• Plyonkali absorberlar.
  • Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish.
    Bu desorbsiya usuli 
    juda oddiy bo’lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda 
    kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya 
    qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi 
    komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan 
    komponentni butunlay ajratib olish uchun ko’pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan 
    birgalikda past bosim ostida olib boriladi. 
     
    MAVZU:ABSORBERLAR. 
    REJA: 
    1.
     
    Absorberlarning tuzilishi 
    2.
     
    Plyonkali absorberlar. 
    3.
     
    Nasadkali absorberlar. 
    4.
     
    Tarelkali absorberlar. 
    5.
     
    Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar. 
    Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada rochy beradi. Shu sababdan absorberlarda 
    iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (tochqnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur. 
    Fazalarning tochqnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi 
    turlarga bo’linadi: 
    l)plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi. 
    Plyonkali absorberlar.
    Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori 
    bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi. Ushbu absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda 
    vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yo’z beradi. 25.4-rasmda 
    quvurli plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli 
    issiqlik almashinish qurilmasiga ochxshash. Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur 
    tochsiqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir mechyorda taqsimlanib, 
    quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida pastga harakat 
    qiladi. Gaz esa quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan 
    suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Gazning tarkibidagi tegishli komponentni 
    yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert 
    qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi. 


    Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi 
    bochshliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish

    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish