngach tarmoqlari hisoblanadi. Yutish markazi ko‘prikda va uzunchoq miyada joylashgan. Birmuncha chegaralangan manzili n. vagus yadrosiga yaqin joyda bo‘ladi.

    Me'da suyuqligining qizilo‘ngachga tushishiga to‘sqinlik qiladigan fiziologik mexanizmlar (regurgitatsiya va reflyuks) so‘nggi vaqtlargacha o‘rganib chiqilmagan. Ko‘p sonli tajribalar qizilo‘ngach -me'da birikadigan sohaning “bir tomonlama o‘tkazuvchanligi” borligini ko‘rsatdi. Kardiyaning yopqich mexanizmini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. Uning fiziologik funksiyasining buzilishi ko‘p kasalliklarda (kardiya axalaziyasi, peptik ezofagit, diafragma-qizilo‘ngach teshigi churrasi) kuzatiladi va qizilo‘ngach patologiyasining kattagina qismini tashkil qiladi.



    Umumiy simptomatologiyasi

    Yutish faoliyati buzilishi, yoqimsiz sezgilar, ovqat yutish vaqtida paydo bo‘ladigan og‘riqlar qizilo‘ngach zararlanganidan dalolat beradigan eng muhim shikoyatlardan hisoblanadi.

    Disfagiya (yutishning buzilishi) - yutinish harakatini bajara olmaslik, halqumda va qizilo‘ngach bo‘ylab ovqat luqmasi harakatining buzilishi, shuningdek bu a'zolarda ovqat tutilib qolishi bilan bog‘liq yoqimsiz sezgilar. Disfagiya og‘riq bilan o‘tishi mumkin - disphagia dolorosa yutishda og‘riq odatda zararlangan sathda seziladi, u orqaga, bo‘yinturuq venaga ham o‘tishi ehtimol.

    Ko‘pchilik bemorlar ovqat luqmasi qaerda tutilib qolayotganini aniq aytib bera oladilar. Biroq bu sezgi qator hollarda odatda xaqiqiy tutilib qoladigan joydan birmuncha yuqorida bosilish, qisilish sezgisi sifatida o‘tadi. Yutish boshlanishidan tutilish sezgisi paydo bo‘lguncha o‘tgan sekundlar bilan hisoblanadigan vaqt qizilo‘ngachning xaqiqiy zararlangan joyini aniqlashga yordam beradi. Yutilgandan keyin 1-1,5 sekund o‘tgach ovqat luqmasi qizilo‘ngachning bo‘yin bo‘limida bo‘ladi, keyingi 5-6 sekundda qizilo‘ngachdan o‘tadi va yutish boshlangandan 6- 8 sekund keyin me'daga tushadi.

    Disfagiyada qizilo‘ngachning organik zararlanishi (rak, stenozlar va b.) natijasida birinchi navbatda qattiq ovqat (non, olma, go‘sht bo‘lagi va b.) tutilib qoladi. Ustidan suv ichib yuborish ko‘pincha yengillik beradi. Funksional disfagiyada (ezofagospazm oqibatida) suyuqlik, ayniqsa juda issiq yoki sovuq suyuqlik ichilganda aksariyat qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Juda quruq ovqat yoki katta bo‘laklarni yutish soppa-sog‘ odamlarda disfagiya keltirib chiqarishi mumkin. Disfagiya doimiy yoki o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Doimiy disfagiya qizilo‘ngach bo‘shlig‘ini yanada torayishga olib keladigan organik kasalliklarda kuzatiladi. O‘zgarib turadigan disfagiya ezofagospazmga bog‘liq.

    Qator hollarda disfagiya sababini aniqlab bo‘lmaydi. Disfagiya sabablarini izohlab beradigan quyidagi ma'lumotlarni keltirish diqqatga sazovor. A. A. Shtuss va D. D. Ashurbekov ma'lumotlariga ko‘ra rentgenolo-gik tekshirishga yuborilgan, disfagiyasi bo‘lgan 534 nafar bemor orasidan 290 nafarida qizilo‘ngach raki, 59 nafarida funksional buzilishlar, 20 nafarida qizilo‘ngachning surilishi va ezilishi, 1 nafarida diafragma - qizilo‘ngach teshigi churrasi, 34 nafarida esa boshqa kasalliklar topilgan. 120 nafar odamda hyech qanday o‘zgarishlar aniqlanmagan.

    To‘sh orqasida bosim, to‘lib ketish sezgisi ovqat yeyish vaqtida paydo bo‘ladi va aksariyat kardiya axalaziyasida kuzatiladi. Bosim yoki to‘lib ketish sezgisi ovqat yeyish boshlangan vaqtda paydo bo‘lgan hollarda vrach bu simptomga ayniqsa diqqat-ehtiborini qaratishi zarur. Odatda bu jiddiy kasallik belgisi (qizilo‘ngach raki, me'daning skirri, kardiya axalaziyasi va b.) hisoblanadi. Uni ishtaha pasayib ketgandagi tez to‘yib qolish belgisi deb o‘ylamaslik kerak.


    Download 2,74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 2,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2,74 Mb.