Kechishi va asoratlari. Kasallik juda sekin kechadi. Bemor tobora oriqlab ketadi. Aspiratsion zotiljam, o‘pka abssessi ko‘p uchraydigan asoratlardan hisoblanadi. Divertikulning eroziyalangan shilliq pardasi-dan qon oqishi, peridivertikulit va periezofagit, stenokardiya paydo bo‘lishi ehtimol. Poliplar va rak rivojlangan hollar tasvirlangan. Ko‘p hollarda bemor juda ozib ketadi, holsizlanish orta boradi, divertikul bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlari doimo yig‘ilib turishi va ularning parchalani-shi sababli yallig‘lanish jarayoni - divertikulit rivojlanishi mumkin, bu o‘z navbatida yiringli mediastinit va sepsis sababchisi bo‘lishi mumkin.
Qizilo‘ngachning uchdan bir o‘rta qismidagi divertikul, o‘pka ildizi sathida bo‘lib, qizilo‘ngach bosh bronx bilan kesishadigan joydan bir oz yuqoriroqda joylashadi. Shuning uchun ularni ba'zan epibronxial divertikullar deb ataladi. Qizilo‘ngach o‘rta qismidagi divertikullar traksion turga taalluqli bo‘ladi, ya'ni ularning kelib chiqishida ko‘ks oralig‘idagi turli yallig‘lanish jarayonlarida vujudga keladigan va qizilo‘ngach devori qismini u yoki bu yo‘nalishda tortadigan (o‘pka va plevra kasalliklarida, o‘pka sili, plevrit, zotiljam) bitishmalarga katta ahamiyat beradilar. Ba'zan qizilo‘ngachning bu bo‘limida sof pulsion divertikullar kuzatiladi. Ularning paydo bo‘lishida qizilo‘ngach innervatsiyasi buzilishi yoki reflektor ta'sirlar natijasida unda motorikaning izdan chiqishi asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Patologik anatomiyasi. Qizilo‘ngach o‘rta uchdan bir qismining divertikuli, devorlarining konussimon yoki yumaloq bo‘rtib chiqishi bilan ifodalanib, ular yuqoriga yo‘nalgan, traxeya yoki boshqa a'zolar bilan biriktiruvchi to‘qima bitishmalari orqali yopishgan. Bu divertikullarning diametri 1-2 sm va ahyon-ahyonda undan kattaroq, ular ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Divertikul devori qizilo‘ngach devoriga o‘xshash tuzilgan. Shilliq pardasi aksari giperemiyalangan, eroziyalari ham bo‘lishi ham mumkin. Bunday divertikulning odatda bo‘yni bo‘lmaydi va qizilo‘ngach bo‘shlig‘i bilan keng tutashib turadi, shunga ko‘ra ularda ovqat tutilib va turib qolishi kamdan-kam bo‘ladi.
Klinikasi. Bunday divertikullar ko‘pincha klinik jihatdan hyech qanday belgilar bilan yuzaga chiqmaydi, yutishning qiyinlashuvi, to‘sh orqasidagi og‘riq, qon ketishi kam bo‘ladi. Agar bifurkatsion divertikullarning o‘lchami kattalashib ketsa, ular og‘ir azoblar keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi divertikullar tamoman osoyishta kechadi. Ayrim hollardagina yiringlanish va abssess hosil bo‘lishi kabi asoratlar qayd qilinadi, biroq divertikullarning atrofidagi ko‘p miqdordagi biriktiruvchi to‘qimadan iborat bitishmalar yiringlikning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yiringlikning bronxlar va bronx-qizilo‘ngach fistula (oqma) si hosil bo‘lishi, teshilishi (perforatsiya) juda kamdan-kam kuzatiladi. Yiringlikning qizilo‘ngachga yoki aortaga yorilishi bundan ham kam uchraydi.
Qizilo‘ngachning quyi uchdan bir qismidagi divertikul. Qizilo‘ngachning quyi uchdan bir qismi divertikullari (epifrenal) aksariyat qizilo‘ngach ampulasidan yoki bevosita ampula tepasida joylashgan qismdan paydo bo‘ladi yoki bundan ham proksimal qismida joylashuvi mumkin. Ularni birinchi marta 1804 yilda Deguise tasvirlagan, E. N. Vansyan 1964 yilda qizilo‘ngach divertikuli bo‘lgan 202 nafar bemordan 79 nafarida shu divertikulni aniqlagan. Epifrenal divertikullar ko‘pchilik hollarda pulsion hisoblanadi.
Patogenezi. Bu divertikullar patogenezi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ko‘pgina tadqiqotchilar traksion divertikullardan farqli o‘laroq, epifrenal divertikullarning paydo bo‘lishini ovqat bo‘laklarining qizilo‘ngach devoridagi eng sust joylarni (mushak tutamlari ajralishi, tomirlar o‘tadigan joy) bosib turishi bilan bog‘laydilar. Ayrim mualliflar qizilo‘ngach mushak devorining tug‘ma zaifligiga katta ahamiyat beradilar. Jackson ovqat bo‘lagining bosimigina emas, balki «diafragma» sfinkteri qisqarishlarining buzilishi ham patogenetik jihatdan ahamiyatga ega deb hisoblaydilar.
Patologik anatomiyasi. Epifrenal divertikullar qizilo‘ngachning o‘rta uchdan bir qismidagi divertikullarga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Faqat ayrim hollardagina ular katta bo‘ladi va ularning sig‘imi 100, hatto 200 ml ga yetadi. Epifrenal divertikullar katta o‘lchamli bo‘lganida ham, ularda ovqat qoldiqlarining uzoq vaqt tutilib qolishi va buzilishi kamdan-kam kuzatiladi. Bu ularning diafragma va yurakka yaqin joylashganligi bilan izohlanadi: diafragma harakatlari va yurakning urib turishi epifrenal divertikulga o‘tadi va ularning bo‘shliqlari ritmik ravishda kichrayadi va kattalashadi, bu ularning bo‘shalishiga imkon beradi. Shilliq, pardasi ko‘pchilik hollarda o‘zgarmagan qo‘shni a'zolar bilan yopishib ketish hodisalari odatda yo‘q.
Klinikasi. Ko‘pincha divertikullar unchalik jiddiy buzilishlar keltirib chiqarmaydi va rentgenologik tekshiruv vaqtidagina aniqlanadi. 15-20% bemorlarda noxush sezgi suyuqlik ichilgandan yoki qoringa bosilgandan keyin yo‘qoladi. Ba'zan to‘sh sohasida og‘riq sezgisi, qayt qilish, aerofagiya, yo‘tal, ishtaha yo‘qolishi va ko‘ngil aynishi kuzatiladi, qizilo‘ngachdan qusish yuz berishi ham mumkin. Katta hajmdagi divertikul qizilo‘ngachni bosib qo‘yishi mumkin, shunga ko‘ra ko‘krakda og‘riq (ayniqsa ovqatdan keyin) paydo bo‘ladi, bu yurak urishi, nafas qisishi bilan o‘tadi. Bu simptomlar divertikul bo‘shalgandan keyin yo‘qoladi.
Divertikullar rentgenologik jihatidan oson aniqlanadi. Bevosita diafragma ustida qizilo‘ngach devorining turli o‘lchamdagi bo‘rtib chiqqan yumaloq yoki tuxumsimon konturlari aniqlanadi. Kasallik juda sekin kechadi. Ko‘p hollarda divertikul o‘lchami asta-sekin kattalashadi.
Epifrenal divertikullarni diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralaridan farq qilish lozim. Kamdan-kam hollarda unchalik katta bo‘lmagan divertikullarni qizilo‘ngach yarasidan farq qilishda qiyinchilik vujudga keladi. Divertikul bilan megaezofagus (kardiya axalaziyasi) belgilarining birmuncha o‘xshashliklari bor. Xalqum-qizilo‘ngach divertikullariga davo qilish - konservativ. Davolash parhyezga qat'iy rioya qilish, divertikulni drenajlash, yuvishdan iborat va operatsiya qilib davolashga monelik bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Operatsiya qilmasdan davolashda o‘lim, divertikuldagi turli xil asoratlarga bog‘liq va 33% ni tashkil etadi. Operatsiya qilib davolash divertikulni kesish yoki invaginatsiya qilishdan iborat. Divertikuldagi yallig‘lanish hodisalarini to‘xtatishga qaratilgan konservativ davolash eng zarur tadbir hisoblanadi (qattiq parhyez, 7-10 kungacha yallig‘lanishga qarshi vositalar va antnbiotiklar ishlatish). Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning oldingi cheti bo‘ylab kesiladi, qalqonsimon bez chap bo‘lagini yuqoriga va o‘ngga suriladi. Oldin quyi qalqonsimon arteriyani bog‘lab m. omohyoideus ni yuqoriga suriladi. Shundan keyin jarohatda qizilo‘ngach va divertikul ko‘rinib turadi. Divertikulni hamma tomondan bo‘ynigacha ajratiladi, choklar bilan tikiladi va kesib olib tashlanadi T. A. Suvorova UKL-40 apparati yordamida mexanik chokdan foydalanishni tavsiya etadi. Divertikul olib tashlangandan keyin mushaklar va fassiyalarga choklar solinadi. Jarohatni pishiq qilib tikiladi. Ovqat yeyish va suyuqlik ichishga 3-4 sutkalarning oxiriga kelib ruxsat beriladi.
Divertikul invaginatsiyasi (Girard) - divertikulni qizilo‘ngach bo‘shlig‘iga joylashdan iborat. Bunday operatsiyani unchalik katta bo‘lmagan divertikullardagina qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda qizilo‘ngach divertikullarini operatsiya yo‘li bilan davolashdagi xavf-xatar birmuncha yuqori. Shuning uchun divertikullarni taxminan 10-15% bemorlarda operatsiya qilinadi, xolos. Yaxshi bo‘shalmaydigan, ko‘pincha yallig‘lanib turadigan va ro‘yi rost klinik belgilari bo‘lgan o‘lchami katta divertikul xirurgik davolash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Parabronxial divertikullarni o‘ng tomonlama torakotomiya bilan 6 qovurg‘alar orasida, epifrenal divertikullarni chap tomonlama torakotomiya bilan 7-8 qovurg‘alar orasida operatsiya qilgan ma'qulroq. Plevra bo‘shlig‘i ochilgandan keyin mediastinal plevra qirqiladi, qizilo‘ngach topiladi. Qizilo‘ngachga burun orqali zond kiritiladi va uni havo bilan kengaytiriladi. Bu divertikulni topish va ajratishni birmuncha osonlashtiradi. Divertikulni oyoqchasigacha ajratiladi. Diametri 2 sm gacha bo‘lgan divertikullar jimjimador choklar bilan tikilishi mumkin. O‘lchami 2 sm dan katta divertikullar esa olib tashlanadi. Divertikul bo‘ynini uzluksiz yoki boshqacha chok bilan tikiladi, katta divertikullarda mexanik chok qo‘llaniladi. Choklarning ikkinchi qatorini qizilo‘ngachning mushak pardasiga qo‘yiladi. Choklarning chizig‘ini parietal plevra (Depk), o‘pka to‘qimasi (Nissen), diafragma laxtagi (B. V. Petrovskiy, T. A. Suvorova), kapron devor (A.A.Vishnevskiy) va shu kabilar bilan mahkamlanadi. Bu tadbirlar choklarning sitilib ketmasligi uchun qilinadi.
Operatsiyadan keyingi asoratlar qatoriga yana zotiljam va qizilo‘ngach torayishini kiritish mumkin.
Adabiyotlar
I. Asosiy:
1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.
| Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. |
2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.
3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.
4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.
5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.
6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.
7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988
8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990
9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva.
| Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. |
Praktika 1998
10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.
11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
II. Qo‘shimcha:
12. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.
13. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.
14. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.
15. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.
16. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn. 2003g
17. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g
18. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g
19. Ma'ruza mavzusi bo‘yicha Internetdagi manzillar: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
|