• Maxmudov Sirojiddin Ilmiy rahbar Annotatsiya
  • Kreditlash va uning samaradorligini oshirish yo'llari sultonova Sabina




    Download 287,27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi287,27 Kb.
    #236014
      1   2
    Bog'liq
    Sultonova Sabina
    Reja Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi-fayllar.org, Transport iqtisodiyoti-fayllar.org, 4-ma’ruza. Zamonaviy matn muharrirlari reja, 4-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makonidagi-fayllar.org, Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k, kampyuterni tashkil etish 3, ANVAR, 6-Mavzu (1)


    KREDITLASH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI 
     
    Sultonova Sabina 
    SamDUKF biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti Bank ishi va 
    auditi talabasi 
    Maxmudov Sirojiddin 
    Ilmiy rahbar 
     
    Annotatsiya
    Ushbu ilmiy maqolada yurtimizda bank tizimidagi o'zgarish va 
    islohotlar, jumladan, kreditlash va uning samaradorligini oshirish yo'llari ko'rib 
    chiqilgan. 
    Kalit so'zlar: kredit, qisqa muddatli kredit, tovar, ayirboshlash, iqtisodiy 
    adabiyotlar, bozor iqtisodiyoti. 
     
    Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat 
    banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tijorat banklarining paydo 
    bo‘lish tarixiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, banklar avvalo 
    birinchi novbatda kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga 
    kelganligini guvohi bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, banklar 
    tovar-pul m
    unosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, balki keng 
    ko‘lamdagi kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan. 
    “Kredit” tushunchasi to‘g‘risida yana to‘xtaladigan bo‘lsak, kreditning ssuda 
    kapitali harakatining shakli ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda kredit 
    tushunchasiga “qarzga berilayotgan ssuda (tovar, pul ko‘rinishida) tijorat ishonchi” 
    deya ta’rif berilishini guvohi bo‘lamiz.Kreditga eng maqbul ta’rif bu – vaqtincha 
    bo‘sh turgan mablag‘larni ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish 
    va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar 
    majmuasidir. 
    Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob
    ’ekti va sub’ektiga ta’rif berish 
    orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda 
    o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif 
    berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining 
    manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank 
    xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini 
    tushunishimiz mumkin. 
    Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondi
    rishga yo‘naltirilgan qayta 
    taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun 
    daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati 
    olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. 
    U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. 


    Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita 
    daromad ko‘radilar. 
    Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz 
    oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu 
    kabi manfaatlariga etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga 
    ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, 
    kredit faoliyati ishlab chiqarishga investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, 
    progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni 
    makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy 
    valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi 
    masalalarni hal etishda yordam beradi. SHunday qilib, kredit faoliyatini ikki sub’ekt 
    - qarz oluvchi va qarz beruvchi (kreditor)larning
    bo‘lishini taqazo etadigan 
    amaliyot deyish mumkin. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy 
    va ijtimoiy rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar. 
    Ana shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan 
    mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ etishmovchiligidan qiynalayotgan 
    hollarda kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar. Amaliyot 
    shuni ko‘rsatadiki, kredit vositasida pullarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish har 
    qanday holatda mumkin. Naqd pulsiz o‘tkazmalar sharoitida Markaziy bank ham, 
    tijorat banklari ham texnik jihatdan istalgan miqdordagi pulni muomalaga 
    chiqarishi mumkin. Ammo tijorat banklarining naqd pulni muomalaga chiqarish 
    imkoniyati cheklangan. CHunki muomaladagi naqd pul miqdori Markaziy bank 
    balansining passividagi majburiyatlar summasidan oshmaydi va naqd pulni 
    emissiya qilish vakolati faqat Markaziy bank zimmasidadir. Markaziy bank 
    muomalaga chiqaradigan to‘lov vositalari uning balansini aktiv qismi doirasida 
    amalga oshiriladi, tijorat banklarining imkoniyati esa, ularning likvidliligiga nisbatan 
    belgilangan talablar bilan chegaralanadi. Pul mablag‘larini kredit sifatida berishda, 
    yuqorida ta’kidlaganimizdek, quyidagi shartlarga rioya qilinishi talab etiladi: 
    muddatlilik; to‘lovlilik; qaytarishlik; ta’minlanganlik va maqsadlilik. Tabiiyki, mazkur 
    shartlarni to‘liq bajarilishi berilgan kredit bo‘yicha riskning oshishiga yo‘l 
    qo‘ymaydi. Kreditning maqsadliligi uning mijoz faoliyatining bankka ma’lum 
    bo‘lgan va bank tomonidan ma’qullangan yo‘nalishga berilishini anglatadi. 
    Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini 
    ta’minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton rivojlanayotgan 
    mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri 
    kreditlarni garov ta’minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan 
    xulosaga keldi.
    [1]
     
    Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish 
    bahosi kredit va uning foizini qaytarishga etishi lozim. Bu esa, mulkni doimiy 
    ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi. CHunki mulklarning joriy bahosini 
    tez-
    tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat 


    hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda milliy valyuta kursining chet el 
    valyutalariga nisbatan doimiy ravishda o‘sib borish tendensiyasini hamda 
    baholarning muntazam o‘sishini inobatga olgan holda kredit uchun garov sifatida 
    qabul qilingan mol-mulk bahosini har oy yoki har chorak yakuniga qayta 
    baholashni yo‘lga qo‘yish zarurdir. D.Polfreman, F.Fordlar muallifligidagi “Osnovы 
    bankovskogo delo” kitobida mijozning kredit yig‘ma jildini o‘rganishga e’tiborni 
    kuchaytirish kreditlash amaliyotini samarali tashkil etishning muhim omili sifatida 
    qaralgan
    [2]

    Hozirgi zamon jamiyatida banklar
    ko‘p sonli va xilma - xil moliyaviy xizmatlar 
    ko‘rsatadigan muassasaga aylandi. Ular orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash, 
    qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli 
    mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalar 
    amalga oshirilmoqda. Biroq shunga qaramasdan kredit operatsiyalari tijorat 
    banklari uchun birl
    amchi ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiya sifatida saqlanib 
    qolmoqda. 
    Qisqa muddatli kreditlash bu kreditlash ob’ektlari, kreditlash metodlari, ya’ni 
    kreditlash tamoyillari bo‘yicha kredit berish va qaytarish usullariga asoslangan 
    holda kreditning kapital aylanishida qatnashishi tushuniladi. Banklarning qisqa 
    muddatli kreditlashini tashkil qilish turli mamlakatlarda davlatning me’yoriy-
    xuquqiy hujjatlariga asoslanadi. YA’ni, banklar uchun mijoz va bank talablarini, 
    Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, shuningdek, milliy tarixiy bank ishlarini 
    hisobga olish zaruriyatini bildiradi. Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati 
    va roliga nisbatan turli xil nazariy yondashuvlarga ega bo‘lsalar-da, ularning 
    barchasi banklarni qisqa muddatli kreditlashni tashkil qilish asosini korxonaning 
    to‘lov aylanmasi qonuniy ekanligi bilan bog‘lashadi
    [3]
    . Kapital aylanishining 
    asosiy
    qonuniyati sifatida uning uzluksiz ta’minlanishi tushuniladi. 
    Jahon amaliyotida tarixan qisqa muddatli kreditlash tizimining evolyusiyasi 
    bir martalik maqsadli kreditlarning umumiy to‘lov aylanmasini kreditlashga o‘tishga 
    asosl
    angan. Kreditlarni berish va so‘ndirishning aniq usullari banklarning tashkiliy 
    xususiyatlari va ularni korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari, qonunchilik 
    me’yorlari ta’siri ostida shakllandi. Bu usullar G‘arb mamlakatlarining kreditlash 
    tizimlarini bir-bi
    ridan farq qiluvchi qisqa muddatli kreditlash shakllarida o‘z aksini 
    topdi. Masalan, AQSHda kredit liniyalari
    [4]
    , Germaniyada kontokorrent kreditlari
    [5]

    Buyuk Britaniyada overdraft kr
    editlash shakllari keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
    Amaliyotda mazkur shakllar mijozlar to‘lov aylanmasi uzluksizligini ta’minlash va 
    banklar kreditlash hajmini oshirish imkonini beradi. 
    Mamlakat banklarining kreditlash amaliyotida korxonalarda o‘z aylanma 
    mabl
    ag‘larining keskin etishmovchiligi qisqa muddatli kreditlashni rivojlantirishning 
    dolzarbligini belgilaydi. 

    Download 287,27 Kb.
      1   2




    Download 287,27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kreditlash va uning samaradorligini oshirish yo'llari sultonova Sabina

    Download 287,27 Kb.
    Pdf ko'rish