|
Mavzu: modda almashinish asoslariBog'liq Mavzu modda almashinish asoslari31.3-rasm.
Nasadkalarning turlari:
a — ko’tariluvchi kurakchali; b — sektorli; d, e — tarqatuvchi;
/ — berk yacheykali.
materiallarni quritish uchun ko’taruvchi parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta
zichlikka ega bo’lgan katta bo’lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar
ishlatiladi. Kichik bo’lakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng
ishlatiladi. Mayda qilib yozilgan, chang hosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali donasimon
nasadkalari bo’lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab
nasadkalardan foydalaniladi.
Barabanli quritkichlarda materialning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz
fazalari oralig`ida o’zluksiz kontakt yo’z beradi. Bunday quritkichlarning ish unumdorligi
bug`lanayotgan namlik bo’yicha 100—120 kg/m
3
soat gacha etadi. Barabanning diametri esa
1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli quritkichlar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish
uchun keng qo’llaniladi.
Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar.
Bunday quritkichlar oxirgi 20—30 yil
davomida eng ko’p qo’llanilmoqda. Jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq
material zarrachalari va qurituvchi agent o’rtasida kontakt yuzasi ko’payadi, namlikning
materialdan bug`lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi kunda
kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash qatlamli quritkichlar sochiluvchan donasimon
materialdan tashqari, qovushib qolish xususiyatiga ega bo’lgan materiallar, pastasimon
moddalar, eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni suvsizlantirish uchun ham ishlatilmoqda.
O’zluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (31.4-rasm). Nam material
bunkerdan tachminlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi. Kameraning pastki qismida
tarqatuvchi to’r joylashtirilgan. Havo ventilyator orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu
yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli
gazlar bilan aralashmasi) ma’lum tezlik bilan tochming pastidan beriladi. Havo oqimi ta`sirida
qattiq material donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to’rdan bir
oz tepada joylashgan shtutser orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi. Ishlatilgan
gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi.
|
| |