1-MARUZA
MAVZU: MODDA ALMASHINISH ASOSLARI.
REJA:
1.
Modda almashinish jarayonlarining turlari va ularga ta`rif.
2.
Molekulyar diffo’ziya
3.
Konvektiv diffo’ziya
Bir fazadan ikkinchi fazaga modda ta`sir etishi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar modda
almashinish jarayonlari deb yuritiladi.
Modda ochtish jarayoni fazalar o’rtasida muvozanat holat
yo’z bergunga qadar davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo’lgan
nuqtadan konsentratsiyasi past bo’lgan nuqtaga tomon o’tadi. Nam materiallarni quritish,
suyuqliklarni haydash, gaz aralashmalari tarkibidagi birorta komponentni
yutuvchi suyuqlik
yordamida ajratib olish, qattiq jism tarkibidagi kerakli komponentni
eritib olish yoki
eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar modda almashinish jarayonlari qatoriga
kiradi. Modda almashinish jarayonlari kimyoviy ishlab chiqarishning
turli sohalarida muhim
o’rin egallaydi.
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan.
Absorbsiya.
Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning
suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi.
Yutuvchi suyuqlik ab-
sorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan
ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik
gazlarni ajratish va
sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi.
Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish.
Bunday jarayonlar suyuq gomogen
aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo’ladigan bug`
bilan
o’zaro ta`siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan.
Suyuq va bug` fazalar orasida
komponentlarning o’zaro almashinish yo’li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni
haydash deb ataladi.
Bu jarayon issiqlik ta`sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash
(distillyatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq
aralashmalarni komponentlarga ajratish, o’ta toza suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun
qo’llaniladi.