Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.61 Mb.
bet7/10
Sana10.04.2017
Hajmi2.61 Mb.
#4420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Etiologiyasi va patogenezi. Braxeotsefal arteriyalar tutilib qolishni keltirib chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo‘linishi mumkin:

1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari:

- ateroskleroz;

- nospetsifik aorta-arteriit;

- obliteratsiyalovchi trombangit;

- chakka arteriiti.

2. Aorta ravog‘i anevrizmalari braxeotsefal arteriyalarning ikkilamchi torayishi bilan:

- aterosklerotik;

- zaxmli;

- qatlamlanadigan anevrizmalar.

3. Aorta ravog‘i tarmoklarining rivojlanish nuksonlari:

- arteriyalarning ratologshik egri-bugriligi, ogizning surilish nuksonlari;

- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, kovuzloklar xosil kilish va angulyasiyasi;

- aorta ravog‘i tarmoklari nuksonlari.

4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik sindromning eng ko‘p sababchisi xisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3 qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxeotsefalik arteriyalarning zararlanishi bo‘ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko‘proq zararlanadi. Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan tashqaridagi bo‘limlarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5 marta ko‘proq uchraydi.

Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang‘ich segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy xisoblanadi. Ikkala uyqu arteriyasi bir xilda ko‘p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o‘mrov osti arteriyalari ham qo‘shiladi, bunda chap arteriyasi o‘ng arteriyasiga nisbatan 3 baravar ko‘proq zararla­nadi.Ko‘pincha bemorlarda aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari aniqlanadi.

Nospetsifik aorta-arteriit braxeotsefal tomirlar zararlanishining sabablari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Aorta-arteriit uchun stenozlangan qismning birmuncha uzunligi xos. Aorta-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanish­lari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat 30-40 yoshdagi odamlar, ko‘proq ayollar (4:1) kasallanadilar.

Braxeotsefal tomirlarning normal o‘tkazuvchanligini buzadigan uchinchi sabab - ekstravazal kompressiya xisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og‘zi surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskuldan bosilganda (umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo‘ylab qon oqimi kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi bo‘yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o‘smalar tomonidan bosilganda ro‘y berishi mumkin.

Braxeotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o‘tkazuvchanlik buzilishi sodir bo‘lishi bilan ta'riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o‘tish kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.



Download 2.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.61 Mb.