• Nasadkali absorberlar.
  • 25.5-rasm. Nasadkali absorber: 1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — nasadka qatlami; 4 — tayanch to’ri; 5 — gidravlik zatvor.
  • -rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    25.4-rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar; 
    Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi kontakt yupqa qatlamda (plyonkada) 
    yo’z beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik almashinish yuzasining ustida 
    suyuqlikning tez aralashishi yo’z beradi. Shu sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik 
    effektiga ega bo’lgan gaz aralashmalaridan kerakli komponentlarni ajratib olishda foydalaniladi. 
    Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin bo’lgan 
    eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6 m/s). Ushbu absorberlarning gidravlik qarshiligi juda 
    kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi katta bo’lib, gidravlik qarshilikning 
    qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda 
    ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
    Nasadkali absorberlar. 
    Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar qatoriga 
    kiradi. Har xil shaklli va turli o’lchamga ega bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan 
    to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun 
    ular sanoatda keng ishlatiladi.
    25.5-rasm. Nasadkali absorber: 
    1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — nasadka qatlami; 4 — tayanch to’ri; 5 — 
    gidravlik zatvor. 
    Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi. 
    Qurilmaning ichki bochshlig`i nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (25.5-rasm) yoki har birining 
    balandligi 1,5—3m bo’lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga beriladi, 
    sochngra nasadka qatlamidan o’tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus 


    taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o’tayotganda pastdan berilayotgan 
    gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlash uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning 
    butun kochndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib berilishi kerak. Bu qurilmaning kontakt yuzasi 
    nasadkalar yordamida hosil qilinadi. 
    Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda 
    gaz va suyuqlikni qurilmaning kochndalang kesimi bo’yicha bir mechyorda taqsimlash juda 
    qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda 
    diametri 12 m gacha bo’lgan absorberlar ham ishlatiladi. 
    Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, 
    polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va 
    boshqalar ishlatiladi (25.6-rasm). Nasadkalar samarali ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi 
    kerak: 
    1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi; 
    2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi; 
    3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi; 
    4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi; 
    5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta`siriga nisbatan kimyoviy 
    mustahkam bo’lishi; 
    6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi; 
    7) Mexaniq jihatdan mustahkam; 
    8) Arzon bo’lishi lozim. 
    Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan, solishtirma 
    yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik qarshiligining ortib ketishiga olib keladi. Shuning 
    uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar 
    ishlatiladi. Sanoatda Rashig halqalari eng ko’p qo’llaniladi. 
    Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv suyuqliklar 
    bilan ishlash imkoniyati mavjud. 



    Download 1,41 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar

    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish