|
Metallurgik pechlarning issiqlik balansi
|
bet | 1/2 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 19,67 Kb. | | #124192 |
Bog'liq Metallurgik dastgohlarning issiqlik balansi
Metallurgik dastgohlarning issiqlik balansi
Reja:
Metallurgik dastgohlarni issiqlik energiyasi
Metallurgiyada qo’llaniladigan dastgohlar
Metallurgik korxonalarda yoqilg’ilarni yoqish
1.Metallurgik dastgohlarni issiqlik energiyasi bilan taminlash uchun asosiy manba yoqilg’I hisoblanadi. Yoqilg’I deb shunday moddaga aytiladiki uni kislorodli muhitda qizdirganda shiddat bilan oksidlanib ya’ni yonib ma’lum miqdorda issiqlik ajratib chiqaradi. Ularga elementar oltingugurt, sulfidli minerallarning oksidlanishi va yuqori uglerodi bo’lgan birikmalar kiradi. Sanoatda asosan uglerodli birikmalar ko’p qo’llaniladi. Ular tabiiy va sun’iy bo’ladi va agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq va gaz holida bo’ladi. Ularga ko’mir, neft va tabiiy gaz kiradi.
Tabiiy yoqilg’ilar metallurgik jarayonlar uchun har doim ham yetarli talablargajavob bermaydi. Shuning uchun ularning sifatini yaxshilash maqsadida ularga maxsus ishlov beriladi. Bu jarayonga qattiq yoqilg’ini boyitish, qattiq yoqilg’ini gaz holidagi yoqilg’iga keltirish,ko’mirni kokslash, ko’mir changlaridan briketlar tayyorlash, neftni qayta ishlash, tabiiy gazni konverstiyalash va boshqalar kiradi.
Yoqilg’ining xossalariga kimyoviy tarkibi, qizdirishga munosabati va yonish natijasida ajratadigan issiqlik darajasi kiradi. Yoqilg’ining kimyoviy tarkibini uglerod, vodorod, azot, kislorod, oltingugurtdan tashqari suv va yonish natijasida hosil bo’lgan kuldan tashkil topgan bo’ladi. Yoqilg’ining asosini uglerod tashkil etadi va uning yonishi natijasida ko’p issiqlik ajraladi. Yoqilg’i tarkibidagi uglerod organik birikmalar holida bo’lib, 85-90% ini tashkil qiladi. Kislorod bilan bog’lanmagan vodorod yonganida ham ma’lum miqdorda issiqlik ajraladi.
2. Metallurgiyada qo’llaniladigan dastgohlarni quyidagi ko’rsatkichlarga asosan quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
Texnologik maqsadiga ko’ra: quritish, eritish, kuydirish, isitish, termik qayta ishlash kabi sinflarga bo’linadi.
Issiqlik manbaiga qarab: uglerodli yoqilg’ilarda ishlaydigan dastgohlar va elektr dastgohlarga bo’linadi.
Issiqlik almashuv asosida: isitilayotgan materialdan issiqlik chiqishi, issiqlik manbai alohida bo’lib issiqlik almashuvi orqali isitilishi.
Ishchi hajmining tuzulishiga ko’ra: vertikalshaxtali dastgoh, gorizontal olovli dastgoh, silindr shaklda, to’g’ri burchak shaklida va boshqalar.
Ishlash usuli bo’yicha: davriy va uzluksizga bo’linadi.
Metallurgiyada xomashyolarni quritish va kuydirish uchun ishlatiladigan dastgohlar 8 turga bo’linadi. Ular quyidagilar:
1) Ko’p tubli dastgoh vertical silindr shaklida bo’lib diametri 4-8 m, balandligi bo’ylab tublarga bo’lingan. Bu tublar dastgoh markazidan o’tgan po’lat o’qqa mahkamlangan bo’lib ular o’z o’qi atrofida aylanma harakat qiladi. Dastlabki shixta yuqoridagi tubga beriladi va tublarning aylanma harakati tufayli birin-ketin pastda joylashgan tubga tushiriladi. Yoqilg’i va havo har bir tub qarshisida joylashgan oynadan beriladi.
2) Quvur aylanadigan dastgoh gorizontal silindr shaklida diametri 2-5 m, uzunligi 20-200 m. Shixta va yoqilg’I dastgohning qarama qarshi tomonlaridan berilib, ular bir-biriga qarab harakatlanadi. Shixta dastgohning ma’lum qiyalikda joylashishi va uni aylanishi natijasida harakatlanadi.
3) Aglameratsion mashina eni 1-4 m va uzunligi 10-50 m bo’lgan bir biriga jipslashgan po’lat aravachalardan iborat. Shixta qatlam qatlam qilib aravaga solinadi va yondiriladi, yonishga kerak bo’ladigan havo shixta orqali so’riladi.
4) Qaynar qatlam dastgohi eni 2-8 m, balandligi 3-15 m silindr shaklidagi kamerani eslatadi. Dastgohning pastki qismidan ko’tariladigan havo kuydiriladigan materialni qaynar qatlam shaklida ushlab turadi.
5) Yallig’ qaytaruvchi dastgoh ruda va boyitmalarni eritish va yarim tayyor mahsulotlarni tozalash uchun ishlatiladi. Dastgohning eni 4-10 m, uzunligi 10-35 m, kamera gorizontal joylashgan. Dastlabki shixta dastgohga yon devorida joylashgan oynalardan yoki yuqoridagi maxsus tuynuklar orqali yuklanadi. Eritma mahsulotlar esa dastgohning vannasida to’planadi. Yoqilg’i dastgohning bosh tomonidan beriladi, gazlar esa dastgohning oxiridan chiqariladi. Jarayonning mahsulotlari dastgohdan vaqti vaqti bilan chiqariladi.
6) Shaxtali dastgoh eni 1-2 m, uzunligi 5-15 m va balandligi 5-8 m, vertical shaxta shaklida yasalgan. Yirik shixta va yoqilg’I dastgohning tepa kesmasidan yuklanadi. Havo esa dastgohning past qismiga joylashgan furmalardan beriladi. Jarayon mahsulotlari tinimsiz dastgohning yig’indi xonasiga chiqariladi.
Elektr dastgohi yallig’ qaytaruvchi dastgohga o’xshash bo’lib, dastgohning yuqori qismidan grafitdan yasalgan elektrod tushurilgan, uning diametri 0.6-1.4 m. Bu dastgohning yallig’ qaytaruvchi dastgohga o’xshashligi shixtani solishi va erigan mahsulotlarni chiqarishidir.
Konverter diametri 2-4 m va uzunligi 4-10 m bo’lgan gorizontal slindr shaklda. Konverter gorizontal o’qi atrofida aylanishi mumkin. Eritma shteyn va flyusni dastgohning yuqori qismidagi maxsus darchadan solinadi, havo esa to’g’r eritmaga dastgohning pastki qismidan vannaga beriladi.
XULOSA: Metallurgik dastgohlar to’g’risida tanishib chiqdim. Metallurgik dastgohlar bazi ko’rsatkichlariga qarab sinflarga ajratish mumkin. Bulardan quritish va kuydirish maqsadida foydalaniladigan dastgohlarni o’rganib chiqdim. Ular 8 ta turga bo’linadi. Bu dastgohlarning deyarli barchasi katta maydonni egallaydi va ular yuqori haroratda ishlaydi.
3.Metallurgik korxonalarda yoqilg’ilarni yoqish maxsus qurilmalarda yoki alohida tayyorlangan moslamalarda olib boriladi.buni amalga oshirish yoqilg’ini yonish nazariyasiga va metallurgic zavodlarning amaliy ishlaridan olinan tajribalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
1) Yoqilg’ini har tomonlama yonishga tayyorlash: maydalash, suvsizlantirish, qizdirish
2) Yoqilg’ini yonish chegarasida uni to’liq havo bilan aralashishini ta’minlsh
3) Yonish kameralarida yoqilg’ini to’liq yonib issiqlikni dastgohlarga uzatilishi
4) Yonish jarayonida yoqilg’i sarfini boshqarishni yengil va bir maromda bo’lishini ta’minlash
5) Bajariladigan ishlarni soddaligi va osonligini tashkil etish.
Qattiq yoqilģilarga kòmir ,koks, òtin va torf kiradi. Metallurgik dastgohlarda qòllaniladigan qattiq yoqilģilar ma'lum òlchamli bòlaklar holida yoki maxsus tayyorlangan kukun holida tayyorlanadi.
Bòlakli yoqilģilarni yoqish kolosnik panjaralar ustida maxsus kameralarda amalga oshiriladi. Bu kameralar dastgohlardan alohida bòlib, issiqlik maxsus yuqori haroratga chidamli materiallardan ishlangam quvurlar orqali dastgohlarga ulangan bòladi, bunda yoqilģini qizdirish uchun dastgohlardan chiqayotgan texnologik gazlar issiqligidan foydalaniladi.
Qattiq yoqilģilarni yoqish uchun moslamalar yoqish kameralari òzining konstrukstiyasi , ishlash prinstipiga asosan oddiy va mexanizatsiyalashgan bòladi.
Qattiq yoqilģilarni yoqish kameralari metallurgik dastgohlardan tashqari alohida kamera holida qurilgan bòlib, ularni bir ģisht devor ajratib turadi.Yoqilģi kamera sathida yonib , undan chiqayotgan issiqlik tutash devorlardagi tuynuklar orqali dastgohning ishchi qismiga haydaladi. Qattiq yoqilģi yonishidan hosil bòlgan chiqindi panjara ostida yiģilib vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi.
Hozirgi kunda metallurgik dastgohlarda qattiq yoqilģini kukun-chang ,holida qòllanilishi keng tarqalgan va kelajakda undan foydalanish yanada rivojlanadi. Bunga sabab:
1.kukun xolidagi yoqilģilarni tannarxi arzon, saqlanish vaqti chegaralanmagam va nisbatan xavfsiz.
2.suyuq va gaz xolidagi yoqilģini kamayib borish va saqlash qiyin
Kukunli yoqilģilar metallurgiyada aylanma barabanli kuydirish dastgohlarida ,qaynar qatlamli yalliģ qaytaruvchi ,va zamonaviy avtogen sharoitda ishlaydigan dastgohlarda keng qòllaniladi.Yondirishga tayyorlangan kòmir kukuni yoki changli aeroaralashma holida 15-20m/sek tezlik bilan trubalar orqali metallurgik dastgohlarga uzatiladi.
Metallurgiyada dastgohlarda suyuqlik yoqilģi turlaridan asosan -mazut qòllaniladi. Mazut kuydirish, ruda va boyitma eritish, metallarni tozalash dastgohlarida ishlatiladi. Metallurgik zavodlarga mazut temir yòllar orqali sisternalarda keltirilib, zavodlarda maxsus qurilgan va jihozlangan-mazut saqlash xòjaligida saqlanadi va dastgohlarga taqsimlanadi.
Rangli metallurgiyada dastgohlarni issiqlik bilan ta'minlashda tabiiy gaz va ikkilamchi yoqilģi gazlarni alohida ahamiyatga ega.
Dastgohlarni qizdirishda gazli yoqilģilardan foydalanish boshqa turdagi yoqilģilardan foydalanishga nisbatan kòpincha afzalliklarga ega hisobanadi.
XULOSA:
Metallurgik jarayonlarda ishlatiladigan yoqilg’ilar bilan tanishib chiqdim. Bu jarayonlarda asosan yuqori uglerodli birikmalardan iborat yoqilg’ilar ishlatiladi. Chunki bunday yoqilg’ilar yetarli miqdordagi issiqlikni beradi. Metallurgiyada har doim ham tabiiy yoqilg’ilar ishlatilmaydi. Yetarlicha talablarga javob berishi va ish unumini oshirish uchun ularga ma’lum miqdorda maxsus ishlov beriladi. Yoqilg’ida ish unumini pasaytiruvchi birikmalar masalan azot va kislorod bilan birikkan vodorod ham bo’ladi. Bundan tashqari yoqilg’ining namligi uning sifatini pasaytiradi. Biz yoqilg’ini qizdirish orqali namlikni ketkazib olamiz.
|
| |