Mavzu: modda almashinish asoslari




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana17.05.2024
Hajmi1,41 Mb.
#239805
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
Mavzu modda almashinish asoslari

Membranali distillash.
Ushbu jarayon polimer yoki qattiq strukturali materialdan 
tayyorlangan g’ovakli membrana qatlamida hosil qilingan harorat gradienti ta`sirida yo’z beradi. 
30-70°C gacha isitilgan dastlabki eritma mikrog’ovakli gidrofob membrananing bir tomoniga 
beriladi. Membrananing ikkinchi tomonidan esa kam isitilgan (sovuq) erituvchi (odatda suv) 
harakat qiladi. Membrana gidrofobli va g’ovaklarning o’lchami ancha kichik (bir mikrometr va 
undan ham kam) bo’lganligi sababli, suyuq faza membrana g’ovaklariga kirmaydi. Issiq eritma 
yuzasidan bug` membrananing g’ovaklariga kiradi, u yerda havo qatlami orqali diffo’ziya yo’li 
bilan o’tadi va sovuq suyuqlik yuzasida kondensatsiyalanadi. Bunday sharoitda g’ovaklarda 
bochshliq paydo bo’lib, bug`lanish jarayonini tezlatadi va natijada jarayonning samaradorligi 
oshadi. 
Membranali distillash yo’li bilan quyidagi vazifalari hal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi: 
elektrolitlarning suvli eritmalarini quyuqlashtirish va chuchuklashtirish; dengiz suvini 
chuchuklashtirish; tibbiyot maqsadlari uchun o’ta toza suv olish; bug` qozonlari uchun toza suv 
olish va hokazo. Membranali distillash jarayoni amaliy jihatdan atmosfera bosimi ostida boradi, 
shu sababdan ushbu jarayonni amalga oshirishga mo’ljallangan qurilmalar arzon polimer 
materiallaridan tayyorlaniladi. 
 
MAVZU: MEMBRANALI QURILMALAR. 
REJA:
1.
Membranali qurilmalar 
2.
Tekis membranali qurilmalar 
3.
Quvursimon membranali qurilmalar 
Membranali qurilmalar.
Sanoatda ishlatiladigan membranali qurilmalar bir qator 
talablarga javob berishlari kerak: membrananing qurilma hajm birligiga tochg`ri kelgan qiymati 
katta; qurilmani yig`ish va montaj qilish oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan 
harakat qilishi; qurilmadagi bosim farqi imkon boricha kichik; mexaniq jihatdan mustahkam va 
hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo’lgan qurilmani loyihalash mumkin emas, albatta. Shu 
sababdan aniq bir jarayon uchun membranali qurilmaning eng maqbul konstruksiyasi tanlab 
olinadi. 
Membranali qurilmalar asosan 4 turga bo’linadi: 
1) membranali elementlari tekis bo’lgan qurilmalar; 


2) membranalari quvursimon bo’lgan qurilmalar; 
3) membranalari o’ram holatida bo’lgan qurilmalar; 
4) membranalari ichi bochsh tolalardan tashqil topgan qurilmalar. 
Membranali qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish