• (K u yoki k x ) ni yoki ushbu kattaliklarning ko‘paytmasi bo‘lmish hajmiy massa o‘tkazish koeffitsienti K u
  • MAVZU: MEMBRANA ORQALI MODDA ALMASHINISH. REJA. 1. Membrana orqali modda almashinish haqida umumiy tushuncha . 2.
  • Mavzu: modda almashinish asoslari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    x
    a*V*∆x
    o’r
     
    Qurilmaning ishchi hajmi:
    V=FH;
    bu erda F- qurilma ko‘ndalang kesimi yuzasi, m; N - kurilmaning ishchi balandligi, m.
    Agar, V ning qiymatini (5.63) ga qo‘yib, tenglamani 

    ga nisbatan echsak, kurilmaning 
    balandligini topamiz: 
     

     

     
    (5.64) tenglamadan N ni aniqlashda solishtirma yuza a va massa o‘tkazishning sirtiy 
    koeffitsienti 
    (K u 
    yoki 
    k
    x
    ) ni yoki ushbu kattaliklarning ko‘paytmasi bo‘lmish hajmiy massa 
    o‘tkazish koeffitsienti 
    K u 
    ni bilish kerak. Kurilmaning ishchi balandligini aniqlashda o‘tkazish 
    birligi soni yordamida ham topish mumkin. 


    MAVZU: MEMBRANA ORQALI MODDA ALMASHINISH. 
    REJA. 
    1.
    Membrana orqali modda almashinish haqida umumiy tushuncha

    2.
    Membranalarning asosiy turlari 
    3.
    Membranali jarayonlarning fizik xossalari 
    Xalq xochjaligining ko’pchilik sohalarida suyuq va gazsimon aralashmalarni ajratish 
    uchun haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, adsorbsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Biroq 
    aralashmalami ajratishda eng universal usul hisoblangan membranali usulni qo’llash yaxshi 
    samara berishi mumkin. Bu usulning mohiyati yarim o’tkazuvchan membranalar orqali modda 
    o’tkazish jarayonini tashqil etishdan iborat. 
    Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda: 
    1) kimyo va neft kimyosi sanoatida-azeotrop aralashmalarni ajratish, eritmalarni tozalash 
    va quyiqlashtirish, eritmalardagi tarkibida kichik molekulali komponentlarni ushlagan yuqori 
    molekulali birikmalarni tozalash yoki ajratib olish va hokazo; 
    2) biotexnologiya va tibbiyot sanoatida-biologik faol moddalar, voksinalar, fermentlar va 
    shu kabi boshqa birikmalarni ajratish va tozalash; 
    3) oziq-ovqat sanoatida meva va sabzavot sharbatlari, sutni quyuqlashtirish, yuqori sifatli 
    qandni olish va hokazo. 
    Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava 
    suvlarni tozalashda keng qo’llanilmoqda. 
    Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda. 
    Masalan, havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan tochyingan havoni olish, tabiiy gazdan 
    geliy va 
    SO
    2
    ni ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo’llash yaxshi samara 
    bermoqda. 
    Sanoatning turli sohalarida qo’llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi 
    turlarga bo’linadi: teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana 
    orqali bug`latish, membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni 
    ajratish. Ushbu jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o’tkazuvchan membrana 
    bilan kontaktda bo’ladi. 
    Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko’ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi: 
    1) harakatlantiruvchi kuch sifatida bosim gradienti ishlatilganda
    baro-membranali
    jarayonlar (teskari osmos, manofiltrlash, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash); 
    2) harakatlantiruvchi kuch sifatida konsentratsiya gradienti qabul 
    qilinganda. Diffo’zion-
    membranali
    jarayonlar (dializ, membrana orqali bug`lanish, membrana yordamida gazlarni 
    ajratish va boshqalar); 
    3) harakatlantiruvchi kuch sifatida elektr potensiali qo’llanilganda 
    elektromembranali 
    jarayonlar
    (elektrodializ, elektroosmos va boshqalar); 
    4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo’lsa 
    termo-membranali jarayonlar
    (membranali distillash va boshqalar). 
    Ba`zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil harakatlantiruvchi kuchlar birga 
    bo’lishi mumkin. 
    Membaranadan ochtgan mahsulot 
    permeat
    deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning 
    membrana oldida qolgan qismi 
    retant
    (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish