|
Xirurgik va odamsimon robotlar
|
bet | 3/5 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #260021 |
Bog'liq Zamonaviy tibbiyot tex Xirurgik va odamsimon robotlar Zamonaviy robotlar jarrohlarning imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi, ular operatsiyalarni yuqoriroq aniqlikda va kamroq jarohat yetkazgan holda o‘tkazishga qodir. Robotlar hech qachon odamlarning o‘rnini bosolmaydi, lekin shifokorlar ularni o‘z ishlarida tez-tez ishlatadigan bo‘ladilar. Kelajakda DNK tahlillari tashxis qo‘yish va muolaja tayinlashda oddiy protseduraga aylanadi. Shu orqali shifokorlar bemor organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda unga dori-darmonlar to‘g‘ri belgilanganini kafolatlashlari mumkin. Kiyiladigan datchiklar Zamonaviy texnologiyalar sizga muhim tibbiy ko‘rsatkichlarni arzon va qulay usullarda o‘lchash imkonini beradi. Ixchamgina sensorlar bemorlarni kundalik faoliyatidan chalg‘itmasdan kerakli ma’lumotlarni to‘playdi. Bunday ma’lumotni yig‘ishning bir usuli kerakli datchiklar bilan jihozlangan elektron kiyim kiyib yurishdir. Tibbiy trikoderlar va portativ tashxis «Star Trek» ilmiy-fantastik serialidagi to‘qima gadjet tez orada haqiqatga aylanadi. Siz turli xil diagnostik jarayonlarni amalga oshirish uchun klinikalarga borishingiz shart emas – barchasini uyda o‘tirib, ixcham qurilmalar yordamida amalga oshirish mumkin. «Smartfon tibbiy asboblar paneli sifatida tibbiyot markaziga aylanadi», — deydi doktor Mesko. DIY biotexnologiyalari Mavjud texnologiyalar va DIY ruhiyati muhandis va olimlarning yangi avlodini yaratadi. Butun dunyo bo‘ylab biolaboratoriyalar paydo bo‘lib, o‘zida ixtirochilarni, tajriba va kashfiyotlarni yaxshi ko‘radiganlarni birlashtiradi. Biotexnologiyadagi innovatsiyalar kelajak tibbiyotini butunlay o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘ladi. 3D-chop etish inqilobi
|
| |