tabiatiga ko’ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, bug`-gaz
aralashmasida aseton suv yordamida absorbsiya yo’li bilan ajratib olingandan sochng, suyuqlik
tarkibidagi aseton rektifikatsiya yordamida ajratib olinadi.
Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi:
1) Inert gaz yoki suv yordamida ajratib olinadi;
2) Absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi;
3) Absorbsiya jarayonidan keyin absorberdagi bosimni kamaytirish natijasida ajratib
olinadi.
Inert gaz yoki suv bug`i ta`sirida desorbsiya qilish.
Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya
qilish uchun inert gaz yoki suv bug`i ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv bug`i suyuqlik bilan
bevosita bir-biriga ta`sir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik
ustidan desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori bo’lgani uchun bu komponent
suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv bug`iga o’tadi. Yutilgan gazni suyuqlikdan ajratib olish uchun
desorbsiya jarayoni inert gaz va suv bug`i ta`sirida qarama-qarshi yo’nalishda yoki nasadkali
kolonnalarda olib boriladi. Inert gaz sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib
ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa
maqsadlarda ishlatilmagan hollarda qo’llaniladi.
Absorbentga issiqlik berish yo’li bilan yutilgan gazni ajratib olish.
Desorberga issiqlik
berilganda, masalan, u suv bug`i bilan isitilganda, suyuqlikdan desorbsiya qilinayotgan kompo-
nent bilan absorbentning bir qismi ham bug`lanadi. Hosil bo’lgan aralashmalardan kerakli
komponentni ajratib olish uchun rektifikatsiya usuli qo’llaniladi.