qurilmaning qobiqsiz modeli eng maqbul hisoblanadi.
Quvursimon membranali qurilmalar.
Bunday qurilmalarning asosini g’ovaksimon
quvurning ichki yoki tashqi yuzasiga mikrog’ovakli material bilan birga joylashtirilgan yarim
o’tkazuvchi membrana tashqil etadi. Mikrog’ovakli material ajralayotgan eritmaning ish bosimi
ta`sirida membranani quvurning kanallariga bosib kirgizishining oldini olishga xizmat qiladi.
Quvursimon elementli qurilmalar ichida membranasi quvur ichida joylashgan turlari ko’p
tarqalgan. Bunday qurilmalarning afzalliklari: qobig`ining yo’qligi sababli uni tayyorlash uchun
material kam sarflanadi; teshikli kanalning uzunligi kam bo’lganligi uchun permeat oqimiga
bo’lgan gidravlik qarshilikning qiymati kichik; membrananing ishlashi uchun yaxshi
gidrodinamik shart-sharoitlar yaratilgan; membrana elementlarini mexaniq usul bilan tozalash
imkoniyati mavjud; quvursimon membrana elementlarini qurilma ichiga joylashtirish qulay;
qurilmaning zichligi ishonchli.
Bunday qurilmalar bir qator kamchiliklardan ham xoli emas: qurilmadagi membrananing
solishtirma yuzasi kichik (60-200 mVm
3
); g’ovakli qolipning ichki yuzasini yuqori aniqlik bilan
tayyorlash va mexaniq qayta ishlash kerak bo’ladi; membranani tayyorlash jarayonini nazorat
qilib turish imkoniyati yo’q.
Membranalari quvursimon bo’lgan qurilmalar cho’kma hosil qiluvchi eritmalarni
ultrafiltrlash va mikrofiltrlash usullari bilan ajratish hamda tarkibida ko’p miqdorda to’zni
ushlagan suvlarni teskari osmos usuli bilan chuchuklashtirish maqsadlari uchun keng
qo’llanilmoqda.