Quritilgan na’matak mevasining laboratoriyada tekshiruv tahlili




Download 16.67 Kb.
Sana10.06.2023
Hajmi16.67 Kb.
#71829
Bog'liq
maqola uchun
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

Quritilgan na’matak mevasining laboratoriyada tekshiruv tahlili

Na’matak mevasi asosiy dorivor o’simliklardan biri hisoblanadi va yurtimizning tog’li hududlarida ko’p uchraydi. So’nggi yillarda ushbu dorivor o’simlikni saqlash va quritish bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Qizil do’lana mevasi tarkibida Mevasi tarkibida 4-6%, ba’zan 15% gacha vitamin C, vitamin B2, P, E va K, 12-27% karotin, 29% gacha organik kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7% gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi moddalar, urug‘ida moy va boshqa birikmalar bor. Quritilgan na’matak preparatlari yurakning funksional buzilishlarida, gipertenziya, antigionevrozlar, arterial fibrilatsiya, paroksismal taxikardiya, umumiy ateroskleroz, menopauza nevrozi va qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishida davo vositasi sifatida ishlatiladi [1].


Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish juda murakkab texnologik jarayondir. Quritish paytida namlik bug’ yoki suyuqlik shaklida chiqariladi. Quritiladigan xom ashyoga issiqlik bilan ishlov berish vaqtida va undan keyin asl xususiyatlarini o’zgartiradi va bu o’zgarishlarning tabiati va tezligi har bir komponent uchun har xil bo'ladi.
Na’matak mevalarini zich quyilgan qatlamda quritish tezligi tahlilidan ikki davrga ajratish mumkin: doimiy va kamayuvchi quritish tezligi. Aniqlanishicha, bug’langan namlikning asosiy qismi quritish tezligining pasayishi davrida chiqariladi. Quritishning dastlabki daqiqalarida na’matak mevalarining sirt qatlamlaridan namlik bug’lana boshlaydi va namlik gradiyenti paydo bo’ladi - ularning yuzasida namlik markazga qaraganda pastroq. Ushbu gradiyent ta’sirida namlik na’matak yuzasiga o’ta boshlaydi. Shu bilan birga, namlik oqimi mahsulotning qarshiligini yengib chiqadi bu esa namlikning harakat tezligini pasaytiradi, na’matak mevasining harorati oshadi. Mahsulotning doimiy harorati bilan tavsiflangan doimiy quritish tezligi davri qisqa [1].
Mahsulotga o‘tkaziladigan issiqlik qo’shimcha ravishda na’matakni isitishga va mevalardan namlik bug’lanishi paytida hosil bo’lgan bug’ni haddan tashqari qizdirishga sarflanadi. Namlikning bug’lanish zonasi mahsulotning yuzasida emas, balki uning ichida joylashgan, shuning uchun mahsulotning markaziy qatlamlaridan namlik bug’lanish zonasiga suyuqlik shaklida yetib boradi va bug’lanish zonasidan sirtga bug’ holatida harakat qiladi [2].
Quritilgan na’matak mevalari quyidagi qismlarga ajratilib laboratoriya tekshiruvlari olib borildi.

  1. Меваси

  2. Данаги

  3. Мевасининг сувли экстракти

  4. Мевасининг спиртли (этанол) экстракти

Наъматак Оддий сувда бланширланган наъматак, бланширланмаган наъматак, 1,5% ли лимон кислота эритмасида бланширланган наъматак, сояда қуритилган наъматак.
Намуналарни антиоксидантлик хусусиятини аниқлаш учун ДФПГ (дифенилпикрилгидразил) эркин радикалидан фойдаланилди. Намуналар томонидан ДФПГ радикалини қайтариш фаоллиги IC50 қийматларда келтирилган
Намуналар 1мг/мл концентрацияда эритилди ва 10 мклдан 150 мкл гача ДФПГ эритмасига қўшилди (0,1 мМ ДФПГ эритмасининг 200 мкл хажмига).
Наъматак намуналари орасида энг юқори фаоллик 1,5 % ли лимон кислота эритмасида бланширланган наъматак меваси ва унинг спиртли экстрактида кузатилди.
Download 16.67 Kb.




Download 16.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quritilgan na’matak mevasining laboratoriyada tekshiruv tahlili

Download 16.67 Kb.