Bajardi: Qabul qildi




Download 1,4 Mb.
bet1/5
Sana04.06.2024
Hajmi1,4 Mb.
#260021
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy tibbiyot tex

Bajardi:__________

Qabul qildi:_________

Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari

  • Bugungi kunda axborot texnologiyalari faol kirib kelgan sohalardan biri - tibbiyot. Tashxis qo‘yish, muolaja olib borish va profilaktik ko‘riklar taqozosidan kompyuter apparaturalari keng qo‘llaniladi. Masalan, kompyuter tamografiyasi, yaderli tibbiy tashxislash, ultra tovushli tashxislash, mikrokompyuter texnologiyalari asosidagi rentgen tadqiqotlari shular jumlasidandir.
  • Kompyuterlashtirilgan texnika tibbiyot xodimlariga bilimlarini oshirish, qo‘llash, institutda ta’lim olgan nazariy ilmlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotchilar kompyuter vositasida epidemik kasalliklarning tarqalish tezligini ko‘rsatuvchi xarita yaratmoqdalar. Masofaviy tashxislash dasturlari esa shifokor va bemor aloqalarida uzviylik kasb etdi. 
  • Jumladan, tibbiyotning stomatologiya yo‘nalishiga ham axborot texnologiyalari keng kirib kelib, tishlarni davolash va protezlash kompyuter yordamida bajarilmoqda. Tish va prodontni raqamli rentgenografiya qilish amaliyoti shifokorga va bemorga osonlik tug‘dirdi, tish holatidan to‘liq xabardor bo‘lib, to‘g‘ri davolashga yetakladi. Dental videokameralar muolaja qay darajada ta’sir qilayotganini kuzatib borish imkonini beradi.

Shifokor va hamshiralarni qiynab kelayotgan muammolardan biri tibbiyotdagi qog‘ozbozlik edi. Ishi shundog‘am ko‘p va mas’uliyatli sanalmish xodimlar harakatlarini ipidan ignasigacha qog‘ozga tushirishga majbur edilar. Ammo sohadagi har bir harakat inson salomatligi va xatto hayotini hal qilar darajada muhim bo‘lgani bois yozuv-chizuvdan voz kechib ham bo‘lmaydi. Barchasi fakt sifatida qayd etilishi shart, ertaga isbot bo‘lishidan tashqari kelasi muolajalar uchun ham asqatadi. Bu boradagi baxs hamda ikkillanishlarga axborot texnologiyalari uzil-kesil nuqta qo‘ydi: Bemor va muolajalarga oid tibbiy tarix qayd etiladi, faqat buni shifokor emas, kompyuter va internet bajaradi. Doktor esa blankalarni to‘ldirishga ketkazadigan vaqti hisobidan ham bemorni kuzatadi, davo choralarini izlaydi. Shu tariqa xizmat sifati yaxshilanadi.

  • Shifokor va hamshiralarni qiynab kelayotgan muammolardan biri tibbiyotdagi qog‘ozbozlik edi. Ishi shundog‘am ko‘p va mas’uliyatli sanalmish xodimlar harakatlarini ipidan ignasigacha qog‘ozga tushirishga majbur edilar. Ammo sohadagi har bir harakat inson salomatligi va xatto hayotini hal qilar darajada muhim bo‘lgani bois yozuv-chizuvdan voz kechib ham bo‘lmaydi. Barchasi fakt sifatida qayd etilishi shart, ertaga isbot bo‘lishidan tashqari kelasi muolajalar uchun ham asqatadi. Bu boradagi baxs hamda ikkillanishlarga axborot texnologiyalari uzil-kesil nuqta qo‘ydi: Bemor va muolajalarga oid tibbiy tarix qayd etiladi, faqat buni shifokor emas, kompyuter va internet bajaradi. Doktor esa blankalarni to‘ldirishga ketkazadigan vaqti hisobidan ham bemorni kuzatadi, davo choralarini izlaydi. Shu tariqa xizmat sifati yaxshilanadi.
  • Robotlarning operatsiya qilishi, telefondagi mobil ilovalar orqali salomatlik holatini tekshirish, texnik qurilmalar orqali laboratorik tahlillarni uy sharoitida o‘tkazish... Bugungi kunda afsona emas, haqiqatga aylangan ushbu voqealar atrofida bir savol paydo bo‘ladi: Hamma ish texnikaga yuklansa, tibbiyotchilar va ayniqsa jarroh, terapevt, laborantlar ishsiz qoldmaydimi?
  • Birinchidan, tibbiyotda mas’uliyat texnikaga to‘liq yuklanmaydi. Jarayonni kuzatib borish, tashxisni tasdiqlash baribir shifokorning zimmasida qolaveradi. Ikkinchidan, o‘z sohasida yutuqqa erishish istagidagi tibbiyotchi texnika bilan ko‘proq do‘st tutinadi, uning imkoniyatlaridan to‘lig‘icha foydalanishga urinadi. Shunda uning noni yarimta bo‘lmaydi, balki texnologiyalar vositasida ishi yanada unum topadi, mijozlari ko‘payadi, obro‘si oshadi.

Download 1,4 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1,4 Mb.