|
4-mavzu. Issiqlik olish usullari va sanoatda issiqlik energiyasi. Reja: Yoqilg’ini tasniflash
|
bet | 1/4 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 162,46 Kb. | | #263945 |
Bog'liq Taqdimot 4 4-MAVZU. ISSIQLIK OLISH USULLARI VA SANOATDA ISSIQLIK ENERGIYASI. Reja: 2. Yoqilg’ilarga qo’yildaigan talablar, yoqilg’ining yonish issiqligi, shartli yoqilg’i 3. Yonish jarayonining nazariyasi, yoqilg’i yonish jarayonining hisobi. 4. Gaz holdagi yoqilg`ilar uchun yonish jarayoning hisobi. 1. Yoqilg`ini tasniflash 1. Yoqilg`ini tasniflash Yoqilg`i deb - sanoatda foydalanish uchun qurilmalarda yoqilishi mumkin bo`lgan yonuvchi moddalarga aytiladi. Yoqilg`ilar tabiiy va sun’iy bo`lishi mumkin. Tabiiy yoqilg`i organik va noorganik turlarga bo`linadi. Ishlatilish turiga qarab energetik va texnologik turga bo`linadi. Energetik yoqilg`ilar - qurilmalarda issiqlik va elektr energiyasini olish uchun ishlatiladi. Texnologik yoqilg`i - O`choqlarda, quritgichlarda ishlatilib, hamda ularni kimyoviy qayta ishlatib sun’iy yoqilg`i turi yani, koks, yarimkoks va generator gazlari olinadi. Atom energiyasidan ham foydalaniladi 235U, 238U, 239Ru . Yoqilg`iga qo`yiladigan talablar - . Yoqilg`iga qo`yiladigan talablar
- -yoqilg`i yonganda massa va hajm birligida ko`p issiqlik ajratib chiqarishi;
- -atrof muhitga yoki issiqlik qurilmasi konstrukstiyasi materiallarga tasir etadigan noxush gazlarini chiqarmasligi;
- -yoqilg`i arzon bo`lib uzoq vaqt saqlanganda o`zining xususiyatini o`zgartirmasligi kerak.
- Yoqilg`i agregat holatiga qarab qattiq, suyuq, gazsimon bo`ladi.
- Yoqilg`i yonuvchan va yonmaydigan qismlardan tashkil topadi.
- Yonuvchi qismga C,H,O,N,S kiradi.
- Yonmaydigan qismga namlik W va kul (A) kiradi.
- Qattiq yoqilg`ining alohida tarkibiy qismi uning masssiga nisbatan foizda hisoblanadi. Gazsimon yoqilg`ining tarkibi uning hajmiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
- Yoqilg`ining issiqlik berish qobiliyati deb - 1kg qattiq yoki suyuq va 1m3 gazsimon modda yonganda ajraladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.Turli yoqilg`ilarni sarfini taqqoslash uchun shartli yoqilg`i degan tushuncha kiritilgan.
- Shartli yoqilg`i deb - solishtirma issiqlik berish qobilyati qshartli = 29,33 Mdj (7000 kkal/kg) bo`lgan yoqilg`iga aytiladi.
Shartli yoqilg`i deb - solishtirma issiqlik berish qobilyati qshartli = 29,33 Mdj (7000 kkal/kg) bo`lgan yoqilg`iga aytiladi. 1(rasm)
Qattiq yoqilg`i - qatoriga yog`och, shaffof, qo`ng`ir ko`mir, toshko`mir, antrastit, briketlar,. koks kiradi.2(rasm )
Suyuq yoqilg`iga - neft va mazut kiradi.3-(rasm)
Gazga - tabiiy gaz kiradi 4-(rasm)
|
| |