• Ion almashinish.
  • Suyuqliklarni ekstraksiyalash




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    Suyuqliklarni ekstraksiyalash.
    Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta`sir qiluvchi 
    boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi.
    Bunday jarayonda 
    bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o’tadi. ekstraksiya 
    jarayonini amalga oshirish erituvchini tochg`ri tanlashga bog`liq. Erituvchi suyuq aralashma 
    bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo’lmasa qisman aralashib ketadigan bo’lishligi mumkin. 
    erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart. 
    Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni 
    ajratib olish uchun ishlatiladi. 
    Adsorbsiya.
    Gaz, bug` yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha 
    komponentlarning g’ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi.
    Faol yuzaga ega bo’lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni 
    desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko’pincha yutilgan komponentni adsorbentdan 
    ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regenerasiya qilish uchun) qo’llaniladi. Bunday jarayon 
    aralashma tarkibida oz miqdorda bo’lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi. 
    Ion almashinish.
    E
    lektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish 
    orqali ajratib olinishi ion almashinish deb ataladi.
    Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim 
    bo’lgan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir 
    turi hisoblanadi. eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo’lgan moddaning konsentratsiyasi 
    juda past bo’lgan holatda ion almashinish jarayoni qo’llaniladi. 
    Quritish.
    Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug`latish yo’li bilan ajratib 
    chiqarish quritish deyiladi.
    Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, 
    tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug`) 


    fazaga o’tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki materiallarni 
    dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish