|
Tibbiyotni butunlay o‘zgartiradigan texnologik innovatsiyalar haqida
|
bet | 2/5 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #260021 |
Bog'liq Zamonaviy tibbiyot texTibbiyotni butunlay o‘zgartiradigan texnologik innovatsiyalar haqida Salomatlikni geymifikatsiyalashtirish. O‘yinlar hayotimizning ajralmas qismidir, lekin kelajakda sog‘liqni saqlashni monitoring qilish dasturlariga o‘yin komponentini qo‘shib qo‘yish bemorlarni har kuni ma’lumot to‘plashga va sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilishga undashga yordam beradi. Meskoning so‘zlariga ko‘ra, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning yarmidan ortig‘i shifokorlarning ko‘rsatmalariga amal qilmaydi. Geymifikatsiya qilish bemorning shifokor belgilagan kursdan chetlanishini qiyinlashtiradigan muhitni yaratadi. Bemorlarning huquqlarini kengaytirish Sog‘liqni saqlash xizmati shifoxonalardan tashqariga chiqib, bemorlarning o‘zlarini anglashlariga va vakolatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ko‘pchilik internetdan kasallik belgilarini aniqlab, o‘z-o‘ziga taxminiy tashxis qo‘yish uchun foydalanadi. Sog‘lom aql malakali tibbiyot mutaxassislariga murojaat qilish mumkin bo‘lgan hollarda bunday qilishni ma’qullamaydi, ammo shifokorlar bemorlarga internetdan ma’lumot olish uchun foydalanishni ham taqiqlay olishmaydi. Teletibbiyot va masofadan parvarishlash Innovatsion texnologiyalar asosida shifokorlar uyda yoki nazorat ostida davolanayotgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lishlari mumkin. Bu nafaqat vaqtni, balki pulni ham tejash imkonini beradi. Bemorning muolajadan oldingi, muolaja vaqtidagi va muolajadan keyingi ahvolini nazorat qiluvchi robotlashtirilgan avtonom yechimlar mavjud. Tibbiy ta’limni qayta ko‘rib chiqish Tibbiyot institutlari shifokorlarni «elektron» bemor va yuqori texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlashadi. Mutaxassislarni o‘qitish uzoq vaqt talab etadi va shuning uchun ham talabalar o‘rganayotgan tajribalar bitiruv vaqtiga kelib eskirib qolmoqda. Darsliklarning o‘rnini raqamli sinflar egallashi kerak, bu o‘z navbatida talabalar va amaliyotdagi shifokorlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi hamda dolzarb axborot va resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
|
| |