• Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar.
  • Mavzu: modda almashinish asoslari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    Lentali quritkichlar.
    Bunday quritkichlarda material o’zluksiz ravishda atmosfera 
    bosimida quritiladi (31.5-rasm). Quritish kamerasi ichidagi ikkita baraban o’rtasida o’zluksiz 
    lenta tortilgan. Barabanlarning bittasi elektromotor yordamida harakatga keladi, ikkinchisi esa 
    yordamchi bo’ladi. Nam material lentaning bir uchiga beriladi, quruq material esa lentaning 


    ikkinchi uchidan ajraladi. Quritish jarayoni issiq havo yoki tutunli gazlar yordamida olib 
    boriladi. Bu turdagi quritkichlar bitta yoki ko’p lentali bo’ladi. Sanoatda ko’p lentali quritkichlar 
    keng ishlatiladi. Ko’p lentali quritkichlarda qurituvchi agent nam materialga nisbatan 
    perpendikulyar yo’nalgan bo’ladi. Material bir lentadan ikkinchisiga tushayotganda uning 
    qurituvchi agent bilan kontakt yuzasi ko’payadi. Bunday quritkichlarda quritish jarayonining 
    turli variantlarini tashqil qilish mumkin. 
    Lentali quritkichlar ko’p joyni egallaydi va ularni ishlatish ancha murakkab (lentalarning 
    cho’zilishi va barabanda notochg`ri joylanish holatlari rochy berishi mumkin). Bunday 
    quritgichlarning solishtirma ish unumi kichik, solishtinna issiqlik sarfi esa katta, pastasimon 
    materiallarni quritish mumkin emas. 
    Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar.
    Bunday quritkichlar mineral 
    to’zlarning eritmalarini, bo’yovchi moddalarni, suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini, fermentlarni va 
    shu kabi materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi quritkichlar ichi bochsh 
    silindrsimon (diametri 5 m va balandligi 8 m gacha bo’lgan) qurilmadan iborat bo’lib, uning 
    yuqorigi qismida quritilishi lozim bo’lgan suyuq modda sochib beriladi va parallel oqimda 
    harakat qilayotgan qurituvchi agent (issiq havo yoki tutunli gazlar) bilan tochqnashadi, natijada 
    namlik katta tezlik bilan bug`lanadi. Sochib beruvchi quritkichlarda bug`lanishning solishtirma 
    yuzasi katta bo’ladi, shu sababli quritish jarayoni qisqa vaqt (taxminan 15—30 s) davom etadi. 
    Quritish qisqa vaqt davom etganligi sababli jarayon past haroratlarda olib boriladi, natijada sifatli 
    kukunsimon mahsulot olinadi. Agar nam material oldin qizdirib olinsa, sovuq holdagi qurituvchi 
    agentdan ham foydalansa bo’ladi. Materialni sochish uchun mexaniq va pnevmatik forsunkalar 
    hamda markazdan qochma disklar (aylanishlar soni minutiga 4000—20000) ishlatiladi. 
    Sochib beruvchi quritkichda (31.6-rasm) nam material quritish kamerasiga forsunka 
    yordamida sochib beriladi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish