yo’z beradi. Ultrafiltrlash erigan komponentlarning molekulyar massalari erituvchining
molekulyar massasidan ancha katta bo’lgan sistemalarni ajratish uchun qo’llaniladi. Odatda
ultrafiltrlash jarayoni nisbatan kichik bosimlarda (0,2-1,0 MPa) olib boriladi.
Mikrofiltrlash.
Agar membranali jarayon eritmadan yirik
kolloid zarrachalarni yoki
muallaq holatida bo’lgan kichik zarrachalarni (o’lchami 0,1-10 mkm atrofida bo’lgan) ajratish
uchun mo’ljallangan bo’lsa, mikrofiltrlash deb ataladi. Ushbu jarayon ham membrananing ikki
tomonidagi bosimlar farqi ta`sirida boradi. Mikrofiltrlash ish bosimi
ancha kichik qiymatga
(megapaskalning ochndan yoki yo’zdan biri) teng bo’lgan holatda olib boriladi.
Mikrofiltrlash jarayoni elektronika, tibbiyot, kimyo, mikrobiologiya
kabi sohalarda keng
qo’llanilib, nafis suspenziyalarni (masalan, latekslar) quyuqlashtirish, turli eritmalarni tindirish
(muallaq holatidagi zarrachalarni ajratish), oqova va tabbiy
suvlarni tozalash uchun
ishlatilmoqda.
Dializ.
Bu jarayon moddalarning yarim o’tkazuvchi membrana orqali har xil diffo’ziya
tezligi bilan ochtishiga asoslangan. Ushbu jarayonda membrana quyuqlashgan va suyuqlashgan
eritmalarni bir-biridan ajratib turadi. Shu sababli ushbu usuldan odatda molekulyar massalari
(yoki diffo’ziya koeffitsientlari) bir-biridan katta farq qiladigan komponentlarni
ajratish uchun
qo’llaniladi. Quyuqlashgan va suyuqlashgan eritmalarning konsentratsiyalari o’rtasidagi farq
(konsentratsiyasi gradienti) ta`sirida erigan moddalar turlicha diffo’ziya tezligi bilan membrana
orqali suyuqlashgan eritma tomonga o’tadi. Erituvchi (odatda suv) esa teskari yo’nalishda
harakat qilib, erigan moddalarning ochtish tezligini kamaytiradi.