EKG DA KASALLIKLARDA UCHRAYDIGAN PATOLOGIK O’ZGARISHLARNING TAXLILI
Atama: Elektrokardiografiya – yurak kasalliklarini diagnoz qilish maqsadida ishlatiladigan, yurak mushaklari qisqarishida yuzaga keladigan potensiallar farqini grafik ko’rinishida tasvirlashga asoslangan, yurakning elektrofiziologik faoliyatinin o’rganuvchi instrumental usuldir. Elektrokardiogramm – bu yurakning bioelekrik aktivligini ko’rsatuvchi egri chiziq.
Maqsad: Yurak ishidagi patologik o'rgarishlarni diagozlash.
Ko’rsatmalar:
1. Bolalar, o’smirlar, homiladorlar, qurolli kuchlar xizmatchilari, haydovchilar, sportsmenlar, 40 yoshdan oshgan kishilar, xirurgik amaliyot oldidan kasallar, boshqa kasalliklarga chalingan insonlar (qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, o’pka kasalliklari, oshqozon – hazm qilish sistemasi kasalliklari);
2. Kasallikalar diagnozi:
- arterial gipertoniya;
- yurak ishemik kasalligi, shu jumladan, o’tkir, o’tkir osti miokard infarkti, postinfarkt kardioskleroz; - endokrin, dismetabolik, alkogol-toksik kardiomiopatiyalar;
- surunkali yurak yetishmovchiligi;
- yurak illatlari;
- ritm va o’tkazuvchanlikning buzilishlari – WPW – sindrom, mertsal aritmiya, ekstrasistoliya, tahi –va bradikardiya, sinoatrial va atrioventrial blokadalar, Gis tutamining oyoqlarining blokadalari va boshqalari.
- miokarditlar;
- perikarditlar;
3. Yuqorida keltirilgan kasalliklar davosidan (medikamentoz yoki kardioxirurgik) keyingi nazorat.
Qarshi ko’rsatmalar:
Standart elektrokardiografiyani o’tkazishga qarshi ko’rsatma mavjud emas.Ammo amaliyotni utkazish ayrim odamlarda qiyinchilik tug’dirishi mumkin(ko’krak qafasi travmalari, semizlik, tanadagi ko’p sonli tuklar hisobiga elektrodlarni qo’yish qiyinlashadi). Bundan tashqari bemorda kardiostimulyator borligi EKG natijalarini o’zgarishiga olib keladi.
Ammo yuklamali EKG o’tkazishda qarshi ko’rsatmalar mavjud: miokard infarktining o’tkir davri, o’tkir infeksiyon kasalliklarda, arterial gipertoniyani og’ir kechida, yurak ishemik kasalliklarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, yurak ritmini buzulishida, aorta anevrizmida, boshqa sistemalar kasalliklarining dekompensatsiya davrida(ovqat hazm qilish, navas olish, ayirish).
Qizilo’ngach orqali EKG qilishdagi qarshi ko’rsatmalar: qizilo’ngach o’smalarida, strikturalarida va divertikulalarida.
Material taminot
- EKG apparati
- kushetka.
Ko’nikmaning amaliy ahamiyati:
EKG yurak ritmini buzilishida, koronar qon aylanishi buzilishida kata yordam beradi.
Amaliy kunikma bajarilishi:
№
|
Bajarish tartibi
|
Bajardi
|
Bajarmadi
|
1
|
Yurak qisqarish conini va ritmini aniqlash
|
|
|
2
|
Yurak elektr yoyini aniqlash
|
|
|
3
|
Yurak pozitsiyasini aniqlash
|
|
|
4
|
Р tishcha, PQ-interval, QRS kompleksini uzunligini aniqlash
|
|
|
5
|
ST segmenti va Т tishchani joylashuvini aniqlash
|
|
|
6
|
ЭKG xulosasini berish
|
|
|
Amaliy ko’nikmasini bajarishdagi asoratlari:
EKG protsedurasi xavfsiz va zararsiz, shuning uchun asoratlari kuzatilmaydi. EKG yuklama bilan bajarilganda arterial qon bosimi oshishi, ritm va o’tkazuvchanligi o’zgarishi kuzatiladi, lekin bu asoratlarga emas kasallikni aniqlashdagi qo’zg’atuvchi probalarga kiritish mumkin.
EKG – elektrokardiografiya, elektrokardiogramma.
WPW sindrom– sindrom Wolf– Parkinson– Wayt.
|