• Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish.
  • Mavzu: modda almashinish asoslari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/51
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #131018
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bog'liq
    1-Maruza



    1-MARUZA
    MAVZU: MODDA ALMASHINISH ASOSLARI. 
    REJA: 
    1. Modda almashinish jarayonlarining turlari va ularga ta`rif. 
    2. Molekulyar diffo’ziya 
    3. Konvektiv diffo’ziya 
     
    Bir fazadan ikkinchi fazaga modda ta`sir etishi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar modda 
    almashinish jarayonlari deb yuritiladi. Modda ochtish jarayoni fazalar o’rtasida muvozanat holat 
    yo’z bergunga qadar davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo’lgan 
    nuqtadan konsentratsiyasi past bo’lgan nuqtaga tomon o’tadi. Nam materiallarni quritish, 
    suyuqliklarni haydash, gaz aralashmalari tarkibidagi birorta komponentni yutuvchi suyuqlik 
    yordamida ajratib olish, qattiq jism tarkibidagi kerakli komponentni eritib olish yoki 
    eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar modda almashinish jarayonlari qatoriga 
    kiradi. Modda almashinish jarayonlari kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida muhim 
    o’rin egallaydi. 
    Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan. 
    Absorbsiya. Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning 
    suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik ab-
    sorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan 
    ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va 
    sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi. 
    Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish. Bunday jarayonlar suyuq gomogen 
    aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo’ladigan bug` bilan 
    o’zaro ta`siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug` fazalar orasida 
    komponentlarning o’zaro almashinish yo’li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni 
    haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta`sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash 
    (distillyatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq 
    aralashmalarni komponentlarga ajratish, o’ta toza suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun 
    qo’llaniladi. 

    Download 1,41 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish