INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON
"MODERN EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
Vol.2 No.11 (2023)
12
YARIMO’TKAZGICHLI FOTOELEMENTLARLARDA
O’TKAZUVCHANLIK
Farg‟ona davlat universiteti akademik litseyi
“Aniq fanlar” kafedrasi fizika fani o‟qituvchisi
Tashxodjayev Temurbek To’lqin o’g’li
Annotatsiya: O„zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi islohotlar qatorida ilm - fan va ta‟lim sohasiga ham katta
ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyev tomonlaridan 2017-yil 20-aprelda “Oliy ta‟lim tizimini yanada
rivojlantirishning chora - tadbirlari to„g„risida”gi PQ-2909-sonli, 2021-yil 19-
martda “Fizika sohasidagi ta‟lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-5032-sonli imzolagan qarorlari va
“Yangi O„zbekiston strategiyasi” nomli asarlari ilm-fan va ta‟lim sohasida olib
borilayotgan islohotlarni yanada yangi bosqichga ko„tardi. Yarimo`tkazgichlar
insoniyatning taraqqiyot yo„liga juda dadil va keng ko„lamda kirib kelib,
tobora yangi sohalarda ishlatilmoqda. Yarimo`tkazgichlar fizikasi va
yarimo`tkazgichlarni tayyorlash texnologiyalari fan bilan amaliyot o„rtasidagi
o„zaro uzviylilikning yorqin namunasi bo„la oladi. Ular - texnologiyada, tibbiyot,
metrologiya, axborotni qayta ishlash va uzatish, fizik, kimyoviy va biologik
tadqiqotlar hamda harbiy sohalarda bizning imkoniyatlarimizni kengaytirdi.
Kalit so’zlar: Aralashma markazlarida yorug‟likni yutilish koeffitsienti,
xususiy yutilishga nisbatan kam bo‟lganligi uchun aralashma bilan boyitilgan
yarim o‟tkazgich.
Fotoelementning ishlashi yarim o‟tkazgichlarning yorug‟likka juda sezgir
bo‟lishligi xossasiga asoslangan. Agar yarim o‟tkazgich namunasiga yorug‟lik
tushsa, u yarim o‟tkazgich ichida yutilib (elektron-kovak juftligi hosil bo‟ladi), o‟z
energiyasi hisobiga elektronlarni valent zonadan o‟tkazuvchanlik zonasiga
o‟tkazishi, shu tarzda tok o‟tkazishda ishtirok qiladigan elektronlar va kovaklar
|