• Barchasi qanday boshlangan
  • Bu platforma nega kerak
  • Jarayon qanday kechmoqda
  • 11-mavzu. Khan Academy (Xan Akademiyasi) xalqaro ta’lim platformasi topshiriqlari




    Download 201.19 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.01.2024
    Hajmi201.19 Kb.
    #148689
    Bog'liq
    11-ma`ruza (1)
    sfkurs, 1200commonwordsIELTS, 420-guruh, ped.psixologiya oqitish metodikasi. amaliy, (1-ozbetinshe K.U.A)Q.Zafar, (2-ozbetinshe K.U.A)Q.Zafar, 7-mavzu Pul massasi va pul agregatlari, G’aznachilik tizimi sharoitida ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish, 1, 5mavzu buxgalteriya, Qurilish materiallari va buyumlari taqvim, 1675159512, lab1, UMLmodellesyiriw tili óz betinshe, UMLmodellesyiriw tili óz betinshe


    11-mavzu. Khan Academy (Xan Akademiyasi) - xalqaro ta’lim platformasi 
    topshiriqlari. 
    Onlayn ta'lim olishga qiziquvchilar uchun Khan Academy (Xan 
    akademiyasi) platformasi yaxshi tanish. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, 
    iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar 
    bo‘yicha 10 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan 
    interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi 
    istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin. 
    Butun dunyoda fan ishtiyoqmandlari orasida katta rezonansga sabab bo‘lgan Xan 
    akademiyasi ma'lumotlaridan endi o‘zbek tilida ham foydalanish mumkin. 
    O‘zbekistonlik bir guruh ko‘ngillilar platforma kontentini mahalliylashtirish – 
    o‘zbek tiliga o‘girishga bel bog‘lashgan. Platformaning qulayliklari hamda uni 
    mahalliylashtirish jarayoni haqida loyiha mualliflari so‘zlab berishdi. 
    Barchasi qanday boshlangan? 
    Xan akademiyasiga 2006 yilda amerikalik Salmon Xon tomonidan asos solingan. 
    U boshqa shtatda istiqomat qiladigan jiyaniga matematika bo‘yicha masofadan 
    turib saboq berish uchun darslarni video shaklida yozib, youtube tarmog‘iga 
    joylashtirib boradi. Bu orada uning videosaboqlari boshqa foydalanuvchilar orasida 
    ham keng tarqaladi. Shu tariqa akademiyaning ilk asosi qo‘yilgan. 
    Xan akademiyasi onlayn tarzda mustaqil bilim olishga mo‘ljallangan platforma 
    hisoblanadi. Unda tizimlashtirilgan video va mashqlar mavjud. Videolar 5-6 
    daqiqalik mikroma'ruzalardan iborat. Har bir video muayyan fan bo‘yicha bitta 
    tushunchani tushuntirishga yo‘naltirilgan. Mazkur mavzu yuzasidan bilimlarni 
    sinash uchun interaktiv mashqlar ham taqdim etiladi. 
    Xan akademiyasi kontenti bugungi kunda 36ta tilga tarjima qilingan bo‘lib, undan 
    190dan ortiq davlatda 63 millionga yaqin odam foydalanadi. Eng ahamiyatlisi, 
    platformadan foydalanish mutlaqo bepul. 


    «2014 yilda ilk marotaba matematika bo‘yicha bilimlarimni yangilash maqsadida 
    mazkur platformadan foydalanganman. Platforma ma'lumotlarini o‘zbek tiliga ham 
    o‘girish mumkinligini bilgach, uni ko‘ngilli tarzda tarjima qila boshladim. 2018 
    yilgacha ba'zi tarjimonlar bilan 20 mingga yaqin so‘zni tarjima qilganmiz. 2018 
    yilda o‘zbekistonlik tadbirkor Botir Orifjonov shu platformani mahalliylashtirishga 
    amaliy ko‘mak berishi haqida bildirdi» , – deydi jamoa a'zosi Sehrob Ibrohimov. 
    Bu platforma nega kerak? 
    – Maktablarda o‘quv yili davomida fanlar bo‘yicha mavzular belgilangan reja 
    asosida o‘tib ketilaveradi. O‘rgangan o‘rganadi, o‘rgana olmagan qolib ketaveradi. 
    O‘zlashtira olmaganlar uchun ortga qaytib, qayta mavzu tushuntirilmaydi. 
    Masalan,7-sinfda biron sabab bilan o‘quvchi fizika fanining qaysidir jihatini 
    tushunmasligi mumkin. Lekin u keyingi sinfga o‘tadi. 8-sinfda ham fizika bilan 
    bog‘liq muammolarga duch keladi. Qiziqsa ham mustaqil tarzda tushunmay qolgan 
    mavzularni o‘rgana olmaydi. Xan akademiyasi shunday muammolarga yechim 
    bo‘lishi mumkin. 
    – Respublika bo‘yicha nechta matematika o‘qituvchisi bo‘lsa, ularning barchasi 
    deyarli bir xil vazifani bajaradi. Misol uchun, 5-a sinfiga ham 5-b sinfiga ham bir 
    xil mavzuni tushuntirib chiqadi. Xuddi shu ishni boshqa o‘qituvchilar ham 
    takrorlashadi. Bu vaqtdan samarasiz foydalanishdan boshqa narsa emas. Onlayn 
    ta'lim esa bu holatga yechim bo‘la oladi. 
    Jarayon qanday kechmoqda? 
    «2019 yilda «Bilim onlayn» nodavlat-notijorat tashkiloti tuzildi. U Xan 
    akademiyasi kontentining o‘zbek tiliga tarjima qilinishini tashkillashtiradi. Hozirda 
    54 nafar tarjimon va muharrirlardan iborat katta jamoa mehnat qilmoqda. Har bir 
    tarjimon uyda o‘tirib belgilangan fan bo‘yicha mavzularni tarjima qilib borishi 
    mumkin. Butun jarayon onlayn tarzda amalga oshiriladi. Har kuni bitta tarjimon 
    o‘rtacha 400ta so‘z tarjima qilib boradi» , – deydi jamoa a'zosi Otabek Jo‘rayev. 


    Hozirgacha umumiy kontentdan 1,300,000ta so‘z tarjima qilingan. 115ta video 
    qayta ishlangan. Boshlang‘ich matematika fani bo‘yicha ma'lumotlar to‘liq 
    o‘zbekchaga o‘girilgan. Tayyor materiallardan xanakademiyasi.uz manzili orqali 
    foydalanish imkoniyati mavjud. 
    «1,5 yil ichida butun kontentni tarjima qilishni rejalashtirganmiz. Chunki o‘zbek 
    tilida yaratilishi kerak bo‘lgan boshqa resurslar ham talaygina. Boshqa 
    platformalarni ham o‘zbek tilida tayyorlashni maqsad qilganmiz» , – deydi Elbek 
    Bahromov. 
    Siz ham o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin 
    O‘zbek tilida foydali bilimlar kontentining yaratilishiga siz ham o‘z hissangizni 
    qo‘shishingiz mumkin. 

    Download 201.19 Kb.




    Download 201.19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Khan Academy (Xan Akademiyasi) xalqaro ta’lim platformasi topshiriqlari

    Download 201.19 Kb.
    Pdf ko'rish